Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities Hosted online from Plano, Texas, usa. Date
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Desertassiya
Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities Hosted online from Plano, Texas, USA. Date: 1 st October, 2022 ISSN: XXXX-XXXX Website: econferenceseries.com 86 | P a g e bormoqda. Bu esa o‘z navbatida bo‘lajak mutaxassis kadrlarda o‘rganilishi lozim bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmani shakllantirish va hosil bo‘lgan malakalardan kundalik faoliyatda muvofaqiyatli foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirish, muammoga kreativ yondashish ishlab chiqarish faoliyatda o‘z tashabbuslarini ro’yobga chiqarishga sharoit innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Xalqaro miqyosida bo‘lajak mutaxassislarni innovatsion xarakterga ega bo‘lgan ta’lim texnologiyalari asosida tayyorlash, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va zamonaviy ta’limni amalga oshirish bo’yicha dunyoning yetakchi ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarda bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy mahorati mezonlari, ularni kasb-hunarga yo‘naltirishga kreativ yondashishi, innovatsion ta’lim muhitini yaratish muammolari, xalqaro ta’lim standartlari talablarining joriy qilinishiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. “Kreativ” atamasi dastlab Amerikalik tadqiqotchi D.Gilford tomonidan 1950- yillarda muomalaga kiritilgan. U o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarida ijodiy qobiliyatlarni ta’lim olishdagi qobiliyatlarga o‘xshamasligini, ya’ni ijodiy qobiliyat ta’lim olishdagi qobiliyatga nisbatan insonning umumiy aqliy salohiyati bilan kengroq bog‘liqlikda bo‘lishini aniqlaydi. Ijodkorlik - faoliyatning turli holatlarida paydo bo‘ladi. Qiziqish ilhom, intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo‘lishidan, namoyon bo‘lishigacha jarayonini o‘z ichiga oladi. Ijodkorlik- sifat jihatdan yangi, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi inson faoliyati jarayoni. Kreativlik – shaxsning yaratuvchanlik, ijodkorlik xislatlari bilan bog‘liq ko‘nikmalar majmui sifatida namoyon bo‘ladi.Kreativlik o‘z ichiga muammolarga nisbatan yuqori darajadagi sezgirlik, natijalarni oldindan ko‘ra bilish, fantaziyani o‘z ichiga qamrab oladi.Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his- tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi.Ana shu nuqtai-nazardan ilg‘or kompetensiyalarga asoslangan innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish, interfaol o‘qitish metodlari va texnologiyalarini amaliyotga keng tatbiq etish asosida o‘quvchilarda kreativlik qobiliyatlarni rivojlantirish muhim o‘rin tutadi. Texnologiya darslarida ta’lim tamoyillaridan foydalanib o‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatini tashkil etish imkoniyatlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1.Ta’lim-tarbiya jarayonlarini yangi pedagogik texnologiya asosida tashkil etish. Unda, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini ijtimoiy tarixiy taraqqiyotining ongli |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling