КОGОН SHAHAR XALQ TA’LIMI BO`LIMIGA QARASHLI 8-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABINING BOSHLANG’ICH TA’LIM O’QITUVCHISI MUYINOVA DILFUZANING «MATEMATIKA» FANIDAN “100 ICHIDA SONLARNI XONALAB O’TIB QO’SHISH VA AYIRISH” MAVZUSIDA OCHIQ DARS MAVZU: 100 ICHIDA SONLARNI XONALAB O’TIB QO’SHISH VA AYIRISH - Bu mavzuni o’rganish jarayonida o’quvchilar quydagilarga ega bo’ladilar:
- Mavzuda e’tibor beriladigan jihatlar
- Raqamlashni o‘rganish davrida «qavs» belgisi bilan tanishadi, va «5 va 3 sonlari yig‘indisiga 2 ni qo‘shing» kabi og‘zaki masalalarni yechadilar. Qo‘shish va ayirishni o‘rgatish quyidagi tartibda olib boriladi. Oldin nol bilan tugaydigan 2 xonali sonlarni qo‘shish va ayirish o‘rganiladi, so‘ngra sonni yig‘indiga qo‘shish va ayirish o‘rganiladi. Sonni yig‘indidan ayirish, yig‘indini songa qo‘shish va yig‘indini sondan ayirish qoidalari ham shu tartibda qaraladi.
- Nol bilan tugaydigan sonlar ustida amallar bajarish:
- 60+20= ? 30-10=?
-
- 70–40 =? 90-60=?
-
- 20-10=? 60-20=?
-
- 50+10=? 70+10=?
-
- 90-60=? 80-40=?
-
- 70-30=? 90-20=?
- Har bir xossani o‘rganish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- Birinchi bosqichda obyektlar to‘plamlari ustida amallar bajarib, o‘quvchilar xossani ochishadi va uni ifodalanadi.
- Ikkinchi bosqichda o‘quvchilar xossani maxsus tanlangan misollarni har xil usullar va xususan, qulay usul bilan yechishga tatbiq qilishadi, shuningdek, masalalarni har xil usullar bilan yechishga ham tatbiq qilishadi.
- Uchinchi bosqichda arifmetik amallar xossalari, shuningdek, hisoblash usullarini taqqoslash natijasida bu xossalar va usullar umumlashtirishning yuqoriroq darajasiga ko‘tariladi.
- Birinchi bosqichda sonni yigindiga qo‘shish qoidasini ochib berish ishida bolalar ongiga yig‘indiga sonni uchta har xil usul bilan qo‘shish mumkinligi va bularning hammasida bir xil natija chiqishi faktini yetkazish kerak. Doskaga (5+2)+3 ifoda yozib qo‘yishgan. Bu ifodaning qiymatini uch usul bilan topish talab qilinadi:
- Misollarni qulay usul bilan yechishni ko’rib chiqamiz.
- 46+30=(40+6)+30=(40+30)+6=76
- 46+3=(40+6)+3=40+(6+3)=40+9=49
- (Natijasi hisoblashda 40 ga 30 qo‘shish 70 bo‘ladi, 6 ni qo‘shsa 76 bo‘ladi)
- Shundan keyin tushuntirish asosida oldin sonni yig‘indi bilan almashtiramiz, so‘ngra eng qulay usul bilan yechamiz.
- Yig‘indiga sonni qo‘shish, bu qoida quyidagi hisoblash usullariga asos bo‘ladi.
- 34+20=(30+4)+20=(30+20)+4=54
- Yig‘indidan sonni ayirish.
- 48–30=(40+8)–30=(40–30)+8=18
- Songa yig‘indini qo‘shish.
- 9+5=9+(1+4)=(9+1)+4=14
- Sondan yig‘indini ayirish.
- 12–5=12–(2+3)=(12–2)–3=7
-
- 1. O’tilgan mavzuni takrorlash
- 2. Bugungi mavzu yuzasidan mashqlar bajarish.
- 3. 100 lik ichida qo’shish va ayirishni og’zaki holda mashq qilish.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |