Professional ta’lim” fakulteti “texnologiya


Download 202.09 Kb.
bet9/20
Sana03.06.2024
Hajmi202.09 Kb.
#1899178
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
kurs ishi

Yaroskiy parhezi
Tvorog-kefirli (sutli) (Yaroskiy parhezi) qulay variant hisoblanadi: 250–400 gramm tvorog va 1 litr kefir (sut) kun davomida.


Go’shtli parhez
Go’shtli (yoki baliqli) parhez semirish, ateroskleroz, metabolik sindromda tavsiya etiladi. 70 g yog’siz qaynatilgan go’sht yoki qaynatilgan baliq bir kunda 5 mahal, jami 350 g. Shuningdek 100–150 g sabzavotlar (karam, sabzi, bodring, tomatlar) bir kunda 5 mahal, hammasi bo’lib 0,6–0,9 kg; shakarsiz 1–2 stakan choy qabul qilinadi.Yog’li, yengil parhezlar (smetana) semirish, kamdan-kam hollarda qandli diabetning II turida buyuriladi. Bunda 80 g 20% yog’li smetana bir kunda 5 mahal (jami 400 g), o’sha kuni 1–2 stakan na’matak qaynatmasi tavsiya etiladi.


Yengil parhezlarda suyuqlik iste’mol qilish quyidagi tartibda belgilanadi:
Sharbatli parhez semirish, ateroskleroz, arterial gipertenziya, qandli diabetning II turi semirish bilan, buyrak, jigar va o’t yo’li kasalligi, podagra, fosfaturiyasiz buyrak-tosh kasalligida tavsiya etiladi. 600 ml sabzavot yoki meva sharbati, 200 ml suv yoki 0,8 l na’matak qaynatmasi bilan aralashtirilgan, 4 mahal qabul qilinadi.Choy o’tkir gastrit, ichakning diareya bilan surunkali yoki o’tkir kasallanishida buyuriladi. Bir kunda 7 mahal 1 stakan choyga 10 g shakar qo’shib ichiladi.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti(JSST): Eng foydali uch parhez
Xalqaro tadqiqotchilar guruhi 41 mashhur parhezni tahlil qildi, eng foydali parhezlar yetti ko’rsatkich bo’yicha saralandi: parhezning ozishga yordam berish yo bermasligi, surunkali kasalliklar, yurak kasalliklari va diabetga qarshi kurashadimi yoki yo’q, ratsionning qanchalik to’g’ri tuzilgani, undagi mahsulotlarning hamyonbopligi va ularning tayyorlanishi oson yo murakkabligi. Qaysi parhezlar yetakchi o’rinlarni egallaganiga oid ma’lumotlar zdorovieinfo.ru’da taqdim etildi.

  1. O’rta yer dengizi parhezi


Tibbiyot fanlari doktori Devid Kats uni quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha g’olib deya aniqladi: eng oddiy parhez, sog’lom turmush tarzi uchun eng munosib parhez va diabetni bartaraf qilish uchun eng yaxshi parhez. Asosan mevalar, sabzavotlar va don mahsulotlaridan iborat ratsion hayot davomiyligini oshirishga va surunkali kasalliklarni bartaraf qilishga yordam beradi. Bunday oziqlanishning ustuvor jihatlari quyidagicha:



  • O’simlik tolalari oshqozon saratoni rivojlanish xavfini kamaytiradi;

  • Yong’oqlar antioksidantlarga boy bo’lib, qarilikdagi aqliy zaiflashuv oldini oladi;

  • Yog’li baliqdagi Omega-3 yallig’lanishga qarshi kurashadi va teri elastikligini saqlab qolishga yordam beradi;

  • Zaytun yog’i va uning oleokantal nomli komponenti og’riqni yengillashtiradi;

Me’yoriy ratsion yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytiradi.Olimlar 12 yil davomida 25 ming nafar ayolni kuzatib, bunday oziqlanish tizimida yurak xuruji va insult xavfi 25 foizga qisqarishini aniqlashdi.



Download 202.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling