Professional ta'lim tizimlari karimova Madina
Download 15.5 Kb.
|
Uzliksiz ta`lim tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzluksiz ta’lim
1991- yilning 31- avgustida respublikamiz hayotida tarixiy voqea yuz berdi: Istiqlol e'lon qilindi. Shu munosabat bilan jahon tajribala-ridan kelib chiqib, eng birinchi navbatda, mustaqil respubli-kamizning xalq ta'limi sohasida islohot o'tkazish masalasi ko'tarildi. Nihoyat, O'zbekiston Respublikasining „Ta'lim to'g'risida"gi qo-nuni ta'Iim tizimining yangilanishiga sabab bo'ldi. Oldingi qabul qilingan qonunlardan farqli o'laroq, xalq ta'limi tizimi tuzilishida bir qancha yangi qoidalar joriy etildi va bajarilishi majburiy, deb qayd qilindi.Uzluksiz ta’lim Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'min-lovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar xam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Uzluksiz ta'limning faoliyat ko'rsatish prinsiplari ta'limning ustuvoriigi — uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta'lim va yuksak intellektning nufuzi; ta'limning demokratlashuvi — ta'lim va tarbiya uslublarini tanlashda o'quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta'limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o'tilishi; ta'limning insonparvarlashuvi — inson qobiliyatlarining ochi-lishi va uning ta'limiga nisbatan bo'lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining a'minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o'zaro munosabat-larining uyg'unlashuvi; ta'limning ijtimoiylashuvi — ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo'naltirilganligi; iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta'limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. ta'limning milliy yo'naltirilganligi — ta'limning milliy tarix, xalq an'analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg'unligi, O'zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta'limni milliy taraqqiyotning o'ta muhim omili sifatida e'tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash; UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMI VA TURLARI Uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta'lim standartiari asosida, turli darajadagi ta'lim dasturlarining izchiliigi asosida ta'minlanadi va quyidagi ta'lim turlarini o'z ichiga oladi: maktabgacha ta'lim; — umumiy o'rta ta'lim; — o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi; — oliy ta'lim; — oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim; — kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; — maktabdan tashqari ta'lim.— Kadrlar tayyorlash milliy modelining o'ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to'qqiz yillik umumiy o'rta hamda uch yillik o'rta maxsus kasb-hunar ta'limini joriy etishdan iboratdir. Download 15.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling