Microsoft Word 021 kmem kurs majmua


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1538680
Bog'liq
8 мавзу



120 
007
,
0
100
03
,
0
4
,
22
2



CO
V
l
24
,
0
4
,
22
760
007
,
0
2



PCO
mm simob ustuni. 
2) Sinf havosi tekshirilgan paytdagi mavjud bo’lgan gazlarning partsialp bosimini 
hisoblaymiz. 
95
,
59
94
,
20
1
,
159
89
,
7
2



pO
mm simob ustuni 
16
,
2
03
,
0
24
,
0
27
,
0
2



pCO
mm simob ustuni. 
Demak, 25 o’quvchining nafas olishi tufayli sinf havosi tarkibidagi O
2
ning partsialp 
bosimi 159,1 dan to 59,95 mm simob ustunigacha, yaьni 37,68% gacha kamaygan. 
SO
2
ning partsialь bosimi esa, 0,24 mm dan 2,16 mm simob ustunigacha yoki 9 
barobar ortib ketganligini aniqlaymiz. 
Bunday holda o’quvchilarning nafas olishi juda qiyinlashgan va sinf havosini 
almashtirish zaruriyati tug’ilgan bo’ladi, albatta. 
Ekologik tarbiya axloqiy tarbiyaning ajralmas qismidir. Insonlarda ekologik 
ong va tafakkurni, ekologik dunyoqarashni hosil qilish natijasida ekologiyani asrab 
qolishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, o’zbekistonda joylashgan barcha kimyo 
korxonalarini yaqin yillar ichida chiqindisiz texnologiya asosida ishlashga 
moslashtirish lozimdir. Bu vazifani hal qilish ya’ni yuksak malakali kimyogarlar, 
ekologlar, muhandislarni tayyorlash respublikamizning oliy o’quv yurtlari zimmasiga 
yuklanadi. 
15-modul. Kimyodan testlarni tuzishga qo’yiladigan talablar va ularni turlari 
Reja: 
1. Test topshiriqlari va uning asosiy shakllari 


121 
2. Kimyo fanidan ishlab chiqiladigan test topshiriqlariga
qo’yiladiladigan asosiy talablar. 
3. O’quvchilar o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini baholashning
zamonaviy dasturiy vositalari 
Tayanch iboralar: test, test topshiriqlari, test shakllari. 
1. Test topshiriqlari va uning asosiy shakllari 
Test usuli yordamida o’quvchilarning kimyodan bilim va ko’nikmalarini
tekshirish dasturlashtirilgan ta’lim metodining usullaridan biri
hisoblanadi. Test usulining muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’quvchilarning
bilim darajasiga va dars mavzusining mazmuniga qarab testning har xil
turlaridan foydalanishga va ularga doir topshiriqlarni izchil tuza bilishga
bog’liq bo’ladi. Kimyoni uqitishda testning quyidagi turlaridan
foydalanish tavsiya etiladi. SHuni qayd qilish kerakki, jami testning 40% ini
o’rtacha o’qiydigan, 60% ini yaxshi o’qiydigan, 80% ini a’lochi va iqtidorli 
o’quvchilar, hammasini esa, faqat iqtidorli o’quvchilargina bajara oladigan
bo’lishi lozim. 
1. Yopiq test savollari 
O’quvchi javob berishi kerak bo’lgan savol yoziladi, keyin to’g’ri javobni
aniq va lo’nda qilib yoziladi, keyin javobdan kalit so’z yoki formula, belgi,
simvol, harflarni o’zgartirib, tushirib qoldirib noto’g’ri javob variantlari
tuziladi.
2. Ochiq test savollari 
O’quvchi javob berishi kerak bo’lgan savol yoziladi, bunda o’quvchining 
vazifasi yetishmayotgan kalit so’z yoki ma’lumotni yozish. Savolni shunday tuzish 
lozimki, topilishi kerak bo’lgan kalit so’z gapning oxirida bo’lsin, aks holda 
savolning mazmunini anglash qiyinlashadi. Topshiriqo’quvchi uchun topshiriqni
bajarishga ko’rsatma bilan boshlanadi,masalan, ―tushirib qoldirilgan so’zni 
toping‖, kabi.
3. Moslikni topish test savollari 
O’quv materialiga asoslangan holda, bir xil xususiyatlarga ega bo’lgan
ma’lumotlardan ikkita ustun tuziladi. O’ng tarafdagi ustunda so’zlar chap


122 
Kimyo fanini o’qitish metodikasi moduli bo’yicha o’quv-uslubiy majmua tarafdagi
ustundan bir nechta ortiq bo’lishi ham mumkin. Javoblarni tekshirish qulay
bo’lishi uchun chap tarafdagi ustunni raqamlar bilan, o’ng tarafdagi ustunni
harflar bilan belgilang. O’quvchio’ng tarafdagi ustunda berilgan ma’lumotlarga
chap ustundagi qaysi ma’lumotlar mos kelishini topishi kerak. 
4. To’g’ri ketma-ketlikni topish test savollari 
O’quvchiiga ko’rsatma beriladi: ―To’g’ri ketma-ketlikni toping‖.
O’quvchi berilgan javob variantlarini to’g’ri ketma-ketlikda qo’yib chiqishi
kerak, bu ketma-ketlik xronologik yoki boshqa mantiqiy tartib bo’lishi mumkin. 
Bunda o’quvchiga berilgan ko’rsatma aniq bo’lishi kerak, agar berilgan
ro’yxatda mantiqiy ketma-ketlikka kirmaydigan (ortiqcha) ellementlar bo’lsa, bu
ham ko’rsatmada aytib o’tilishi kerak. Topshiriqqa kiritilgan elementlar soni 
5tadan 12 tagacha bo’lishi mumkin.Testlar ham maktabda o’zlashtirish darajasini 
baholash sistemalaridan biri bo’lib, unda quyidagilarni hisobga olish mumkin: 
 uning yordamida o’qitish natijalarini tekshirishda har bir
o’quvchining qobiliyatini hisobga olish; 
 o’quvchilarning nazariy va amaliy bilimlari sifatini tekshirish; 
 turli testlar kiritish bilan o’quv jarayonini jonlantirish; 
 o’quvchilardan so’rashga ketadigan vaqtni va o’quvchilarning bajargan 
ishini tekshirishga ketadigan o’qituvchi vaqtini tejash; 
 testlarni kompьyuterda qo’llash. 
Testlarni maktabda qo’llaniladigan tekshirish usullari (nazorat ishi)dan
farqi shundaki, test yordamida katta hajmdagi o’rganilgan mavzularni kichik,
ya’ni ma’lum miqdorlar bilan o’rganish va ko’p sonli o’quvchining o’quv 
materiallarini o’rganganligi darajasini tez diagnostika qilish. Demak, maktabda 
qo’llanishi mumkin bo’lgan testga quyidagicha ta’rif berish mumkin:Test 
tekshirilayotgan masalalarni har taraflama ifodalaydigan va kichik bo’laklar orqali
ifodalangan standartlashtirilgan topshiriqlar mujmuasidir. 
Testlarni qo’llanishi bo’yicha quyidagi turlarga ajratish mumkin:
keltirilgan jumla, ifoda, shakl yoki mulohazada qoldirilgan joylarni to’ldirishga
mo’ljallangan testlar. Ular javoblarini erkin tanlash testlari jumlasiga kirib, u
o’rganilgan mavzuning ma’nosini tushunganligini tekshiradi. Masalan, ta’riflar, 
qoidalar va boshqalar. Bunday topshiriqlarni avvalari kimyoviy diktantlar deb
yuritilar edi. Keltirilgan mulohazaning rost yoki yolg’onligini aniqlash testlari.
Bular muqobil usuldagi testlar orqali o’quvchilarning mulohaza yuritishi, xulosa 
chiqarishi yoki umumiy qoida-qonunlar, xususiyatlar, ta’riflarga asoslanib,
bajarilayotgan amallarning to’g’riligini aniqlay olishligi tekshiriladi. Keltirilgan


123 
ikki turdagi testlar nafaqat yozma holda, balki og’zaki shaklda ham ifodalanadi. 
Kimyo fanini o’qitish metodikasi moduli bo’yicha o’quv-uslubiy majmua Javobni
tanlashga mo’ljallangan testlar. Mazkur turdagi testlar keng tarqalgan bo’lib,
ulardan kamida uchta javob ko’rsatiladi va javoblarni tuzishda o’quvchilar yo’l
qo’yishi mumkin bo’lgan xatolar hisobga olinadi. Bu testlar yordamida
o’quvchilarning o’quv materialini qo’llashga tayyorgarligi tekshiriladi. Umuman
hozirgi kunda jahonda qo’llanilayotgan testlar quyidagilardan iborat: 
 yetuklik testi (o’qilgan materialni aytib bera olish); 
 ijod testi (ilg’ab olish, fikrlash); 
 biror mezon bo’yicha test (ma’lum bir mezon tanlanadi); 
 proektiv test (biror shakllar, modellar, rasmlar yordamida); 
 intellekt test (sotsiologiya va ruhshunoslikka oid test).
Yuqoridagi keltirilgan test turlariga qo’yiladigan talablar
quyidagidan iborat bo’lishi lozim: 
 test savol-topshiriqlari asosiy bilimlar majmuasi va ularni
o’zlashtirishga qo’yilgan talablar asosida tuziladi; 
 topshiriqlar sharti qisqa, aniq va oddiy bo’lib, unga keltirilgan
javob yagona shaklda ifodalangan bo’lishi kerak; 
 tekshirilayotgan materialning ma’nosini ifodalovchi bir xil
murakkablik darajadagi topshiriqlar albatta kiritilgan bo’lishi lozim; 
 qaralayotgan materiallar bo’yicha bir necha xil variantlar bo’lgan
holda, ulardan bir xil sondagi topshiriqlar bo’lishi lozim; 
 javobni tanlash testida albatta to’g’ri javob bo’lishi kerak; 
 bitta testda bir xil sondagi savollar bo’lishi lozim; 
 testlarda tushirib qoldirilgan atama, formulalar tanlangan
mavzuning asosiylari bo’lib, ular bir testda 2-3 tadan oshmasligi kerak; 
 qo’yilgan maqsadga ko’ra bir xil testlarni turli xil ko’rinishda
yaratish mumkin va hokazo. 
Testlarni ishlab chiqish va qo’llash metodikasi unga qo’yilgan maqsaddan
kelib chiqadi. Agar test bilim berishning biror shaklini egallasa, bu bir


124 
katta yutuq bo’ladi. Masalan, o’quvchi ma’lum bir guruhdagi savollarga
javob
bera olmadi, deylik. Agar bunda o’quvchi tomonidan berilgan barcha
topshiriqlarni to’liq bajarish uchun o’quvchi nimalarga e’tibor qilish
lozimligi to’g’risida ma’lumot berilsa, o’quvchi o’zi uchun lozim bo’lgan o’rganish 
yo’nalishini bilib oladi. 
O’zbekistonda ta’lim sohasida test-reyting usulining joriy qilishi
o’quvchilar bilimini baholashdagi sub’ektiv tizimga chek qo’yiladi. Lekin shu 
bilan birga bu usul o’zining ob’ektivligi bilan birga ba’zi muammoni ham 
ochib tashladi. Bu muammolardan asosiysi, an’anaviy usullari farqli o’laroq,
bu usul nafaqat o’qituvchilardan, balki o’quvchilardan ko’proq vaqt va kuch-
g’ayrat talab qilishdir.
Kimyo fanini o’qitish metodikasi moduli bo’yicha o’quv-uslubiy majmua
Test tizimi o’zining ob’ektivligi bilan bir qatorda yana bir muhim
muammoni ko’rsatib berdi: bir sinfda o’qigan o’quvchilarning
imkoniyatlari bir xil deb bo’lmaydi, lekin test savollari bilan yaxshi tanish
bo’lgan turi variantlarning o’qishga kirishi ehtimoli kattaroqdir. SHuning uchun
bo’lsa kerak, ba’zi o’quvchilar testlarning javoblarini nima bo’lsa ham ishlab 
olishga harakat qilishadi-yu, odatda shuncha harakat samarasiz holib ketadi.
Buning sababi, test javoblarini yodlash uchun ham to’g’ri javoblarining o’zini
bilish kerak, to’g’ri javobni bilish uchun esa, testni to’g’ri yecha bilish kerak. 
Testni yecha oladigan o’quvchi uchun javoblarni yodlashi shart emas. 
Yana muhim muammolardan biri test topshirish paytida vaqtni to’g’ri taqsimlay
olishdir. SHuning uchun testda vaqtni to’g’ri taqsimlashga jiddiy e’tibor qaratish 
lozimdir.Albatta test savollari naqadar qiyin bo’lmasin, odatda uni Yechish
uchun ko’p vaqt talab qilinmaydi, lekin buning uchun uni Yechishning ratsional 
yo’lini bilish lozim, ya’ni ayrim testlarning javoblarini topishda mantiqiy 
mulohazalar yuritishga to’g’ri keladi. Odatda o’ta qiyin yoki o’rtacha 
qiyinlikdagi va hattoki, ba’zi oson test savollari ham maktab dasturida unchalik
yoki butunlay e’tibor berilmaydigan mavzularga oid bo’ladi. Bu esa 
jamoatchilikda test variantlari juda og’ir tuzilgan, degan fikr tarqalishiga sabab 
bo’lsada, aslida haqiqatdan yiroqdir.Test usuli yordamida o’quvchilarning kimyodan 
bilim va ko’nikmalarini tekshirish dasturlashtirilgan ta’lim metodining usullaridan 
biri hisoblanadi. Test usulining muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’quvchilarning bilim 
darajasiga va dars mavzusining mazmuniga qarab testning har xil turlaridan 
foydalanishga va ularga doir topshiriqlarni izchil tuza bilishga bog’liq bo’ladi


125 
1-misol. Quyidagi nomlari keltirilgan elementlarning belgilarini
yozing: 
A. Kislorod... V. Azot... S. Temir... D. Kalьtsiy... Ye. Oltin... 
2-misol. Quyidagi nomlari keltirilgan kislotalarning formulalarini
yozing: 
A. Xlorid.. V. Nitrat... S. Sulьfat... D. Silikat... Ye. Ortofosfat... 
3-misol. Quyidagi reaktsiya tiplariga doir reaktsiya tenglamalarini
yozing: 
A. Birikish... V. Ajralish... S. O’rin olish... D. Almashinish...
Javobi to’ldiriladigan test. Bunday testda qisqa javob yozishga joy
qoldiriladi va ma’lum so’zlar yoki masala javobi bilan to’ldiriladi. Test
savoli ko’pincha bir-biriga yaqin bo’lgan tushunchalarning
o’zlashtirilishini
aniqlash uchun tuziladi. Masalan, atom va molekula, element va oddiy
modda,
molyar va molekulyar massa, izotop va izobar va boshqalar. 
1-misol. Quyidagi jumlada qoldirilgan joyni «atom» yoki «molekula»
so’zlari bilan to’ldiring: 
Xona havosida azot va kislorod... laridan tashqari, simob... laridan va
suv... laridan iborat bug’lar borligi aniqlandi. 
2-misol. 6,5 g rux suyultirilgan sulьfat kislota bilan to’liq reaktsiyaga
kirishganda normal sharoitda o’lchangan... litr vodorod ajraldi. 
Javobi qo’yiladigan test. Bunday test ko’pincha ikkita usulda yozilib,
unda birinchi ustundagi formula, tushuncha yoki sonlarga mos keluvchi 
javoblar
ikkinchi ustunda berilganlardan topiladi. 
1-misol. 1-ustundagi formulalarning yoniga ustundagi javoblarning
belgilangan harflarini yozing: 


126 
A. A1(OH)
3
A. Kislota B. Fe
2
(SO
4
)
3
V. Asos S. CaO S. tuz 
D. H
3
PO
4
... D. oksid 
Bu testning javobi quyidagicha to’ldiriladi: 
V. A1(OH)
3
S. Fe
2
(SO
4
)
3
D. CaO
A. H
3
PO
4
D. SO
2
2-misol. 1- ustundagi kaltsiyning massasi yoniga ularga mos keluvchi 
2- ustundagi berilgan atomlar sonini ifodalovchi harflarini yozing. 
1. 40 g. A. 3 ∙ 10
23
2. 20 g. V. 6 ∙ 10
23
3. 10 g. S. 3.75 ∙ 10
22
4. 5 g. D. 7,5 ∙ 10
22
Muqobil javobli test. Bu test xilida berilgan savol va masalalarning
har biriga to’rtta yoki beshta muqobil javoblar yoziladi va lotincha A,V,S,D,
Ye harflari bilan belgilanadi. Harf bilan belgilanadigan javoblarning bittasi
to’g’ri va to’liq bo’ladi. Javoblarning 2 tasi yoki 3 tasi to’g’ri bo’lgan holda, 
ular avval sonlar bilan belgilanib, so’ngra harfli javobga o’tkaziladi.
Testdagi javoblar savoldagi tushuncha, qonuniyat va kimyoviy jarayonlarning 
asl mohiyatidan chetga chiqmagan holdagina muqobil bo’ladi. Muqobillik Kimyo 
fanini o’qitish metodikasi moduli bo’yicha o’quv-uslubiy majmua o’rganilayotgan
qonuniyat va hodisalar mohiyatini to’liqroq tushunib olishga, ularni boshqa 
qonuniyat va hodisalar bilan chalkashtirmaslikka yordam beradi. Bunday test-
sinovning natijasini kompьyuter yordamida ishlab chiqish mumkin bo’lgani
uchun hozirgi vaqtda, asosan, testning shu turidan foydalanilmoqda va
kimyodan bosilib chiqqan testga oid deyarli hamma qo’llanmalarda shu usul
yoritilmoqda. Lekin ulardagi test topshiriqlarida javoblarning muqobil bo’lishi,
javoblarni yagona harflar bilan belgilab, kompьyuter ishlatishga sharoit yaratish
kabi test tuzishga qo’yiladigan talablardan chetga chiqish hollari ham uchrab 
turadi.Test tuzishda savol va masalalardagi tanlanadigan javoblarning muqobil 
bo’lishini oydinlashtirish uchun misollar keltiramiz. 
1-misol. Atsetilen molekulasida uglerod atomining valent orbitali qanday 
gibridlanadi? Bunga javoblar bir necha xil berilishi mumkin:1-holda. 1. sp 
2
. sp
2
3. sp
3
A. 1 V. 2 S. 3 D. 1 va 2


127 
Lekin 1 va2; 2 va 3 javoblarni qo’yish asossizdir,chunki bir xil
molekuladagi uglerod atomining valent orbitali bir vaqtning o’zida hech vaqt 
ikki xil gibridlanmaydi. 
2-holda A. sp V. sp
2
S. sp
3
D. sp
3

kabi javoblarni qo’yish ham noqulaydir. CHunki uglerod atomida d-
orbital bo’lmaganligi uchun D, Ye holatlar ham muqobil javob bo’la olmaydi.
SHuningdek javoblarning birida «bilmayman» so’zining qo’yilishi 
muqobillik printsipiga zid bo’lib, u o’quvchining izlanishiga to’siqlik qiladi. 
Bizningcha, savolni quyidagiga o’xshash qilib tuzganda muqobil javoblari ko’p 
bo’lishi mumkin: 
Qaysi birikma molekulasida uglerod atomining valent orbitali sp-tipida 
gibridlanadi? 
A. Metan V. Etilen S. Atsetilen D. Benzol To’g’ri javob S. 
2-misol. Ushbu qaytar reaktsiyada N2+ 3N2= 2NN3+ Q bosim oshganda 
muvozanat qaysi yo’nalish tomon siljiydi. 
1. chapdan o’ngga 2. o’ngdan chapga 3. siljimaydi. 
A. 1. V.2 S. 3 D. 1 va 2
Bunda D muqobil javob bo’lolmaydi, chunki, masalan, D ni olsak, bir
vaqtning o’zida bosim oshganda muvozanat o’ngdan chapga siljiydi va
siljimaydi deyish ma’nosizdir va test mazmunini chigallashtiradi. Demak,
testning to’g’ri javobi 1 ta bo’lganda har bir harfga 2 ta bir-biriga
qarama- 
Kimyo fanini o’qitish metodikasi moduli bo’yicha o’quv-uslubiy majmua
qarshi javob joylashtirish tavsiyaqilinmaydi. Bunday hollarda savol va
javobning shaklini o’zgartirib, muqobil javoblar ko’paytiriladi. Masalan,
2-misolni quyidagicha ifodalash mumkin. Ushbu qaytar reaktsiyada
N
2
+ 3N 
2 = 2NN 

+ Q muvozanatni qanday ta’sir yordamida chapdan o’ngga
siljitish mumkin? 


128 
A. Bosimni oshirib. V. Bosimni kamaytirib. S. Temperaturani oshirib.
D. NN3 
ning kontsentratsiyasini oshirib. To’g’ri javob A. 
Bitta test savolidan muqobil javoblarining 2 tasi yoki 3 tasi to’g’ri
bo’lgandagina har bir harfga bir necha javoblarni joylashtirish
tavsiyaqilinadi. 
3-misol. Temir o’z birikmalarida qanday oksidlanish darajasini namoyon
qiladi? 
1) +2; 2) +3; 3) +4; 4) +6 
A. Faqat 2 V. Faqat 3, S. 2 va 3 D. 1,2,4. 
Javoblardan bittasi to’g’ri bo’lgan testda to’g’ri javobni aniqlash muhim
bo’lsa, 2 tasi yoki 3 tasi to’g’ri bo’lgan javoblarda to’g’ri va to’liq
javoblar
majmuasini topish muhimdir. Bu testda to’g’ri javob D. Qolgan javoblar to’liq 
bo’lmaganligi uchun ular inkor etiladi. 
1-misol. Elementning kimyoviy xossasini o’zida saqlaydigan eng kichik
zarracha: 
A. molekula. V. Element. S. Yadro. D. Atom. Ye. Proton deb ataladi. 
2-misol. Avogadro soniga teng miqdorda zarrachalar saqlaydigan modda
miqdori. 
A. atom massa. V. molekulyar massa. S. ekvivalent massa. D. mol
Masalalarning murakkablik darajasi test nazoratiga beriladigan
vaqtga qarab aniqlanadi. Qisqa vaqtda o’tkaziladigan nazoratga
beriladigan
test topshirig’iga yechimi murakkab bo’lmagan, matematik amallar oson
bajariladigan masalalarni tanlash kerak. 
Nazorat uchun savollar 
1. Test topshirig’ining tarkibi, mazmuni va samaradorligiga


129 
qo’yiladigan talablarni sanab o’ting.
2. Test topshiriqlarining qiyinlik darajasiga ko’ra o’zingiz o’qiydigan
kurs bo’yicha reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli va ijodiy darajadagi
test topshiriqlarini tuzing.
3. Test topshiriqlarining mazmuni va sifatiga DTM tomonidan
qo’yiladigan talablarni o’rganib chiqing.
II-BOB. Amaliy mashg’ulot materiallari. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling