Профессионал таълим ва жисмоний маданият”кафедраси фан: “дуал таълим тизими”


Download 311.09 Kb.
bet1/3
Sana15.11.2023
Hajmi311.09 Kb.
#1773890
  1   2   3
Bog'liq
1-амалий Дуал таълим тизими (2)


«ТОШКЕНТ ИРРИГАЦИЯ ВА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИНИ МЕХАНИЗАЦИЯЛАШ МУХАНДИСЛАРИ ИНСТИТУТИ»МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТ УНИВЕРСИТЕТИ

ПРОФЕССИОНАЛ ТАЪЛИМ ВА ЖИСМОНИЙ МАДАНИЯТ”КАФЕДРАСИ



ФАН: “ДУАЛ ТАЪЛИМ ТИЗИМИ”

1-амалий машғулот


DUAL TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBALARI (GERMANIYA MISOLIDA).

З.Исмаилова
ТОШКЕНТ-2022
1-амалий машғулот
DUAL TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBALARI (GERMANIYA MISOLIDA).
Dual tizimning innovatsionligi quyidagicha:
- o‘quv jarayonini tashkil qilishdagi o‘zgarishlar (sinfdagi darslar kamayadi, ishlab chiqarish amaliyoti hajmi o‘quv dasturining 60-70 foizigacha ko‘payadi);
- ishlab chiqarish amaliyoti individual yondashuvga asoslangan va real ishlab chiqarish sharoitlariga imkon qadar yaqinroq bo‘ladi;
- korxona tomonidan dual moliyalashtirish choralari ko‘riladi;
- ishlab chiqarishda mentorlik institutini rivojlantiriladi.
Ushbu kasbiy ta’limi shakli ijtimoiy sheriklikning mahsuli sifatida paydo bo‘lib, u mehnat bozori talablariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasa va ish beruvchilar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik mexanizmidir. Dual ta’lim - bu professional ta’limda nazariy qism ta’lim muassasasi (o‘qish vaqtining 30-40%) bazasida, ishlab chiqarish korxonasida, ish joyidagi mashg‘ulotning amaliy qismi (o‘quv vaqtining 60-70%) olib boriladi. Dual ta’limning asosiy konsepsiyasi o‘quv va ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish orqali kadrlar tayyorlashda amaliy yo‘nalishni kuchaytirishga asoslangan.
Dual ta’limda o‘quv jarayonini tashkil etish:




Dual ta’limni qo‘llashning asosiy maqsadi - O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, yirik va kichik biznes sub’ektlarida aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarning bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish uchun mehnat faoliyati bilan ta’limni uyg‘unlashgan holda tashkil etish orqali malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi.
Dual ta’limni joriy etishning maqsadi:

  • Mintaqalarning investitsiya jozibadorligini oshirish uchun iqtisodiyotning malakali kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishchi kadrlarni tayyorlash modelini takomillashtirish;

  • Biznes uchun tegishli kasblar uchun professional standartlarni ishlab chiqish;

  • Professional standartlar talablariga muvofiq ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va modernizatsiya qilish;

  • Ta’lim dasturlarini tashkil etish va mazmuniga qo‘yiladigan majburiy talablarni o‘zgartirish;

  • Ishchilar malakasini mustaqil baholash mexanizmini ishlab chiqish;

  • Ishchilarni tayyorlashni moliyalashtirish uchun korxonalarni jalb qilish uchun soliqqa tortishni optimallashtirish.

Dual ta’limni tashkil etishning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • korxona (tashkilot)dagi ishlab chiqarish sharoitlari bilan ta’lim muassasalari o‘quv jarayonlarini o‘zaro bog‘lash;

  • o‘quvchilarni mehnat faoliyati ishtirokchisiga aylantirish orqali ta’limning ishlab chiqarish bilan bog‘liq amaliy qismini korxona (tashkilot)larda hamda nazariy va o‘quv-amaliy qismini Ta’lim muassasalarida tashkil etish;

  • hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish hamda iqtisodiyotning real ehtiyojlarini hisobga olgan holda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashni takomillashtirish;

  • korxona (tashkilot)lar hamda ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorlik shartlari va modellarini ishlab chiqish;

  • ta’lim dasturlarini mehnat faoliyati bilan uyg‘unlashgan holda amalga oshirgan holda kompetensiyalarni shakllantirish;

  • ta’lim dasturlarini ish beruvchilarning talablari va ulardagi texnologik yangilanishlar asosida takomillashtirib borish;

  • kadrlarni tayyorlash va ta’lim dasturlarini amalga oshirishni moliyalashtirish;

  • korxona (tashkilot)lar va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro tarmoq hamkorligining shakl va uslublarini takomillashtirish;

  • bitiruvchilarni baholashda korxona (tashkilot)lar ishtirokini yanada kengaytirish;

  • turli yoshdagi aholi qatlamini tegishli kasb (mutaxassisliklar) bo‘yicha kvalifikatsiyalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish.




Download 311.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling