Professogramma va uni ishlab chiqish talablari
Professiografiyaning psixologik asoslari
Download 30.56 Kb.
|
Professogramma va uni ishlab chiqish talablari
Professiografiyaning psixologik asoslari
Shunday qilib, profesiografiyaning differensial tamoyili kasbning oʻrganish usullarini uning tavsifi, mazmuni, shuningdek, qoʻllanilish sohasi ya’ni professiografiya oʻtkazish xususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi. Maqsadlari quyidagi faoliyat sohalari bilan bogʻlangan boʻlishi mumkin: 1. Ishchilar attetsatsiyasi. 2. Yangi kasblar mutaxassisliklarni loyihalashtirish. 3. Optantlar profkonsultasiyasi va mutaxassislar tanlovi. 4. Kasbiy ta’lim malaka tayyorgarligi va malaka oshirishni takomillashtirish. 5. Shaxs kasbiy rivojlanishi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar.
E.M.Ivanova professiografiyaning 4 ta guruhini taklif etadi: ma’lumotli, diagnostik, prognostik va metodik. Informatsion (ma’lumotli) professiografiya oktantlar, ya’ni, kasb tanlash zaruriyati oldida turgan shaxslar bilan kasbiy maslahat ishlari uchun moʻljallangan. Ular qatoriga oʻquvchilar, kasb bilim yurtlari bitiruvchilari, ishsizlar va kasblarni almashtirmoqchi boʻlganlar kirishi mumkin. Informatsion professiografiya ishlari maxsus kasbiy adabiyotlarni tahliliy va hujjatlarni oʻrganish orqali amalga oshiriladi. Diagnostik professiografiyalash mehnat samaradorligining pastligi mahsulot sifatining pastligi, avariya holati, travmatizm, kadrlar qoʻnimsizligi sabablarini aniqlash uchun oʻtkaziladi. Diagnostik professiografiyalash quyidagi masalalarni oʻz ichiga oladi.
Download 30.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling