Professor azamat haydarov kitoblarida ma’naviy- ma’rifiy islohotlar tahlili
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqprofessor-azamat-haydarov-kitoblarida-ma-naviyma-rifiy-islohotlar-tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit soʻzlar
PROFESSOR AZAMAT HAYDAROV KITOBLARIDA MA’NAVIY- MA’RIFIY ISLOHOTLAR TAHLILI Moʻminmirzo Zokir oʻg‘li Xolmoʻminov Mominmirzo xolmominov@gmail.com Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada siyosiy fanlar nomzodi, professor Azamat Haydarov Haydarovichning ilmiy kitoblarida muallifning O‘zbekistonda ma’naviy- ma’rifiy ishlarda amalga oshirilgan islohotlari va uning ishtiroki, soha taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritiladi. Undan tashqari jamoat faoli A. Haydarov tomonidan Respublikamiz va xalqaro ko‘lamda madaniy-ma’rifiy jarayonlarda amalga oshirilgan ishlarning tafsilotlari va hayot yo‘li, ilmiy-ijodiy ishlar tahlili to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Kalit soʻzlar: olim, kitob, ma’naviyat, qadriyat, inson, komillik, madaniyat, san’at, boshqaruv, siyosat, rahbar, jarayon. ANALYSIS OF SPIRITUAL AND ENLIGHTENMENT REFORMS IN THE BOOKS OF PROFESSOR AZAMAT HAYDAROV Kholmuminov Zokir oglu Muminmirzo mominmirzoxolmominov@gmail.com Uzbekistan State Institute of Arts and Culture Abstract: This article discusses the author's reforms in the field of spiritual and educational work in Uzbekistan and his participation in the scientific books of the candidate of political sciences, Professor Azamat Haydarov Haydarovich. In addition, the public activist A. Haydarov provided information on the details of the work carried out in the cultural and educational processes in the country and internationally, as well as the analysis of scientific and creative work. Keywords: scientist, book, spirituality, values, human, perfection, culture, art, management, politics, leader, process. Hayotda shunday insonlar borki, ular doim o‘zlaridan katta-katta meros qoldiradi. Yurtimizda buyuk allomalar yashab ijod qilganligini barchamiz yaxshi bilamiz. Ilm ahli doim o‘zidan keyin ilm bog‘ida shogird qoldirishni va o‘zining o‘chmas merosini abadiylashtirishga harakat qiladi. Men shunday insonlardan birini bilaman. Ular bundan bir yil oldin karonavirus kasalligiga chalinib bu foniy dunyoni tark etdi. Ilohim ruhlari shod bo‘lsin... Sizlarga ustozim Azamat Haydarovning hayoti "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022 ISSN 2181-063X 255 http://oac.dsmi-qf.uz va amalga oshirilgan ishlari, yozgan asarlaridan namuna va iqtiboslar keltirib, ozgina bo‘lsa hamki nimadir yozishga harat qildim. Hurmatli ilm ahli siz ushbu maqolani o‘qiganingizda professor Azamat Haydarov qisqa umri davomida bir inson zimmasiga hisoblaganda juda ko‘p ishlarni amalga oshirganini bilib olasiz. A.Haydarov 1957-yil 20-mayda Navoiy viloyati Nurota tumanida dunyoga kelgan. 1976-1980-yillarda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutini (hozirgi О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) tamomladi. Mehnat faoliyatini 1981-yilda Navoiy shahar 11-sonli umumta’lim maktabida musiqa fani о‘qituvchisi sifatida boshladi. 1982-yildan Navoiy viloyati Nurota tuman Markaziy madaniyat uyi direktori, 1983-yil Navoiy viloyati xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar markazi Samarqand, Buxoro, Navoiy hududiy ilmiy-metodik markazi direktori, 1991-yilda Navoiy shahar A.Qodiriy nomidagi madaniyat uyi direktori, 1992-yilda Navoiy viloyati Madaniyat ishlari boshqarmasi boshlig‘i, 1995- 1996-yillarda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi, 1996-2000-yillarda Navoiy viloyati hokimining ijtimoiy masalalar bо‘yicha о‘rinbosari, 2001-2002-yillarda Madaniyat ishlari vazirligining Akademik va xalq badiiy jamoalar boshqarmasi boshlig‘i, 2002-yildan О‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Malaka oshirish” fakulteti dekani va “Siyosiy fanlar” kafedrasi mudiri kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishladi. 2004-yildan esa, О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining о‘rinbosari etib tayinlandi. Vazirlikdagi faoliyati bilan birga 2005-yili О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida 23.00.03 - “Siyosiy madaniyat va mafkurasi” ixtisosligi bо‘yicha siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun “О‘zbekiston jamiyati siyosiy madaniyatida milliy-ma’naviy qadriyatlarning о‘rni” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini himoya qiladi va siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasini oladi. Shuningdek, 2008-yildan “О‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori, 2014-2017-yillarda Madaniyat va sport ishlari vazirligining Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika ilmiy-metodik markazi direktori vazifasini bajargan. 2017-yildan О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi direktori lavozimida faoliyat kо‘rsatish bilan birga, 2016-2021-yillar mobaynida О‘zDSMIning “Madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini tashkil etish va boshqarish” kafedrasida talabalarga mutaxassislik fanlaridan dars berib, pedagogik mahoratini ham takomillashtirib borgan. Azamat Haydarovich 40 yildan ortiq ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 1999- yili “Ma’naviyat-huquqiy davlat tayanchi”, 2008-yili “Inson kamoloti va milliy ma’naviy qadriyatlar”, 2015-yili “Ajdodlarimiz merosi - milliy ma’naviyatimiz "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022 ISSN 2181-063X 256 http://oac.dsmi-qf.uz poydevori” nomli risolalari va 2009-yili “Siyosiy madaniyat mas’uliyati” monografiyasi, 2016-yili “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarishga doir me’yoriy hujjatlar tо‘plami”, “Madaniyat va san’at sohasini boshqarish asoslari” hamda 2017-yil “Ijodiy faoliyatni rejalashtirish va boshqarish” о‘quv qо‘llanmalari, 2019-yil “Harakatlar strategiyasi va ma’naviy yuksalish”, “Madaniyat - milliy yuksalish poydevori” kabi uslubiy qо‘llanmasi nashr etilgan. Shuningdek, filologiya fanlari doktori, professor Mamatqul Jо‘rayev bilan hammualliflikda “О‘zbekiston baxshilari” kitob-albomi о‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etildi. Yuksak tashkilotchilik salohiyati bilan “Navrо‘z” va “Mustaqillik kuni” davlat tadbirlari, “Buyuk ipak yо‘li”, “Nurli navolar”, “Boysun bahori”, “Xalqaro baxshichilik san’ati” festivallarini о‘tkazishda rahbarlik qildi. Yosh iste’dod egalarini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash maqsadida “Mardu maydon” jonli ijro festivalini qayta tikladi. Uning sa’y-harakatlari bilan О‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida “О‘zbekiston - boqiy dostonim” respublika baxshilar tanlovi hamda badiiy havaskorlik san’atini rivojlantirish maqsadida “Yangi О‘zbekiston - dillarda doston” telefestivallari о‘tkazildi. Azamat Haydarovich О‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi taraqqiyoti rivojiga ham katta hissa qо‘shdi. Uning rahbarligida nomoddiy-madaniy meros durdonalarini asrab-avaylash borasida “San’at va sayohat” kо‘rsatuvi tashkil etilib, respublikamizdagi 50 dan ortiq folklor-etnografik jamoalarining fonotekasi yaratildi. О‘zMTRK arxivida saqlanayotgan, atoqli baxshilar ijrosidagi dostonlar magnit tasmalardan zamonaviy format SD va DVD disklarga kо‘chirib о‘tkazildi. Yangidan 20 nafar xalq baxshilari ijrosidagi dostonlarning audio disklari tayyorlandi va mazkur audio yozuvdagi dostonlar qog‘ozga tushirilib, 10 ta doston kitob holatiga keltirildi. A.H.Haydarov О‘zbekiston nomoddiy-madaniy meros obyektlari milliy rо‘yxatini shakllantirish, YUNESKOning Insoniyat nomoddiy-madaniy merosi Reprezentativ rо‘yxatiga “Palov madaniyati va an’analari”, “Baxshi san’ati” nomzodnomalarini tavsiya etishda katta izlanishlar olib bordi. Xalqaro va respublika festivallari, ilmiy-amaliy konferensiya va seminar-treninglarni tashkil etishda jonbozlik kо‘rsatdi. Madaniyat va san’at sohasi xodimlarining tilak va xohish- istaklarini chuqur о‘rganib, davlatimiz tomonidan qabul qilingan qaror va farmonlarga takliflar bildirgan va me’yoriy hujjat loyihalarini ishlab chiqish jarayonlarida bevosita ishtirok etdi. Olimning madaniyat va san’at sohasining dolzarb nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan 300 ga yaqin ilmiy maqolalari xorij va republikamizdagi nufuzli gazeta va jurnallarda nashr etildi. Atoqli olim, mehribon va jonkuyar ustozning shogirdlari hozirgi kunda madaniyat va san’at muassasalari va tashkilotlarida tashabbuskor xodim va rahbarlik faoliyatlarida ishlab keldi. 2011-yilda "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022 ISSN 2181-063X 257 http://oac.dsmi-qf.uz О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan olimga dotsent va 2017-yilda professor ilmiy unvonlari berildi. Uzoq yillik fidokorona xizmatlari munosib taqdirlanib, 1999-yil “Shuhrat” medali, 2019-yil “Madaniyat va san’at fidokori” kо‘krak nishoni, 2020-yil “Xalqaro oltin meros” medaliga sazovor bо‘ldi. 1-rasm: Mazkur stend O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 2-o‘quv binosi 4-qavat S 4-4 o‘quv xonasiga o‘rnatilgan. O‘quv xonasiga “Siyosiy fanlar nomzodi, professor Azamat Haydarov Haydarovich” nomi berilgan Yuqorida sizlarni Azamat Haydovning mehnat va tashabbuskorlik faoliyati davomida bosib o‘tgan yo‘li bilan qisqacha tanishib o‘tdik. Endi esa, ustoz tomonidan yozilgan kitoblarda ijtimoiy-madaniy hayot bo‘yicha zikr-u bayon etilgan falasfiy- ilmiy qarashlardan keltirib o‘tamiz. Boshqaruv hayotiy zaruratdir. Boshqaruvsiz kishilarning faoliyatini ma’lum maqsad sari yo‘naltirish, jamiyat hayotining barcha sohalarini, shu jumladan, madaniyat va san’at sohasini ham rivojlantirib bo‘lmaydi. Boshqaruv bo‘lmagan joyda tartibsizlik, boshboshdoqlik va o‘zibiluvchanlik yuzaga keladi. Boshqaruv serqirra jarayondir. Ayniqsa, madaniyat va san’at sohasini boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va ayrim nozik jihatlari bor. Aytmoqchi bo‘lgan fikrimiz shuki, madaniyat va san’at sohasini boshqaruvchi shaxslar - menejerlar nihoyatda chuqur mulohaza qiladigan, adabiyot, san’at, musiqa "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022 ISSN 2181-063X 258 http://oac.dsmi-qf.uz yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatadigan ijodkorlarning ma’naviy-ruhiy holatini, kechinmalarini, ijodiy imkoniyatlarini, qolaversa, ularning harakteridagi ayrim fazilatlarini yaxshi bilishlari lozim bo‘ladi[1:155,156]. Bugun o‘tayotgan har bir kunimiz olamshumul o‘zgarishlarga boy. Yangilanishlar, izchil islohotlarning amaliy samaralari tarixiy voqelik sifatida hayotimiz sahifalarida yorqin iz qoldirmoqda. Ayniqsa, keying uch yil davomida barcha sohalarda ro‘yobga chiqarilayotgan istiqbolli loyihalar, joylarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari xalqimizning nafaqat turmush tarzini va taqdirini, qolaversa dunyoqarashini ham tubdan o‘gartirib yuborayapti[2:3]. Ko‘pni ko‘rgan, goh Alpomish, goh Go‘ro‘g‘li, goh Rustami doston bo‘lib, do‘mbirasi bilan do‘stlashib, ona yurtni maqtashib, jonim fido senga, O‘zbekistonim, deb jo‘shib kuylayotgan ko‘ngli toza, niyati pok baxshi bobo tilidan aytadigan bo‘lsak, beixtiyor bu kunlarning sadag‘asi ketay deb yuborasiz[3:11]. Jamiyatda ro‘y berayotgan ana shunday olamshumul tarixiy kunlarda barcha sohalar qatori, ayniqsa, bizning kundalik faoliyatimiz hisoblangan madaniyat va san’at yangilanayotgan O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni, ta’siri va ahamiyati qanday bo‘ladi, madaniyat va san’at muassasalari xodimlarining ma’suliyati, burchi va asosiy vazifalari nimalardan iborat bo‘ladi, biz o‘z faoliyatimizni qay yo‘sinda tashkil qilishimiz kerak, mamlakat taraqqiyotiga qanday ulushimiz va qaysi xizmatlarimiz bilan hissa qo‘shamiz yoki shiddatli islohotlar va hozirgi murakkab, tahlikali jarayonlarda o‘z o‘rnimizni topolmay muammolar qurshovida qolib ketamizmi?! Davom ettirsak, savollar, va baxsli munozaralar juda ko‘p. Xullas, do‘ppini boshdan olib qo‘yib, tez suratlarda o‘zimizni o‘nglab olishimiz, davlatimiz rahbarining madaniyat va san’atni rivojlantirishga doir barcha Farmon va qarorlarini birma-bir sinchiklab o‘qib, o‘rganib, mazmun-mohiyatini teran anglab, juda katta ma’suliyat bilan madaniyat sohasining chinakam vakili va haqiqiy jonkuyari sifatida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga kirishish zarur, albatta[4:13,14]. Dunyoda ezgulik degan buyuk va qudratli tuyg‘u bor, bu noyob tuyg‘uni butun vujudiga, qalbiga jo qilgan insongina bunyodkorlik va yaratuvchanlik kabi ulug‘ fazilatlarga ega bo‘ladi. Muqaddas Vatanni va bizga rizq berib kelayotgan shu ona zaminni, mehnatkash xalqimizni eng go‘zal va eng baland eng yuksak tog‘larga urilib, aks-sado beradigan jarangdor ovozlarda baralla kuylaydigan zamon keldi. Har bir madaniyat xodimi va barcha san’atkorlar jo‘r bo‘lib, shukrona aytaylik ushbu kunlarga. Yangilanayotgan O‘zbekistonni bundan-da obod qilish va xalq ko‘ngliga shodlik ulashish, milliy madaniyatimizni yanada yuksaltirish borasida yaratilayotgan beqiyos shart-sharoit va imkoniyatlarni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Prezident tashabbusi bilan davlat va jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida ro‘y berayotgan inqilobiy o‘zgarishlar davrida farmon-u qarorlarda belgilab berilgan "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022 ISSN 2181-063X 259 http://oac.dsmi-qf.uz madaniyat va san’at rivojini ta’minlashga qaratilgan g‘oyat muhim vazifalarni chuqur his qilib, ma’suliyat va javobgarlikni teran idrok etishimiz zarur. Zotan, ma’naviy yuksalish tafakkurimizdagi yangicha o‘zgarishlar bilan bovasta bo‘lib, davlat rahbari tomonidan ayni kunlarda amalga oshirilyotgan asrlarga tatigulik o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayonida faol ishtirok etib milliy madaniyatimizning yanada ravnaq topishi uchun fidoyilik ko‘rsatib mehnat qilish demakdir. Zero, milliy tiklanishdan millay yuksalish sari degan ezgu g‘oyani amalga oshirishda madaniyat va san’at ahlining juda faol bo‘lmog‘i zarurligini davrning o‘zi taqozo etmoqda[5:18,19]. O‘zbekiston xalqi hayotining barcha sohalarida bo‘lgani kabi madaniyat va san’at yo‘nalishlarida ham yangi, tarixiy tub islohotlar amalga oshirilishi keng yo‘lga qo‘yildi. Sohada to‘planib qolgan muammolar, ya’ni madaniyat va san’at sohasini boshqarish, malakali kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va uning mexanizmlarini ishlab chiqish, madaniyat va san’at sohasida kadrlar tayyorlaydigan o‘quv yurtlari hamda professional teatrlar va sohaning boshqa muassasalari moddiy- texnik bazasini mustahkamlash, bozor munosabatlariga o‘tish davrida teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlarini, ularga ijodiy xodim tayyorlovchi o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari hamda konsertmeystrlarini ijtimoiy himoyalash tizimini yaratish zarurligi kabi masalalar milliy madaniyat va san’atimizning rivojlanishidagi eng muhim vazifalardan edi[6:8]. Ma’naviyati tuban xalq, milliy qadriyatlariga befarq, loqayd millat ozodlik ne, istiqlol va mustaqillik nima ekanligini bilmay o‘tishga mahkum. Bugun yurtimizda ma’naviyat masalasi davlat siyosati darajasidagi masalaga aylangan ekan, bu, avvalo, istiqlolimiznimg sharofati bilan bo‘lsa, ayni chog‘da mustaqillikni mustahkamlash va davlatimizni har jihatdan ravnaq toptirishdagi eng zarur omil bo‘lib qolaveradi[7:31]. Har bir xalqning milliy ongida shu xalqqa xos va mos bo‘lgan, tarixan shakllangan siyosiy madaniyati bilan bog‘liq jihatlari borki, u shu xalqning ruhiyatini, mentalitetini harakterini ifodalaydi va ular mamlakatning siyosiy tizimida o‘zining izlarini qoldirmasligi mumkin emas[8:20]. Inson o‘zining amaliy va nazariy faoliyatida jamiyat ma’naviy madaniyatining bir vaqtda ham yaratuvchisi va uni o‘z faoliyatida namoyon etuvchisidir. Ma’naviy ehtiyojlarni qondirish jarayonida shaxs sifatida shakllana boradi, uning dunyoqarashida muayyan xulq-atvor, ideal-orzular, bilim va e’tiqod paydo bo‘ladi. Shaxs o‘z mohiyati hayotdagi o‘rnini aniqlash bilan birga jamiyat, tevarak-atrofi, ya’ni o‘z jamoasi, oila muhiti oldidagi burchini va mas’uliyatini ichki his tuyg‘ulari va vijdoni orqali chuqur tushunib boradi. Chinakam qobiliyatning faoliyatdagi ko‘rinishi insonning axloqiy qiyofasi bilan bog‘liqdir. Pok qalb haqiqatni tez o‘zlashtiradi. Haqiqatni anglash bilan axloqiy idealga intilish insonning amaliy faoliyati va ijodida namoyon bo‘ladi. Amaliyot haqiqatni aniqlovchi dastlabki vositadir[9:35]. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022 ISSN 2181-063X 260 http://oac.dsmi-qf.uz Barkamol, mustahkam mamlakatni ma’naviy komil insonlar jamiyatigina yarata olishi mumkin. Shuning uchun ham jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi kun tartibida ma’naviy-ahloqiy jihatdan namuna bo‘ladigan komil insonni tarbiyalab yetishtirish vazifasi bosh masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda[10:66]. Darhaqiqat o‘zini teran, ma’naviy dunyosini inson kamolotiga bag‘ishlagan ulug allomalar xotirasi abadiydir. Ular tafakkuri hadya etgan ma’rifiy xazina insonlar va zamonlar uzra solingan betakror va bezavol ma’naviy ko‘prikdir. Ularsiz insonning qalbi behuda bir bo‘shliq, hayoti - ma’nosiz va lazzatsiz, borliq esa qashshoq va huvillagan zulmat olamiga tengdir! Zero…“inson ma’naviyatini unutish gunoh bo‘ladi. Nuqul pul va foyda ketidan quvsak-da, ammo odamlarimiz ruhan qashshoq bo‘lib qolishsa - bunday jamiyatning hech kimga keragi yo‘q”[11:4]. Zamonlar o‘zgardi, kurash qurollari shakllandi, mukammallashdi. Inson qalbi uchun kurash esa hamon shiddat bilan davom etmoqda. Zero, tabiatda bo‘shliqning o‘zi bo‘lmaydi, u albatta egallab olinadi. Inson qalbi va ongi uchun kurash ayniqsa birinchi navbatda yoshlarga qaratilgan bo‘lishini ta’kidlab o‘tirishga hojat ham bo‘lmasa kerak. Chunki, hali dunyoqrashi shakllanib ulgurmagan, mafkuraviy “immuniteti” zaif yoshlar har qanday usti yaltiroq g‘oyaga o‘ch bo‘ladilar, ular bunday nuqtai nazarlarini o‘zlarining “men”larini ifoda etish vositasi, - deb biladilar-u, qattiq yanglishganliklarini keyinroq tushunib yetadilar[12:133]. Inson omili jamiyatimizni rivojlantiririshda bosh omil deb hisoblanib, oddiy insonga doimo e’tiborli bo‘lish, unga g‘amxo‘lik ko‘rsatish, shuningdek, davlat, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi manfaatlar uyg‘unligiga erishish ustuvor vazifa deb belgilanayotganligi haqidagi oilyjanob fikrlar aynan notiqlik san’atini o‘zlashtirish va chuqur o‘rganish uchun tayyor manbaa bo‘lib, ularda ma’no qudrati - so‘z qudratini ta’minlaydi. Ushbu so‘zlarni o‘qigan, eshitgan, televideniya orqali ko‘rgan har bir o‘quvchi talaba, ishchi, o‘qituvchi, tibbiyot xodimi, olim, qolaversa, har bir zamonaviy rahbar olam-olam ma’no oladi va uning ma’naviyati yuksaladi, tarbiya topadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning purhikmat so‘zlari yaxshilikka, adolatga da’vat etadi. Hammamizni Vatan mehrini qalbimizga jo qilishga chorlaydi. Bugungi kundagi asosiy va eng muhim masala - vazifalarimizni chuqur va ongli ravishda anglash, idrok etish, avvalo aniq maqsad va gap nimada ekanligini bilib olishdir. Buning uchun kun sayin sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, mamlakat va xalq manfaatlari yo‘lida birlashish, barcha imkoniyatlardan aql-idrok bilan foydalanish, loqaydlik kayfiyatini yengish va mas’uliyatini chuqur his etish talab etiladi. Buning uchun esa buyuk islohotlardan ko‘zlanyotgan ezgu maqsadlarning ko‘lamiga mos ma’naviyat, kuchli e’tiqod va yangicha dunyoqarash zarur[13:79]. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022 ISSN 2181-063X 261 http://oac.dsmi-qf.uz Mustaqillik sharofati bilan boshlangan va endilikda katta bir ma’naviy ehtiyoj sifatida ajdodlarimizning ulkan merosi hozirda yangi bir qiyofa bilan boyib bormoqda. Bu milliy istiqlolning ma’naviy olamidir. Agarki, biz bu ishga belni mahkam bog‘lagan, xalqimiz ma’naviy qiyofasini yangilash uchun chog‘langan, amaliy, milliy qadriyatlarimizni idrok etishga intilyotgan ekanmiz, avvalo zabardast chinorlarimiz merosidan yanada unimliroq, yanada mustahkamroq foydalanaylik, ularga farzandlik burchini ado etaylik. Shundagina insoniy kamolot, ma’naviy huzr-halovat, yuksak iymon tuyg‘ularini o‘zimizda his qilamiz. Go‘zallik va muhabbat gulshaniga burkanib, chinorlar qudratidan ma’naviy madad olamiz. Negaki, bu buyuk chinorlarimiz - bizning mangu ma’naviyatimizdir[14:22,23]. Har bir jamiyatda o‘z xalqiga, uning an’analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o‘z xalqini millatlarning butun jahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, o‘z Vatanining jonkuyarini, yuksak siyosiy madaniyatli kishini tarbiyalash mumkin emas. Vatanparvarlik, fuqarolar yakdilligi - yosh va mustaqil O‘zbekiston davlatini barpo etayotgan negizdir. Bular siyosiy madaniyatni ko‘rsatuvchi o‘ziga xos me’yorlar, mezonlaridir[15:64]. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling