"profi university" xususiy universiteti tasdiqlayman "profi university" xu


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana16.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1512061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Oliy mat.ishchi dastur (s.b)

Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarni zamonaviy matematika asoslari bilan 
tanishtirish, kasbiy faoliyatga oid masalalarini ongli ravishda tadqiq etish, 
muammolar yechimini topishda matematikaning imkoniyatlari mohiyatini tushuntirish, 
ularni qo‘llay olishga o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini 
hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifalari: 
- matematik tushunchalar mazmunini, qoidalarni va usullarni ongli o‘zlashtirish 
orqali fikrlash madaniyatini egallash, axborotlarni tushunish, umumlashtirish va 
tahlil qilish, maqsadni qo‘yish va unga erishish yo‘llarini tanlash; 
- og‘zaki va yozma nutqini asoslagan holda o‘z fikrlarini mantiqan to‘g‘ri, aniq 
ifodalash; 
- matematikaning asosiy usullarini, jumladan matematik tahlil va modellashtirish, 
nazariy va eksperimental tadqiqotlar usullarini kasbiy faoliyatga qo‘llash 
kompetensiyalariga erishishdan iborat. 
Talaba “Oliy matematika va jismoniy tarbiyada matematika fanini qo‘llash” 
fanini oʻqigandan soʻng: 
- dunyoni bilishning maxsus usuli bo‘lgan matematika, uning tushunchalari va 
tasavvurlarining yaxlitligi, matematik mantiq elementlari, matematik modellashtirish 
va algoritmlar nazariyasi, ko‘p o‘lchamli Yevklid geometriyasi, differensial va 



integral hisob nazariyalari, matematika fanining jamiyatdagi va tadqiqotlardagi o‘rni 
haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi; 
- matematik tahlil, analitik geometriyaning asosiy tushunchalari va metodlari, 
asosiy algebraik tuzilmalar, vektor fazo, chiziqli akslantirish, mantiqiy hisoblarni 
bilish va ulardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi
- obyektlarning sifat va miqdor munosabatlarini ifodalashda matematik 
belgilardan foydalanish, differensial va integral hisob nazariyalarining metodlarini 
qo‘llay olish, eksperiment natijalarini qayta ishlashning statistik metodlaridan 
foydalana olish, mantiqiy amallar va formulalarni, matematik atamalarni tushuna 
olish malakasiga ega bo‘lishi kerak. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling