Profil Universitsiyas Falsafa va Madaniyatshunoslik Fanidan mustaqil ish
Download 191.38 Kb.
|
ppdtffs
Madaniyat- bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va ma`naviy boyliklar majmuigina bo`lib qolmay, ayni paytda u jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi, ya`ni, jamiyatdagi bilim, mezon va qadriyatlarning yig`indisi madaniyatda gavdalanadi. Madaniyatni o`rganishda ob`ektiv qonuniyatlar, hodisalardagi sababiy bog`liqlik haqidagi an`anaviy tasavvurlardan foydalanmaslik ham mumkin. Umumiy bir soha sifatida madaniyatga sistemali yondashuv bir-biriga ta`sir etuvchi turli madaniyat sohalarining o`ziga xos xususiyatlarini qismlarga bo`lib emas, balki ularni yaxlit tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Sistemali yondashuv tadqiqotning juda ko`p uslublaridan foydalanishga imkon yaratadi. Ya`ni, ayrim bir uslublar bilan olingan natijalarni boshqalariga qarama-qarshi qo`ymasdan va mutlaqolashtirmasdan xulosa chiqarishga asos bo`ladi.
Madaniyatshunoslik fanida vorisiylik muhim tamoyil hisoblanadi. Vorisiylik negizida hayotiylik yotadi. Kishilar o`zidan oldingi avlodlar yaratgan madaniy boyliklarga tayanib yashaydilar, ularga tayanib yangiliklarni yaratadilar. Agar vorisiylik negizida hayotiylik bo`lmaganda edi, “biz uchun o`tmish sovuq, befoyda, o`lik va qiziqarsiz bo`lib qolaverardi”, deb ta`kidlaydi J. Neru. Sharqshunos olim Maks Myuller Hind sivilizasiyasi haqida fikr yuritar ekan “eng zamonaviy va eng qadimiy hind sivilizasiyasi o`rtasida uzluksiz vorisiylik mavjud”, deb yozadi. Vorisiylik barcha xalqlar madaniyati taraqqiyotiga xos uzluksiz jarayondir.Download 191.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling