Mavzu: jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakllari


Download 11.57 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi11.57 Kb.
#1829427
  1   2   3   4
Bog'liq
5 vazifa va shakillar


MAVZU: JISMONIY MADANIYATNING JAMIYATDAGI VAZIFALARI VA SHAKLLARI

Reja:
1. Jismoniy madaniyatning jamiyatda asosiy vazifa va shakllarining ahamiyati.
2. Jismoniy madaniyatning maxsus vazifalariga tavsif.
3. Jismoniy madaniyatning umumiy vazifalariga tavsif.
Maktablarda va universitetlarda o’rganganlarimiz – bilim emas, bilim olish yo’li xolos.
R. Emerson
Jismoniy madaniyatning jamiyatda asosiy vazifa va shakllarining ahamiyati.
Jismoniy tarbiyaning haqiqiy ijodkori xalq ommasidir. Hozirgi zamon sport turlari va o’yinlarining ko’pchiligi masalan; kurash, boks, og’ir atletika, qilichbozlik kabilarning asosi qadim zamonlarda xalq tomonidan yaratildi, bir necha avoldlar ularni ehtiyotkorlik bilan saqladi va takomillashtirib bordi.
Yozma yodgorliklar, xalq dostonlari va jismoniy tarbiyaning taraqqiy etish amaliyotida jismoniy tarbiya tarixini manbayi bo’lib xizmat qiladi. Madaniy tarixiy jarayonning mazmuni va asosini kishining jismoniy va intellektual qobiliyatlari uning ahloqiy va badiiy estetik sifatlarini rivojlanishi tashkil etadi. Madaniyat masalalari mustaqil O’zbekistonda eng muhim va dolzarb sohalardan biridir.
SAVOL:
Jismoniy madaniyatning vazifasi va shakllari deganda nimani tushunasiz?
Jismoniy madaniyatning qanday vazifalarini bilasiz?
Jismoniy madaniyatning ahamiyatini, o’rnini va ijtimoiy hodisalar tizimidagi joyini chuqurroq tafakkur qilish uchun uning jamiyatdagi asosiy vazifa va shakllarini tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Busiz jismoniy madaniyatning qonunlarini va uni rivojlanishini boshqarish mumkin emas.
Jismoniy madaniyatni vazifalari, har qanday vazifalar singari ma’lum shakllar bilan amaliyotda ko’rinishi bo’yicha ajratib bo’lmaydi.

«Shakllari» tushunchasi bu yerda, jismoniy madaniyat tuzilishi jihatidan turi, ko’rinishi va har xil turligi bilan farqlanishi tushuniladi.
«Turlari» deb jismoniy madaniyatni elementlarga nisbatan katta birikmasini uni tuzilishi bo’yicha vazifalari bilan bog’langanligiga aytiladi. Har xil turliligi deb katta bo’lmagan shakllarni, har xil turlarda bo’lishi tushuniladi. Masalan jismoniy madaniyatni ko’rinishi deb ishlab chiqarish jismoniy madaniyatni olsak, uni har xil turliligi ishlab chiqarish gimnastikasi, kirish gimnastikasi tushuniladi.
Jismoniy madaniyat “vazifasi” deganda, uning o’ziga tegishli ob’ektiv xususiyatlari bilan insonga va inson munosabatlariga, muomalasiga ta’sir ko’rsatishi, shaxs va jamiyatni ma’lum talabini qondirilishi va rivojlantirilishi tushuniladi. Shu bilan birga, jismoniy madaniyatning vazifalari o’z-o’zidan to’liqligicha amalga oshirilmasdan, balki kishini faol faoliyati orqali madaniy boyliklarni yo’naltirilgan holda ishlatilishi tushuniladi. Inson biror sport turi bilan shug’ullanayotganda o’zining shunga bo’lgan talabini qondiradi, shu bilan birga shu sport turi bilan shug’ullanayotgan boshqa insonlar bilan o’zaro muomalada bo’ladi.

Download 11.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling