Mavzu: jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakllari


Seminar mashg’uloti uchun topshiriq!


Download 11.57 Kb.
bet3/4
Sana31.01.2024
Hajmi11.57 Kb.
#1829427
1   2   3   4
Bog'liq
5 vazifa va shakillar

Seminar mashg’uloti uchun topshiriq!
Gipodinamiya nima? qo’shimcha ma’lumotlar to’plash!



Yuqoridagilarni hisobga olgan holda jismoniy madaniyat quyidagi maxsus vazifalarga ajratiladi
1) Ta’lim va tarbiya vazifasi. Jismoniy madaniyatning umumiy ta’lim tizimidagi doimiy tarzdagi, hayotda kerak bo’ladigan, harakat ko’nikmasi va malakalarini, ular bilan bog’liq bilimlarni tashkil topishida foydalanganda to’liq ko’rinadi.
2) Amaliy vazifasi. Jismoniy madaniyatning mehnat faoliyatida, professional amaliy tayyorgarlik omili sifatida maxsus tayyorgarlik tizimida qo’llanganda ko’rinadi.
3) Sport vazifasi. Sportni yuqori ko’rsatkichlar sohasida, jismoniy madaniyat maksimal natijalarga erishish omili hamda jismoniy va unga bevosita taalluqli imkoniyatlarni ko’rsatishda aniq ko’rinadi.
4) Rekriativ va sog’lomlashtirish-reabilitatsiya vazifasi. Jismoniy madaniyatni dam olishni tashkil qilish sohasida yoki organizmni maxsus qayta tiklash tizimida, charchashga qarshi kurash omili sifatida, emotsional talablarni qondirishda va organizmni vaqtincha yo’qotgan funksional imkoniyatlarini qayta tiklashda ko’proq ko’rinadi. Ko’pgina ilmiy ishlarda gipodinamiya yurak qon-tomir tizimi kasalliklariga olib kelishi isbotlangan. Shuning uchun ham rekriativ va sog’lomlashtirish vazifasining ahamiyati juda katta.
Seminar mashg’uloti uchun topshiriq!
Jismoniy madaniyatning maxsus funksiyasi deganda nimani tushunasiz? Ular qaysilar?



Jismoniy madaniyatning bu vazifalarini amalga oshirish ob’ektiv ravishda faqatgina kishining jismoniy sifatlarigagina bog’liq bo’lib qolmasdan, balki uning ruhiy va shaxsiy sifatlariga ham bog’liqdir
Umumiy vazifalari. Madaniyatga taalluqli bo’lgan hamma umumiy vazifalar, u yoki bu holda jismoniy madaniyat sohasida ham ko’rinadi.
1) Estetik vazifasi. Jismoniy madaniyatni o’ziga xos xususiyatlari bilan bevosita bog’liq bo’lib, insonlarni jismoniy kamolotga, sog’lom bo’lishga, umumiy garmonik rivojlanishiga bo’lgan talablarini qondiradi. Shuning uchun ham har xil san’at turlarida jismoniy madaniyat turlarini qayd qilish keng yo’l olgan bo’lsa, sportning o’zi ham san’atning ko’pgina ko’rinishlarini qabul qiladi.


Download 11.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling