Progesteron reja
Qo‘llash usuli va dozalari
Download 254.3 Kb.
|
PROGESTERON
Qo‘llash usuli va dozalari
Ishlatishdan oldin preparatli ampula suv xammomida biroz (30-40oS gacha) isitiladi. Kristallar tushgan hollarda ampula ular to‘liq erigunicha qaynayotgan suv hammomida qizdiriladi. Preparat mushak ichiga yoki teri ostiga yuboriladi. Tuxumdonlar disfunksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan qon ketishlarida – 6-8 kun davomida 5-15 mg dan har kuni yuboriladi. Agar oldindan bachadon shilliq qavatini qirib olish o‘tkazilgan bo‘lsa, unda in‘eksiya 18-20 kun o‘tgach buyuriladi. Agar bachadonni qirib olishning iloji bo‘lmasa, preparat qon ketish vaqtida yuboriladi. Bunda qon ketishi vaqtincha (3-5 kunga) kuchayishi mumkin; kuchli kamqonligi bo‘lgan bemorlarga oldindan qon quyish (200-250 ml) tavsiya etiladi. Agar 6-8 kun davolashdan keyin qon ketishi to‘xtamasa, progesteronni keyingi yuborish maqsadga muvofiq emas. Qon ketishi to‘xtaganida davolashni 6 kundan oldin to‘xtatish mumkin emas. Gipogonadizm va amenoreyada 5 mg dan har kuni yoki 10 mg dan kun ora 6-8 kun davomida yuboriladi (estrogan preparatlarni qo‘llashdan keyinoq). Sariq tana faoliyatini yetishmovchiligi chaqirgan xavfli bola tashlashni oldini olish va davolash uchun – 10-25 mg dan xar kuni yoki kun ora bola tashlash xavfi butunlay yo‘qotilmagunicha yuboriladi. Odatiy bola tashlashda preparat homiladorlikning 4 oyligigacha yuboriladi. Algodismenoreyada og‘riqlarni kamaytirish yoki yo‘qotish uchun, preparat xayz ko‘rishdan 6-8 kun oldin 5-10 mg dan har kuni 6-8 kun davomida buyuriladi. Davolash kursini bir necha marta takrorlash mumkin. Mushak ichiga yuqori bir martalik va sutkalik doza 25 mg ni tashkil qiladi (2,5 ml 1% eritma yoki 1 ml 2,5% eritma). Bachadonning yetarli rivojlanmaganligi bilan bog‘liq bo‘lgan algodismenoreyani progesteron bilan davolashni, oldindan estrogen preparatlarni buyurish bilan qo‘shish mumkin. Progesteronning nojo’ya ta’siri Odatda progesteron yaxshi o‘zlashtiriladi, alohida hollarda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar kuzatilishi mumkin: yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, qon aylanishini buzilishi, arterial bosimni oshishi, venoz tromboemboliyalar; nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, uyqusizlik, depressiya; reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan: shishish, yuqori sezuvchanlik va sut bezlarida og‘riq, tashqi jinsiy a‘zolar tomonidan buzilishlar, kabi qichishish, qurishi, genital qichishish, vaginal ajralmalarning o‘zgarishi, qon ketishlar, vaginal mikoz, hayz ko‘rishdan oldingi sindrom, hayz ko‘rish siklini buzilishi, asiklik qonli ajralmalar, amenoreya, oligomenoreya, girsutizm, libidoni pasayishi, bachadon spazmlari; ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: qorinni dam bo‘lishi, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, diareya, meteorizm; endokrin buzilishlar: glyukozani o‘zlashtiraolmaslik; nafas tizimi tomonidan: hansirash; gepatobiliar tizim tomonidan: jigar funksiyasini buzilishi va jigar funksional sinamalarini buzilishi; xolestatik sariqlik; metabolik va alimentar buzilishlar: ishtahani o‘zgarishi, tana vaznini oshishi yoki kamayishi, shishlar, albuminuriya; teri va yumshoq to‘qimalar tomonidan: terida allergik ko‘rinishlar, ko‘pshaklli eritema, qichishish, eshakemi, terida toshma, akne, xloazma, alopesiya, girsutizm; umumiy buzilishlar va in‘eksiya joyida o‘zgarishlar: yuqori toliqish, xolsizlik, isitma, yuqorisezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan anafilaktik reaksiyalar; suyuqlikni ushlanib qolishi paresteziyalar; yuborish joyida o‘zgarishlar, shu jumladan og‘riq va shish; laborator ko‘rsatkichlar: plazmada lipid profili o‘zgarishlari; homilaga ta‘siri: progesteronning xaddan tashqari ko‘p miqdori ayol jinsli homilani virilizasiyasiga olib kelishi mumkin (xatto jinsni aniqlash mumkin bo‘lmagan darajagacha). Download 254.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling