Progesteron reja
Download 254.3 Kb.
|
PROGESTERON
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘llanilishi
PROGESTERON REJA: Kirish Progesteronning farmokolgik xususiyati va qo’llanilishi Progesteronning nojo’ya ta’siri Progesteron qo’llash bo’yicha maxsus ko’rsatmalar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Progesteron (lotincha: pro — avval va gestatio — homiladorlik) — urgʻochi umurtqali hayvonlar va ayollar jinsiy gormoni. Kimyoviy tabiatiga koʻra, steroid, organizmda xolesterindan sintezlanadi. Asosan, tuxumdonning sariq tanasida hosil boʻladi. Homiladorlik davrida ayol organizmida, boʻgʻozlik va urchish davrida urgʻochi hayvonlarda moddalar almashinuvini rostlab turadi. Tibbiyotda P. va uning sintetik mah-sulotlari sariq tana funksiyasi buzilganda, jinsiy aʼzolarning birorbir kamchiliklarida, bola tashlash hollarida, farzandsizlikdabuyuriladi. P. va uning tabiiy hamda sintetik analoglari umumiy nom bilan progestinlar yoki gestagenlar deb ataladi. Progesteronning farmokolgik xususiyati va qo’llanilishi Progesteron sariq tana gormonidir; follikulyar gormon tomonidan chaqirilgan bachadon shilliq qavatini proliferasiya fazasidan, sekretor fazaga o‘tishini chaqiradi, urug‘langanidan keyin esa, uni urug‘langan tuxum xujayrani rivojlanishi uchun kerakli holatga o‘tishiga yordam beradi. Shuningdek bachadan mushaklari va bachadon naylarining qo‘zg‘aluvchanligi va qisqaruvchanligini kamaytiradi, sut bezining tugal elementlarining rivojlanishini rag‘batlantiradi. Gonadotrop gormonlarning sekresiyasini kichik dozalarda rag‘batlantiradi, katta dozalarda esa susaytiradi. Aldosteron ta‘sirini tormozlaydi, bu natriy va xlorni siydik bilan chiqarilishini kuchayishiga olib keladi. Katabolik va immunodepressiv ta‘sir ko‘rsatadi. Farmakokinetikasi Mushak ichiga va teri ostiga yuborilganidan keyin tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Glyukuron kislotasi va sulfat kislotasi bilan kon‘yugatlar hosil qilib jigarda metabolizmga uchraydi. Progesteronni o‘zgarishi oqibatida hosil bo‘ladigan asosiy mahsulot biologik faol pregnandiol hisoblanadi. Pregnandiol glyukuron kislotasi bilan kon‘yugasiya bo‘lganidan so‘ng jigardan qonga, so‘ngra siydikka o‘tadi. Progesteronning kamroq qismi pregnanolol va pregnandionga aylanadi. Progesteronning siydik bilan ajralib chiqadigan barcha metabolitlari nofaol. Yarim chiqarilish davri bir necha minutni tashkil qiladi. 50-60% siydik bilan, 10% dan ko‘prog‘i – safro bilan chiqariladi. Siydik bilan chiqariladigan metabolitlarining miqdori, sariq tananing fazasiga qarab tebranadi. Qo‘llanilishi Amenoreya, bachadondan anovulyator qon ketishlari, endokrin bepushtlik, shu jumladan sariq tana yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan, homiladorlikni muddatigacha yetkazaolmaslik, oligomenoreya, algodismenoreya (gipogonadizm zaminidagi). Download 254.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling