Mavzu-4: Klimakterik va keksalik davrlarida hamshiralik parvarishi. Klimakterik sindrom. Klimakterik davrni kechishda ayol organizmida ro’y beradigan fiziologik o’zgarishlar Reja


Download 21.01 Kb.
bet1/4
Sana10.02.2023
Hajmi21.01 Kb.
#1185551
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu4


Mavzu-4: Klimakterik va keksalik davrlarida hamshiralik parvarishi. Klimakterik sindrom.Klimakterik davrni kechishda ayol organizmida ro’y beradigan
fiziologik o’zgarishlar


Reja



  • Klimakterik davr

  • Hayz siklining buzilishi

  • Nimaga klimakterik davr boshlanadi?



Klimakterik davr (yunoncha klimakter) pog‘ona, o‘tish davri degani. Bu davrda tuxumdonning funksiyasi asta-sekin so‘na boshlaydi va to‘liq to‘xtaydi. Bu davr boshidan oxirigacha 10 yil davom etadi. Ba’zi bir ayollarda klimakterik davr 45—47 yoshdan, ba’zilarida esa 50, hatto, 55 yoshdan boshlanishi mumkin.
Klimakteriya ko‘pincha hayz siklining buzilishi bilan boshlanadi. Dastlab hayz ko‘rish kamayadi, ya’ni 2—3 oy to‘xtab, so‘ngra davom qiladi, keyinchalik hayz ko‘rishda yo‘qotiladigan qon miqdori kamayadi yoki ko‘payadi yoxud hayz ko‘rish kechikadi va ayni vaqtda bunda yo‘qotiladigan qon miqdori kamayadi.
Bir necha yil davomida hayz siklining buzilishidan keyin (kechikishi, yo‘qotiladigan qon miqdorining kamayishi yoki ko‘payishi) hayz asta-sekin to‘xtashi (menopauza) mumkin. Klimakteriyaning menopauzaga bu shaklda o‘tishi, odatda, litik shakl deyiladi; kritik shaklda esa normal hayz ko‘rish to‘satdan to‘xtaydi.
Menopauza — oxirgi menstruatsiyadan keyin bir yil davomida hayz ko‘rmaslik. O‘zbekiston tug‘ish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichli region hisoblanadi. Ko‘p tug‘ish gipofizar — tuxumdon sistemasini toliqtiradi, klimakterik davrning patologik o‘tishiga olib keladi. Klimakterik sindromda ayolning jamiyatda va oilada faolligi susayadi. O‘zbekistonda aholining 51,2% ini ayollar tashkil etadi, shundan o‘rtacha 37% ayollarda klimakterik davr patologik kechadi.
Hayz siklining buzilishi. 60% hollarda gipomenstrual tipda, 32% gipermenstrual tipda, 8% hollarda bir vaqtda to‘xtaydi.
Klimakteriya jarayonining taraqqiyoti uch fazaga bo‘linadi. Birinchisi giperfollikulin faza bo‘lib, estrogenning (follikulin) ko‘p miqdorda ajralib, organizmda ko‘payishi va natijada amenoreya yoki qon ketishiga va boshqa buzilishlarga sabab bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Ikkinchi faza — oligofollikulin fazasida follikulin nihoyatda kam ajraladi va ayolda klimakteriya alomatlari yuzaga chiqa boshlaydi.
Uchinchi — poliprolan fazada esa gipofiz oldingi bo‘lagining funksiyasi oshadi va ayol organizmida ko‘p miqdorda gormonlar yig‘iladi. Tuxumdon funksiyasi so‘nadi, estrogenlar ajralmaydi, klimakteriya alomatlari, odatda, tugaydi.
Hayz butunlay to‘xtagandan va turg‘un menopauza boshlan- gandan keyin tuxumdon asta-sekin kichiklasha boradi, burishib qattiqlashadi, qon tomirlarida skleroz alomatlari ko‘rinadi; bachadon naychalari ham atrofiyaga uchraydi. Ularning to‘qimasi burishib, yupqalashadi, bo‘shlig‘i torayadi. Bachadon bo‘ynining qin qismi atrofiyalanadi. Tashqi jinsiy organlar burishib, qov va jinsiy lablar ustidagi junlar asta-sekin kamaya boradi. Klimakteriya davrida ayol organizmida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan anatomik o‘zgarishlardan tashqari, klimakteriyaning ikkinchi fazasida yana qator funksional buzilishlar yuzaga keladi. Bularga ko‘p uchraydigan va vazomotor xarakterga ega bo‘lgan buzilishlar kirib, ular yuz, bo‘yin, bosh va ko‘krakda, ba’zan esa tananing hamma joyida qon dimlanishi bilan yuzaga chiqadi. Odatda, bunday qon dimlanishidan keyin ayol ko‘p terlaydi. Ayollarda vazomotor xarakterdagi bunday buzilishlar klimakterik davrda sutkaning turli soatlarida, ayniqsa, tunda yaqqol yuzaga chiqadi. Bunda yurak faoliyati buziladi, ba’zan yurak sohasida og‘riq, shuningdek, tashvishlanish vujudga keladi, qon bosimi turg‘un bo‘lmaydi, ko‘pincha qabziyat ko‘riladi; ishtaha yo‘qoladi, jig‘ildon qaynaydi, uyqu notinch bo‘lib qoladi.
Ayollarda qon dimlanishidan ba’zan klimakterik davrda artrit, gipertoniya, diabet va boshqa xil murakkablanishlar sodir bo‘ladi. Bu xildagi kasalliklar ayolda klimakteriya davridan ilgari boshlanishi va bu davrda yanada kuchayishi mumkin. Bunday hollarda charchash, lanjlik, bosh aylanishi, quloqda g‘uvillagan tovush paydo bo‘ladi. Kompleks davolash tadbirlaridan spetsifik davolash va estrogenlar qo‘llash tavsiya etiladi.
Ko‘p ayollarda klimakteriya davrida biror o‘zgarish yuz bersa- da, bu ularning umumiy holatiga ta’sir etmaydi. Bunday hollarda bu o‘zgarishlar biroz vaqtdan so‘ng yo‘qoladi va klimakteriyaning oxirgi fazasi — turg‘un menopauza vujudga keladi. Agar klimakteriya davridagi buzilishlar intensiv xarakterga ega bo‘lsa, bunday ayollarni davolashga to‘g‘ri keladi.

Download 21.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling