Nimaga klimakterik davr boshlanadi?
Follikulalar atreziyaga uchraydi.
Ayollarda ayollar jinsiy gormoni estrogenning kamayishi kuzatiladi.
Gonadotrop gormonning ko‘p sekretsiyasiga qarshi reaktivlik susayadi yoki tugaydi, menopauza boshlanadi.
Estrogen gormonining butun organizmga ta’siri:
Jinsiy organlarga ta’siri:
follikulalar yetilishiga, bachadonning rivojlanishiga ta’sir qiladi, homiladorlik va tug‘uruqqa tayyorlaydi, hayz siklini regu- latsiya qiladi;
bachadon bo‘ynidan shilimshiq chiqishini regulatsiya qiladi, shilimshiq jinsiy aloqani yengillashtiradi;
d) ko‘krak bezlarini rivojlantiradi.
Suyakka ta’siri: suyakni mustahkamlaydi, suyakdagi alma- shinuvga ta’sir qiladi.
Qon aylanish sistemasiga ta’siri: yurak va qon tomirlar funksiyasini nazorat qiladi.
Teriga ta’siri: teri tonusini saqlab turadi.
Psixikaga ta’siri: miya hujayralarini quvvatlab turadi.
Estrogen gormoni yetishmagandan hayz siklining buzilishi,
vegetotomirlar distoniyasi (vazomotor buzilish), issiqlikning buzilishi, terlash, bosh aylanishi kuzatiladi.
Psixonevrologik o‘zgarishlar — bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, depressiya, xotiraning sustligi, siydik-tanosil organlar atrofiyasi, qarilikdagi kolpit, qindagi diskomfort, jinsiy aloqaning buzilishi, siydikni ushlab tura olmaslik holatlari ko‘p uchraydi.
Yurak-qon tomir kasalliklari: ateroskleroz, koronar kasalliklari, insult, osteoporoz umurtqa pog‘onasi, son va boshqa suyaklarning sinishi kabi asoratlarga olib keladi.
Klimakterik sindrom belgilari:
vazomotor buzilishlar;
endokrin almashinuvning buzilishlari.
Psixoemotsional buzilishlar:
kayfiyatning buzilishi;
ruhiy tushkunlik;
hayotdan zavqlanishning susayishi;
hech kimga kerak emasman, degan fikrning paydo bo‘lishi.
Endokrin almashinuvining buzilishi:
qinning quruqligi;
siydikning ko‘payishi;
tirnoqlarning mo‘rt, sinuvchan bo‘lishi;
sochlarning to‘kilishi;
osteoporoz kabi belgilar ko‘zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |