Prognozlash usullari. Trendlarni ekstrapolyatiya usuli


Download 98.2 Kb.
bet1/4
Sana24.01.2023
Hajmi98.2 Kb.
#1114230
  1   2   3   4
Bog'liq
Nazariy materiallar


23-MAVZU. PROGNOZLASH USULLARI. TRENDLARNI EKSTRAPOLYATIYA USULI


23.1. Prognozlash usullari va ularning turlari
23.2.Prognozlashda ekstrapolyastiya usullaridan foydalanish.
23.3. Ekonometrik tenglamalar tizimi yordamida prognozlash uslubiyoti.
23.4. Tarmoqli modellashtirish.


23.1. Prognozlash usullari va ularning turlari

Prognozlashtirish masshtabiga ko’ra makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy prognozlarga ajratiladi.


Tuzilish intervali bo’yicha operativ, qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Qisqa muddatli prognozda faqat miqdoriy o’zgarishlar e’tiborga olinadi. Uzoq muddatli prognoz ham miqdoriy, ham sifat o’zgarishlarga asoslangan bo’lib, o’z o’rnida o’rta muddatli va uzoq muddatli bo’lishi mumkin.
Prognozlash yo’nalishlariga ko’ra izlanishli va normativ bo’lishi mumkin. Izlanishli prognoz – agar hozirgi tendenstiyalar saqlanib qolsa iqtisodiy tizim qanday rivojlanadi?, degan savolga javob beradi. Boshqa so’z bilan aytganda tizimga ta’sir etuvchi omillar o’zgarmasa, u qanday holatga kelishi mumkin?
Normativ prognoz bo’lajak maqsadlarga erishish uchun tizimni rivojlanish yo’nalishlarini va muddatlarini aniqlaydi (belgilaydi). Maqsad qilingan holatga tizim erishish uchun, ta’sir etuvchi omillarga qanday o’zgarishlar kiritish zarur? Boshqa so’z bilan aytganda qanday qilib maqsadga erishish mumkin?
Iqtisodiy jarayonlar yoki boshqa kuzatuvlar natijasida miqdoriy ma’lumotlarga ega bo’lmagan hollarda, ya’ni hodisa yoki jarayon bo’yicha miqdoriy ma’lumotlar bo’lmasa u holda ekspertlardan foydalaniladi. Ekspertlar ma’lum bir soha bo’yicha etakchi mutaxassislar bo’lib, ular o’zlarining kompetenstiyasi doirasida u yoki bu hodisa va jarayonlar bo’yicha xulosalar ishlab chiqadilar.




22.3.-rasm. Prognozlash usullari

Ekspert (lotincha «tajribali») amalga oshiradigan ekspertiza jarayoni uch bosqichdan iborat:



  1. ekspertizaga tayyorlanish;

  2. ekspertlar bilan so’rov o’tkazish;

  3. so’rov natijalarini qayta ishlash.

Ekspertlarning o’zlari ikkinchi bosqichda qatnashadilar.
Tayyorgarlik ishi uch qismdan iborat:

  1. savol shakli va mazmunini belgilash.

  2. savollarni tuzish.

  3. ekspertlarni shaxsan tanlash va jalb etish.

So’rov shakllari: intervyu olish, muloqot, yig’ilish, g’oyalarni tanlash, o’yinlar o’tkazish, anketa tuzish va Delfi usuli.
So’roqlar individual yoki guruhlarda, yuzma-yuz va sirtdan o’tkazish mumkin.
Anketa va intervyularda savolni tanlash qiyin. Savollar ochiq yoki yopiq yoki bir necha shaklda bo’lishi mumkin. Ochik javoblar sifatli yoki erkin holda sonli ifodalar bo’ladi.
Yopiq savolga javoblar: «ha», «yo’q», «bilmayman» singari bo’ladi.
Ko’p savollar bo’lganda zarur javob chiziladi.

Download 98.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling