Progress volume 2 ǀ issue 8
Download 67.31 Kb.
|
5g-tarmog-ini-joriy-etish-bilan-bog-liq-asosiy-muammolar-tahlili
5G da bazaviy tarmoqlar5G tarmog‘ining asosiy afzalliklaridan biri aloqa liniyasining moslashuvchanligi. Bunday moslashuvchanlik, tarmoqni tarmoqning dasturiy ta’minoti va bazaviy qurilmasi vazifasi ajratiladigan, tarmoqning dasturlashtirilish darajasiga bog‘liq. Tarmoq funksiyalari virtualizatsiyasi (NFV) hisobidan amalga oshiriladigan, tarmoqni dasturlashtirish, dasturlashtirilgan parametrlarda tarmoqni tashkil etish (SDN), tarmoqni kesimga ajratish va bulutli RAN tizimi, innovatsiyalarni joriy etishni tezlashtirish va harakatlanuvchi tarmoqlarning yangilanish tempini rivojlantirishga yo‘naltirilgan [8]. NFV tayyor standart qurilmada ishlaydigan, DT ning virtuallashtirilgan nusqalaridagi, tarmoqlararo ekran, yuklamalarni tenglashtirish va marshrutizatorlar singari, maxsus qurilmalarda bajariladigan, tarmoq funksiyalarini almashtiradi va bu tarmoqni o‘zgartirish hamda modernizatsiyalashdagi bahoni pasaytiradi. SDN real vaqt rejimida tarmoq elementlarining dinamik rekonfiguratsiyasini amalga oshirishni ta’minlaydi hamda dasturiy ta’minot yordamida 5G tarmog‘ni boshqarish imkoniyatini ta’minlash bilan, tarmoqning o‘tkazuvchanglik xususiyatini va xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi. Tarmoqni kesimga ajratish har hil RAN ni va foydalanuvchilarning belgilangan segmenti uchun xizmatning bir nechta turini ta’minlaydigan fizik tarmoqni bir nechta virtual tarmoqga (mantiqiy segmentga) ajratadi va ushbu yondoshuv aloqa kanalining ancha samarali foydalanilishiga muvofiq, tarmoqning qurilishi uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi. C-RAN 5G tarmog‘ini harakatlandirish uchun o‘ta zarur bo‘lgan texnologiya. Radiotarmoqning bulutli arxitekturasiga ega bo‘lgan ushbu tizimda, harakatlanuvchi aloqaning bazaviy stansiyalaridagi signallarning bo‘lishtirilgan tarzdagi qayta ishlanishi moduli o‘rniga, markazlashtirilgan protsessor bilan moslashtirilgan virtualizatsiya texnologiyasi qo‘llaniladi va bu usul kichik sotalar asosida zich mobil tarmoqlariga sarflanadigan xarajtalrni kamaytiradi. So'nggi yillarda Telefonica Argentina, Meksika va Peruda 5G ga tayyorgarlik ko'rishda o'zining asosiy SDN/NFV tarmog'ini virtualizatsiya qilishga e'tibor qaratdi (2.1-rasm). Texnologik yangilanishlar sirasiga 5G tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan, orttirilgan spektral samaradorlikni va uzatishning yuqori tezligini ta’minlaydigan, signallarni kodlashtirish metodi kiradi. Bundan tashqari real vaqt rejimida ishlaydigan ilovalar va kechikishlarga yuqori sezuvchanglikga ega qo‘llanmalarda periferik hisoblashlar ancha ahamiyatga ega. Periferik hisoblashlar talab darajasi yuqori bo‘lgan ilova va qo‘llanmalar uchun qisqa to‘qtashlar hisobidan hisoblash imkoniyatini taqdim etish bilan, ma’lumotlarni foydalanuvchi qurilmasiga yaqinlashtiradi. Bu ma’lumotlarning to‘liq yetib borishini ta’minlash bilan birga, transport xarajatlarini kamaytiradi hamda trafik yo‘nalishini optimizatsiyalash imkoniga ega. Download 67.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling