Progress volume 2 ǀ issue 8
Download 67.31 Kb.
|
5g-tarmog-ini-joriy-etish-bilan-bog-liq-asosiy-muammolar-tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5G TARMOG‘INI JORIY ETISH BILAN BOG‘LIQ ASOSIY MUAMMOLAR TAHLILI
- 5G uchun radioulanish tarmoqlari
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 5G TARMOG‘INI JORIY ETISH BILAN BOG‘LIQ ASOSIY MUAMMOLAR TAHLILI
ANNATATSIYA Mazkur maqola, 5G tarmog’ini joriy etish bilan bog’liq asosiy muammolari va ular haqida umumiy tushunchalar va foydali yo'llar tushuntirilgan. Kalit so'zlar: Radio ulanish tarmoqlari(RAN), MIMO (kanallar ko‘pligi kirish/kanallar ko‘pligida chiqish), NFV, SDN, C-RAN. Kirish: Radiochastota spektri, tranzit ulanishlar, bazaviy tarmoqlarni va radioulanish tarmoqlarini dasturlash, 5G tarmog‘ini tarqatishning dastlabki bosqichlarida, ayniqsa yangilangan mobil kengpolosali aloqani o‘rnatishda muhim ahamiyatga ega. 5G uchun radioulanish tarmoqlariBugungi kunda amaldagi 4G mobil tarmoqlar makrosotaga asoslangan. Ammo keng geografik o‘rinni egallagan makrosotalar, 5G da qo‘llanishi zarur bo‘lgan zich tarzda qoplanishi, kechikishlar vaqtining kam bo‘lishini va yuqori o‘tkazuvchanglik xususiyatiga ega bo‘lishini ta’minlashi qiyin (1-rasm). 5G tarmog‘idan talab etiladigan, zich tarzda qoplash va yuqori o‘tkazuvchanglik xususiyatini ta’minlash uchun, simsiz aloqa operatorlari 4G radioulanish tarmoqlariga (RAN) xarajatlarni investitsiyalashmoqda, ayniqsa kichik sotalarni qoplashni, aholi zich joylashgan shahar tumanlarda amalga oshirishmoqda. Geografik joylashuv bo‘yicha kichik sotalar makrosotalarga nisbatan, katta oraliqlarni qoplamaganligi bilan ushbu sotalarda tarmoq qoplanishini ancha yaxshi yuz beradi va o‘tkazuvchanglik xususiyati va xizmat ko‘rsatish sifati ham makrosotaga nisbatan ancha yaxshi (2-rasm). 10 ms 100 ms 1000 ms Xavfli vaziyatlarda ogohlantirish eCall xizmatlari Masofaviy boshqaruv Nazorat sensorlari tarmog’i Smart Grid Real vaqtda o’yinlar Ikki tomonlama masofaviy boshqaruv Tezkor reaktsiya xizmaatlari Shaxsiy bulut Videoma’lumotlar oqimini uzatsh Virtual reallik Ko’p tomonlama video qo’ng’iroq Bulutli xizmatlar asosida simsiz ofis Statsionar xizmatlar Mavjud 4G mobil aloqa tarmoqlari yordmida taqdim qilinishi mumkin bo’lgan xizmatlar Polosa < 1 Mbit/s 1 Mbit/s 10 Mbit/s 100 Mbit/s >1 Gbit/s kengligi rasm. 5G ni qo‘llashda o‘tkazuvchanglik qobiliyati va kechikish uchun qo‘yilgan talablar Kichik sotalarni tarqatish, 4G tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik xususiyatini oshirib giga qolmasdan, 5G tarmoqlarining va yangilangan harakatlanuvchi kengpolosali aloqa xizmatlari uchun asos sifatida qo‘llaniladi. Simsiz aloqaning ba’zi operatorlari o‘tkazuvchanglik xususiyatni orttirish va o‘zlarining 4G tarmoqlarini qoplash uchun hozirda kichik sotlarani qo‘llashmoqda, ayniqsa zich shahar tuzilishida. 2-rasm. Katta va kichik sotali tarmoqlar. Kichik sotalar qo‘shimcha spektrni ajratmasdan o‘tkazuvchanlik xususiyatni orttirish imkoniga ega va bu spektr yetishmasligida hamda chastota spektrining uncha katta bo‘lmagan hajmida operatorlar uchun qulay hisoblanadi. Bundan tashqari, harakattagi 4G tarmoqlari sifatini oshirish maqsadida zich tuzilishga ega shahar tumanlarda kichik sotalarni tarqatish 5G quyiladigan yuqori talablarni va yangilangan harakatlanuvchi kengpolosali aloqa xizmatlarining dastlabki imkoniyatlarini amalga oshirishga yordam beradi. Kichik sotalar to‘liq qamtishni ta’minlaganlikdan, ularning antennalarini kucha tuzilishiga moslashgan holda o‘rnatish zarur (avtobus bekatlarida, yorug‘lik pog‘onalarida, svetoforlarda). Odatda ularning yonida operatorning radioapparaturasi, o‘z ulanish manbai va ulanish vositasi joylashgan maxsus quti joylashadi. 2-rasmda ko‘cha chirog‘i pog‘onasida o‘rnatilgan anten tizim va maxsus quti ko‘rsatilgan. 3-rasm. Kichik sotani ta’minlovchi antenna tizimi va ko‘cha shkafiga misol Keng o‘lchamli MIMO (kanallar ko‘pligi kirish/kanallar ko‘pligida chiqish) tizimlari yuzlab hattoki minglab antennalarga ega, va bu ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirib, energiyaning samarali uzatilishi uchun zarur bo‘lgan, nurning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Keng o‘lchamli MIMO tizimlari spektral samaradorlikni orttiradi hamda kichik sotalarning zich tarzda tarqatilishi hisobidan, 5G texnologiyasi tarafidan taqdim etiladigan, o‘tkazuvchanlik xususiyati imkoniyatlarini qanoatlandirishni ta’minlaydi. Download 67.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling