Project name
Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi
Download 12.24 Kb.
|
2. Topologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoq elementlari va pog’onali arxitektura
- Tarmoq topologiyalari
Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasiTarmoq arxitektura esa yuqorida ta’kidlanganidek, kompyuterlarni bog’lanishi orqali hosil qilingan tarmoqni qanday asosda qurilganini, qanday qurilmalardan foydalanilgani, qaysi protokollar ishlatilgani, tizimda qanday muhitlardan foydalanib ma’lumotlar uzatilishi yoki har bir jarayonni fizik va mantiqiy holatlarni bajarilishini pog’onalarga ajratib bajarilishi tushuniladi. Har bir tarmoq arxitekturasi belgilangan standartlar asosida yoki xech qanday standartga asoslanmagan holatda ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, kompyuter tarmoqlarini OSI etalon modeli asosida qurish bilan global miqyosida ma’lumot almashishni ta’minlash mumkin. Sababi dunyoda ko’plab mamlakatlarning kompyuter tarmoqlari ushbu etalon asosida ishlaydi. Tarmoq elementlari va pog’onali arxitekturaKompyuter tarmoqlarida tarmoq elementi - bu bir yoki bir nechta fizik qurilmalarni birlashtirgan holda boshqadigan ob’ekt hisoblanadi. Bu tarqatilgan qurilmalarni bitta boshqaruv tizimidan foydalangan holda yagona usulda boshqarishga imkon beradi. Quyidagi rasmda keltirilgan har bir qurilma tarmoq elementi bo’ladi oladi. Tarmoq topologiyalariTarmoq tushunchasi haqida 1 bo’limda qisqacha izohlangan bo’lsada, tarmoq ikki yoki unda ortiq bo’lgan tarmoq xizmatlari (matn, ovoz, video, chat va boshqa xizmatlar) foydalanuvchilari o’rtasida o’zaro ma’lumot almashish jarayonini taqdim etuvchi qurilmalar, dasturiy ilovalar, dasturiy ta’minot va uzatish muhitlarining majmuasidan tashkil topadi. Tarmoqlarning ko’p turlari mavjud bo’lib, faqat keng tarqalgan tarmoq turlariga mahalliy tarmoq (LAN) va global tarmoqlarini (WAN) misol qilib keltirish mumkin. Juda ko’p hollarda shahar tarmoqlari (MAN) ham global tarmoqlari sifatida etirof etiladi (1 bo’limga qarang). WAN tarmoqlarida kompyuterlar bir-biri bilan uzoqroq yoki global miqyosida turli operatorlarning aloqa liniyalari, radio to’lqinlari yoki boshqa ulanish vositalari orqali ulanadi. Tarmoqlar odatda uchta xususiyat ko’ra tasniflanadi: topologiya, aloqa protokollar va arxitektura. Download 12.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling