Loyihani rejalashtirish: Loyiha jadvalini rejalashtirish - Vazifalar ketma-ketligini aniqlash - Tarmoq diagrammalari - jadvallarni ishlab chiqish va tig`izlashtirish usullari - Jadvalni nazorat qilish va samaradorlikni o'lchash. Jadval boshqaruvi ahamiyati Loyiha jadvalini boshqarish vazifalar uchun bajarish muddatlarni belgilashga, resurslarni to'g'ri taqsimlashga va barcha vazifalar o'z vaqtida bajarilishini ta'minlashga yordam beradi. Loyiha jadvalini boshqarish ahamiyati - Resurslarni optimallashtirish:
Loyiha jadvalini samarali boshqarish orqali resurslarni samarali taqsimlash mumkin. Bunga inson resurslari, uskunalar va moddiy resurslar kiradi. Resurslarni to'g'ri taqsimlash qiyinchiliklarni oldini olishga, bo'sh vaqtni qisqartirishga va samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Loyiha jadvalini boshqarish ahamiyati - Jadvalni boshqarish yondashuvi loyiha menejerlariga vazifalar o'rtasidagi bog'liqliklarni aniqlash imkonini beradi. Bu vazifalar ketma-ketligini tushunishga va qaysi faoliyat boshqalarga bog'liqligini aniqlashga yordam beradi. Ushbu bog'liqliklarni boshqarish orqali yuzaga kelishi mumkin bo'lgan kechikishlar va muammolarni hal qilish mumkin.
Loyiha jadvalini boshqarish ahamiyati - Risklarni boshqarish: Jadvalni samarali boshqarish rejasi potentsial xavflarni aniqlash va favqulodda vaziyatlar rejalarini ishlab chiqishni o'z ichiga oladi. Potensial xavflarni hisobga olgan holda, loyiha menejerlari bufer vaqtini ajratishi, resurslarni taqsimlashni sozlashi va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni ta`sirini yumshatishi mumkin. Bu xavflarni yaxshiroq boshqarish imkonini beradi va kutilmagan hodisalarning loyiha muddatlariga ta'sirini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |