Prokariot hujayralarning ko'payishi Reja


Download 340.83 Kb.
bet2/4
Sana28.10.2023
Hajmi340.83 Kb.
#1729710
1   2   3   4
Bog'liq
prokariot hujayralarning ko\'payishi

Prokariot hujayra
Bakteriyalarning hayot faoliyati jarayonlari bilan bog'liq fermentlar sitoplazma bo'ylab tarqalib ketgan yoki membranalarning ichki tomoniga biriktirilgan bo'ladi.
Prokariot hujayraning tuzilishi.
Ko'pchilik mikroorganizmlarning hujayrasida zaxira moddalarpolisaxaridlar, yog'lar, polifosfatlar to'planadi. Bu moddalar, energiyaning tashqi manbalari to'xtab qolgan vaqtda almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi va hujayra hayotining davom etishiga imkon beradi.
Odatda bakteriyalar hujayrasini ikkiga bo'linishi bilan ko'payadi. Bakteriyalar sporalar hosil qilish xususiyatiga ega. Sporalar odatda ozuqa moddalari etishmaganda yoki muhitda modda almashinuv mahsulotlari ko'p to'planganda hosil bo'ladi. Sporalar bakteriya hujayrasidan hosil bo'ladi. Spora hosil bo'lish jarayoni ona hujayra sitoplazmasining bir qismining ajralishi bilan boshlanadi. Ajralgan qism xromosomaga ega bo'lib, membrana va qalin hujayra qobig'i bilan o'ralgan.
Baketriyalarning sporalari juda hayotchan bo'ladi. Quruq holatda ular hayotiylik xususiyatini yuz, hatto ming yillar davomida saqlab qoladi. Haroratning keskin o'zgarishi ham sporalarga ta'sir ko'rsatmaydi

  • Prokariotlar (bakteriyalar va arxeylar) ikkiga boʻlinish orqali jinssiz yoʻl bilan koʻpayadi. Aksariyat prokariotlar shu yoʻl bilan tez koʻpayadi.

  • Tez oʻsishi va genetik jihatdan sodda tuzilgani tufayli E. coli bakteriyasi molekulyar biologiyada keng qoʻllanadi.

  • Laboratoriya sharoitida E.coli bakteriyasiga koʻchirib oʻtkazish mumkin boʻlgan kichik, halqasimon DNK molekulasini tutuvchi gen plazmid deyiladi. Plazmidlar transformatsiya jarayoni orqali bakteriya tomonidan tutib qolinadi.

  • Transformatsiyaga uchragan E. coli bakteriyasidan koʻplab nusxadagi plazmidlarni tayyorlash uchun foydalanish mumkin. Ayrim hollarda bakteriyalar plazmid genlari ekspressiyasi orqali oqsil sintezlashi mumkin.

  • Aytaylik, sizda bitta bakteriya bor. Siz qanday qilib xuddi shunga oʻxshash koʻproq bakteriyalarni olishingiz mumkin. Va eng muhimi, siz nima maqsadda bir uyum bir xil bakteriyalar olishni xohlayapsiz?

  • Keling, oxirgi savolga qaytamiz: ayrim bakteriyalar, asosan Escherichia coli (E.coli) bakteriyasi, molekulyar biologiya laboratoriyalarida keng qoʻllanadi. U yerda ular maʼlum bir DNK molekulasining koʻplab nusxalari yoki kerakli oqsilning (masalan, diabet insonlarda qondagi qand miqdorini normaga keltiruvchi) koʻplab molekulalarini ishlab chiqaradigan kichik “zavodlar” vazifasini bajaradi. Bakteriya qancha koʻp boʻlsa, ishlab chiqariladigan DNK yoki oqsil mahsuloti ham shuncha koʻp boʻladi.

  • E. coli ning ikki xususiyati uning laboratoriyada qoʻllanishini qulaylashtiradi: uning tez koʻpayishi va klonlar yoki genetik bir xil boʻlgan bakteriyalar hosil qilishi. Keling, E. coli va boshqa prokariotlar qanday koʻpayishini qisqacha koʻrib chiqamiz. Keyin ularning biotexnologiyada qoʻllanishini tahlil qilamiz.


  • Download 340.83 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling