Prokariot hujayralarning umumiy tuzilishi


Download 0.73 Mb.
bet1/7
Sana07.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1175192
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Referat fan nomi sitologiya mavzu Eukariot va Prokariot hujayr


Murakkab tuzulishga ega bo’lgan odam tanasida yurak, jigar va boshqa ma’lum vazifalarini bajaruvchi organlari bo’lgani kabi, hujayrada ham turli xil vazifalarni bajaruvchi strukturalar mavjud. Bular organoid yoki organelle (kichik organoid) deb ataladi. Barcha tirik organizmlar hujayraning tuzilishiga ko’ra ikkita kata guruhga bo’linadi: Yadrosiz organizmlar – prokariotlar (tub ma’nosi yadrogacha “pro”-gacha, “kario”-yadro) va “yadrolilar”-eukariotlar (Eu-haqiqiy, “kario”-yadro). Prokariotlar guruhiga barcha bakteriyalar va ko’k-yashil suv o’tlari (sianobakteriyalar), eukariotlar guruhiga esa-zamburug’lar, o’simliklar va hayvonlar kiradi. Shunday qilib, hozirgi davrda hujayralar tuzilishiga ko’ra ikkita sohaga ajratilgan va tegishli ravishda ikki yirik gurux: prokariotlar va eukariotlar drb ataladi.
Prokariotlar organizmlar juda qadimgi xususiyatlarni o’zida saqlab kelmoqda: ular juda soda tuzilishga ega. Ana shu asosda ular alohida olamga ajratilgan.
Eukariot hujayralarda qo’shqavat qobig’ bilan o’ralgan yadro, murakkab tuzilishga ega bo’lgan “quvvat stansiya”lari – mitoxondriyalar; o’simliklarda bulardan tashqari yana xloroplastlar bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda “Yadroli” organizmlarning barcha hujayralari yuksak tuzilishga ega bo’lib, kislorod bilan oziqlanishga moslasjgan va shuning uchun ko’p miqdorda energiya ishlab chiqarishi mumkin.
Prokariot hujayralarning umumiy tuzilishi.
Hujayra tirik organizmlarning elementar tarkibiy, funksional va irsiy birligidir. Hujayraning tuzilishi va faoliyati to‘g‘risidagi batafsil ma'lumotlar morfologik, tibbiy-biologik fanlarni o‘zlashtirish uchun poydevor hisoblanadi. Shifokor o‘zining amaliy faoliyatida sitologik tadqiqotlardan keng foydalanadi.
Hujayralar o‘z tuzilishiga ko'ra prokariotlar va eukariotlarga bo‘linadi. Prokariot hujayralarga bakteriyalar, ko‘k-yashil suv o‘tlari kiradi. Ularda yadro taraqqiyqilmagan, faqat bitta halqasimon xromosoma mavjud.
Prokariotlar — yadrosi to’liq shakllanmagan organizmlar ya’ni, haqiqiy yadroga ega emas. Irsiy belgilar nukleotidlarda joylashgan. DNK-dezoksiribonukleinkislota halqasimon shaklda bo’ladi. Jinsiy ko’payish kuzatilmaydi. Hujayra markazi va mitotik ip bo’lmaydi. Hujayra amitoz yo’l bilan bo’linadi. Hujayrada plastida va mitoxondriyalar uchramaydi. Hujayra qobig’i murein degan moddadan tashkil topgan. Odatda xivchinli organizmlar ba’zi vakillaridagi xivchin oddiy tuzilgan. Prokariotlarning ko’pchiligi erkin azotni o’zlashtirish xususiyatiga ega.
Oziqlanish oziq moddalarning hujayra qobig’i orqali shimib olinishi bilan kechadi. Hazm qiluvchi vakuolalar bo’lmaydi, ba’zan gazli vakuolalar uchraydi. Bakteriyalar va ko’k-yashil suv o’tlari prokariotlar hisoblanadi.





Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling