Prokariotlarning sistematikasi
Download 158,29 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqмикроорганизмлар
Aerob grammanfiy kokklar va tayoqchalar. Bu guruh vakillari 7 ta oilaga
mansub bo'lib, shundan 3 tasi tuproqning hosildorligini oshirishda amaliy ahamiyatga ega. Psevdomonadalar tabiatda juda keng tarqalgan, ba'zi vakillari nitratlarni erkin azotgacha qaytara oladilar. Azotobacteriaceae oilasi vakillari tayoqchasimon, kokksimon hujayralarga ega bo'lib, harakatchan, spora hosil qilmaydi, erkin azotni o'zlashtira oladi. Rhizobiaceae oilasi vakillari tayoqcha ko'rinishida, spora hosil qilmaydi, boshoqdoshlar ildizida tuganaklar hosil qiladi, o'simHklar bilan simbioz holda yashab, erkin azotni o'zlashtiradi. Agrobacterium avlodi har xil o'simlik ildizlarida shish hosil qiladi va vakillari fitopatogen bakteriyalarga kiradi. Methylcoccaceae oilasi ikki avlodni Methyiococcus va Methylo-monas ni o'z ichiga oladi. Bu avlod vakillari kokk va tayoqcha shaklida boiib, ular uchun energiya manbayi bo'lib metan va metanol xizmat qiladi. Acetobacteriacaea oilasi Acetobacter va Gluconobacter avlod-laridan tashkil topgan bo'lib, bu avlod vakillari ctil spirtini sirka kislotagacha oksidlaydi. Fakultativ anaerob, grammanfiy tayoqchalar bu guruh vakillari Enierobacteriaceaeva Vibrionaceae oilalariga mansub bo'lib, odam va hayvonlarda yuqumli kasalliklarni qo'zg'atadi. Bular Esherihia, Potobacterium, Salmonella, Shigella, Ervinia va boshqa avlodlarni o'z ichiga oladi. Ba'zi vakillari odam va hayvonlarda kasallik qo'z-g'atsa, ba'zilari tuproqda, suvda yoki epifit holida uchraydi. Vibrionaceae oilasi Vibrio, Aeromonas, Plesimonas kabi bir necha avlodlarni o'z ichiga oladi. Ular chuchuk va dengiz suvlarida, baliq va odam organizmida uchraydi, ular orasida kasallik qo'zg'a-tuvchilari ham bor. Anaerob, grammanfiy, bukilgan va spiral tayoqchalar guruhi vakillari to'g'ri, bukilgan va spiral tayoqchalardan iborat bo'lib, Bacterojdaceae oilasiga mansub, odam va hayvonlarning oshqozon-ichak yo'ilarida uchrab, ba'zan oshqozon-ichak yo'ilarida kasallik qo'zg'atishi rnumkin. Sut emizuvchilarning oshqozon-ichak yo'ilarida Selenomonas avlodiga mansub bakteriyalar uchraydi. Ular-ning shakllari yarim oysimon, harakatchan, uglevodlarni sirka, propion kislota, sut kislota, C0 2 gacha bijg'itadilar. Grammanfiy, xemolitotrof bakteriyalar ikki oila va 15 ta avloddan iborat. Nitrobacteriaceae oilasi vakillari tayoqchasimon, ellipssimon, sharsimon, spiralsimon ko'rinishlarda bo'lib, spora hosil qilmaydi. Harakatchan va harakatsiz vakillarga ega. Xemolitotrof vakillari obligat holda uchraydi. Ular energiyani ammiak yoki nitratlarning oksidlanishidan oladi. Tuproqda, suv havzalarida, dengiz va okean suvlarida ko'proq tarqalgan. Nitrosospira, Nitrosococcus, Nitroso lobus, Nitrospira, Nitrococcus kabi vakillari ammiakni nitritgacha oksidlaydi. Siderocapsaceae oilasi vakillari kapsula bilan qoplangan bo'lib, tavoqcha, sharsimon, ellipssimon hujayralardan iborat. Bu oila vakillari temir oksidini to'plash xususiyatiga ega. Ular oksidlarni kapsula ustida, kapsuladan tashqarida yoki kapsulaning o'zida to'playdilar. Bu oila vakillari xemoroorganotroflar hisoblanib, kis-lorodli muhitni yoqtiradi va temir moddalari bor suvlarda ko'proq tarqalgan. Myxobacteriales va Cytophagales tartibga kiruvchi bakteriyalar sirpanuvchi bakteriyalar deb nomlanadi. Myxobacteriales tarkibiga meva tana hosil qiluvchi bir hujayrali miksobakteriyalar kiradi. Download 158,29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling