Prokurorning sudda ishtiroki
Reja:
Sudlarda jinoyat ishlari ko`rilishida prokurorning ishtiroki.
Sudlarda ma`muriy ishlarning ko`rilishida prokurorning ishtiroki.
Sudlarda fuqarolik ishlari ko`rilishida prokurorning ishtiroki.
Sudlarda iqtisodiy ishlar ko`rilishida prokurorning ishtiroki.
Sudlarda jinoyat ishlari ko`rilishida prokurorning ishtiroki.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 409-moddasida sud muhokamasida prokurorning ishtirok etish asoslari belgilab berilgan. Unda ko‘rsatilishicha, «Prokuror birinchi instansiya sudlarida jinoyatlarga doir ishlarni ko‘rishda ishtirok etib, davlat ayblovini quvvatlaydi, dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, sudlanuvchilarga, jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar va sudga taklif etilgan boshqa shaxslarga savollar beradi. Jinoyat kodeksining normalarini qo‘llash, sudlanuvchining harakatlarini tavsiflash, unga jazo to‘rini va me’yorini tayinlash to‘g‘risida hamda sud hal etishi lozim bo‘lgan boshqa masalalar yuzasidan o‘z fikrini bayon qiladi, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar haqida hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar hususida o‘z fikrini bildiradi».
Prokuratura to‘g‘risidagi qonunining (yangi tahriri) 33-moddasida sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rilishida prokuror ishtirok etishi shart qilib qo‘yilgan.Unda ko‘rsatilishicha, «Fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo‘li bilan samarali himoya qilinishini ta’minlash maqsadida barcha instansiya sudlarida ishlar ko‘rilayotganda prokuror qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi.
Prokuror sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilayotganda davlat ayblovini quvvatlaydi.
Prokuror sudda dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, qonunning qo‘llanishi hususida o‘z fikrini bildiradi.
Ishlar sudlarda ko‘rilayotganda ishtirok etayotgan prokurorning vakolatlari protsessual qonunlar bilan belgilanadi.
Prokuror sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalanib, sudyalarning mustaqilligi hamda protsessual qonun hujjatlari normalariga qat’iy rioya etish prinsipiga amal qilishi shart».
Do'stlaringiz bilan baham: |