7-BO‘LIM. PROMO-AKSIYASINI BEKOR QILISH VA O‘ZGARTIRISH KIRITISH
Agar ayrim sabablarga ko‘ra Aksiyaning biron bir yo‘nalishi rejalashtirilgan tarzda amalga oshirilmasa, shu jumladan kompyuter viruslarini yuqtirish, uyali aloqa tarmog'idagi nosozliklar, nuqsonlar, ruxsatsiz aralashuv, qalbakilashtirish, texnik muammolar yoki buzib tashlagan Tashkilotchi nazoratidan tashqari bo‘lgan Aktsiyaning yuritilishi, xavfsizligi, halolligi, yaxlitligi yoki to‘g‘ri o‘tkazilishiga ta’sir qiladigan har qanday sabab Promo-aksiyani O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki Tashkilotchi tanlagan har qanday belgilangan mintaqada va/yoki aholi punktida (shahar, qishloq va boshqalar) qisman yoki to‘liq bekor qilish, uni to‘xtatish, yangilanish yoki davom ettirish, shuningdek mazkur Rasmiy Qoidalarga o‘zi maqsadga muvofiq deb topgan o‘zgartirishlarni istalgan paytda kiritish huquqini o‘zida qoldiradi.
Tashkilotchi o‘z xohishiga ko‘ra o‘zi tanlagan milliy gazetada yoki Veb-saytda e’lon berish (“E’lon”) yo‘li bilan shunday o‘zgarishlar kiritilgani haqida Ishtirokchilarni xabardor qilish huquqiga ega. Promo-aksiya va mazkur Rasmiy Qoidalar bekor qilingani, to‘xtatilgani, yangilanish yoki o‘zgartirilgani haqida iste’molchilarni xabardor qilish uchun shunday E’lonni chop etishning o‘zi yetarli bo‘ladi.
8-BO‘LIM. “THE COCA-COLA COMPANY” SAVDO BELGILARI
Hech nima Mazkur Rasmiy Qoidalarda Ishtirokchiga biror-bir egalik huquqi taqdim etiladigan yoki u yuqorida ko‘rsatilgan “The Coca-Cola Company” savdo belgilaridan foydalanish asosida daromad oladi degan tarzda talqin qilinmasligi kerak. Na Rasmiy qoidalarda ko‘rsatilgan bandlar, na Promo-aksiyasida qatnashish hech bir Ishtirokchiga marketing yoki reklama maqsadlarida hamda Promo-aksiyasiga taalluqli bo‘lmagan boshqa har qanday maqsadlarda (“The Coca-Cola Company”ning oldindan beradigan yozma roziligisiz) “The Coca-Cola Company” va Tashkilotchining nomi, logotipi, savdo belgilari yoki mualliflik huquqlaridan foydalanish yoki ularni eslatib o‘tish huquqini bermaydi. Ishtirokchi “The Coca-Cola Company” savdo belgilarining va “The Coca-Cola Company” ga bo‘lgan mulk huquqining haqiqiyligini tan oladi va uni hech qachon shubha ostiga qo‘ymaydi.
Ishtirokchi “The Coca-Cola Company” savdo belgisiga bo‘lgan huquqlarga doir Rasmiy qoidalar bandlarini buzgan taqdirda, boshqa har qanday hududda faoliyat ko‘rsatuvchi, “The Coca-Cola Company” savdo belgilariga ega Tashkilotchi va/yoki “The Coca-Cola Company” va/yoki boshqa vakolatli ishlab chiqaruvchi va/yoki tovarlar distribyutori yuqorida ko‘rsatilgan qoidabuzarlik munosabati bilan ko‘rgan barcha zararni qoplashni Ishtirokchidan talab qilishi, Ishtirokchi esa Tashkilotchining birinchi talabi bilan ularni qoplashi zarur.
Mazkur 9-Bo‘lim Promo-aksiyaning muddati tugagandan keyin ham amal qiladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |