Promoted content почему турки ненавидят Хюррем? Есть веская причина


Download 9.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi9.5 Kb.
#1576548
Bog'liq
O\'quvchiga tasnifnoma

PROMOTED CONTENT

Почему турки ненавидят Хюррем? Есть веская причина
RadarMedia

Муж снял жену на скрытую камеру: увиденное шокировало его


RadarMedia

Bog'in og'rig'i? Mana oddiy yechim Uy vositasi! Kafolat!


Sustaflex

Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo’nalishi 4-bosqich 404-guruh talabasi Asatulloyev Temur tomonidan Denov tumanidagi 19-umumiy o’rta ta’lim maktabining 10-”B”sinf o’quvchilariga

T A V S I F N O M A
10 – “B” sinfda 30 nafar o’quvchi bo’lib, shulardan 15 nafarini qiz bolalar, 15 nafarini esa o’g’il bolalar tashkil etadi. Sinf o’quvchilarining barchasi tetik va sog’lom, uy sharoitida o’qiydigani yo’q. O’quvchilar bir-birlari bilan ahil va inoq. Tartib intizomlari yaxshi. Sinfda a’lo baholarga o’qiydigan o’quvchilar ko’pchilikni tashkil etadi. Sinfimizda bo’sh o’zlashtiradigan o’quvchilar ham bor, ular bilan ishlashda sinf faollari yaqindan yordam beradi. O’quvchilarning kimyo faniga qiziqishini rivojlantirish uchun sinfda “Yosh biologlar “ to’garagi tashkil etilgan. Barcha o’quvchilar to’garakka a’zo bo’lgan. Haftaning har chorshanba kuni 13:00 da to’garak o’tiladi.
Sinf rahbari Aliqulova Rohat opaning biologiya fanidan “Yosh biologlar” nomli to’garagi tashkil qilingan. Biologiya fanidan oqsillar va nuklein kislotalar, aminokislotalar haqida chuqur bilim uyg’otish uchun haftada ikki marta bu to’garak o’tiladi.

O’quvchilar maktabdan tashqari turli to’garaklarga a’zo bo’lgan.

Bu to’garaklar o’quvchilarni har tomonlama yetuk bo’lib o’sishiga yordam beradi, bulardan o’g’il bolalar (qo’l jangi, karate), qizlar esa (yengil atletika, raqs va to’qish) to’garaklariga qatnashishadilar.

O’quvchilarning tartib – intizomi, o’zlashtirishlari, toza – ozodaligi o’qituvchilar tomonidan nazorat qilib boriladi va tartibsizlarga o’qituvchilar tomonidan chora ko’riladi. Men ishonamanki, 10-“B” sinf o’quvchilari maktab ma’muriyati ishonchini oqlaydi.


Amaliyotchi talaba: ______________ Asatulloyev T Sinf rahbari: ___________ Aliqulova R
Denov tuman 19- umumiy o’rta ta’lim maktabining 10-“B” sinf o’quvchisi G'aznayeva Sitoragaga pedagogik- psixologik

T A V S I F N O M A


G'aznayeva Sitoraga 2003-yil 18-fevral kuni Denov tumani Navro'z mahallasida tug’ilgan. Millati o’zbek. Ayni paytda Sho'rch tumani Navro'z mahallasida istiqomat qiladi. Oilada ikkinchi farzand. Tabiatan chiroyli, sho’x, hamma narsaga qiziquvchan, ma’suliyatli beg’ubor qiz. Maktabga 2010-yilda birinchi sinfga qabul qilingan. Sinfda eng a’lochi o’quchilardan biri. Barcha fanlarni yaxshi o’zlashtiradi. Berilgan savollarga juda tez javob beradi. Zehni judayam o’tkir boshqa o’quvchilardan ziyrakligi bilan ajralib turadi. Yozuvi juda chiroyli, o’zini tutishi, kiyinish madaniyati qoidalariga doim rioya qiladi. Jamoa bilan o’tkaziladigan o’yinlar tadbirlarda faol ishtirok etadi. Shuning uchun sinfdagi barcha bolalar bilan juda ahil. Shaxsga xos psixik xususiyatlari (aql, idrok, xotira, tafakkur, hayol)ga ega. Tengdoshlari bilan normal rivojlanishda. diqqati, kuch ko’lami keng, irodasi kuchli. Bir ishni boshlasa albatta oxiriga yetkazmasdan qo’ymaydi. U sportning basketbol turiga qiziqadi va qatnashadi.

Oilaviy muhitiga ko’ra tarbiyasi, kiyinishi, o’qishi qattiq nazorat qilinadi. Otasi tadbirkor, onasi uy bekasi. Qiziga ota ham ona ham birdek vaqt ajratadi ular judayam e’tiborli. Mahallasida ham boshqa tengdoshlaridan ajralib turadi. Aniq fanlarga qiziqish va qobiliyati juda kuchli. Kelajakda o’qituvchi bo’lmoqchi. Kelajakda undan tajribali o’qituvchi chiqishiga ishonaman.



Amaliyotchi talaba: ______________ Asatulloyev T

Sinf rahbari: ___________ Aliqulova R
Download 9.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling