Modda qizdirilganda o‘z shaklini o‘zgartirib, sovitilganda o‘sha shaklni saqlab qolish xossasi termoplastiklik deb ataladi. Polietilen juda qattiq qizdirilganda parchalanib ketadi. Polipropilen (uning ayrim ko‘rinishlari) polietilendan yuqoriroq haroratda suyuqlanishi (160-1800 C da suyuqlanadi) va yuqori mustahkamligi bilan farq qiladi. Polimerlarning kimyoviy xossalari Polietilen va polipropilen to‘yingan uglevodorod xossalariga ega. Bu polimerlar odatdagi sharoitda sulfat kislota bilan ham, ishqorlar bilan ham reaksiyaga kirishmaydi. Konsentrlangan (tutovchi) nitrat kislota, ayniqsa qizdirilganda polietilenni parchalab yuboradi. Bu polimerlar bromli suvni va kaliy permanganat eritmasini, hatto qizdirilganda ham rangsiz holatga keltirmaydi. Polimerlarning ishlatilishi Polietilen va polipropilen kimyoviy jihatdan barqaror, mexanik jihatdan mustahkam moddalar bo‘lgani uchun sanoatning turli sohalarida uskunalar yasash uchun keng qo‘llaniladi. Ular yuqori izolyatsiya xossalariga ega. Polietilen va polipropilen yupqa qavat holatda ultrabinafsha nurlarini yaxshi o‘tkazadi. Bu materiallardan yasalgan pardalar parnik va issiqxonalarda oyna o‘rnida ishlatiladi. Mavzuga doir test savollari 1. Yuqori molekulyar birikmalar kelib chiqishiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi? A) tabiiy, sintetik va sun’iy B) tabiiy va sun’iy D) tabiiy, sintetik Mavzuga doir test savollari. 2. Tabiiy yuqori molekulyar birikmalarni ko‘rsating: 1) polistirol 2) selluloza 3) oqsillar 4) polietilen 5) kraxmal 6) butadiyenstirol kauchugi 7) nuklein kislotalar A) 2,3,5 B) 1,4,5,7 C) 2,3,5,7 D) 2,3,4,7 Mavzuga doir test savollari 3. Molekulyar og‘irligi 140 000 gr/mol ga teng bo‘lgan polietilenning polimerlanish darajasini toping. A) 100 B) 500 C) 1000 D) 5000 Berilgan: M = 140 000 gr/mol m = Mr( C2H4)= 28 gr/mol n = ? Yechimi: Formula: n= M/m n= 140000: 28= 500 Demak, jarayonda 500 molekula etilen qatnashgan. To‘g‘ri javob: B) 500 Mustaqil bajarish uchun topshiriq Darslikning 35-mavzusi 145-146-sahifalarini o‘qish.
Do'stlaringiz bilan baham: |