Protokol – bu qoida va amallar to‘plami bo‘lib, aloqa olib borish tartibini boshqaradi. Tabiiyki, axborot almashinuvida qatnashayotgan hamma kompyuterlar bir XIL protokol bilan ishlashi kerak


Download 371.99 Kb.
bet2/7
Sana06.05.2023
Hajmi371.99 Kb.
#1434697
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Protokol

Tarmoq protokollari – manzillash, yo‘naltirish, xatoliklarni tekshirish va qayta uzatish so‘rovlarini boshqaradi. Ularni ko‘p ishlatiladiganlari quyidagilar:

  • IP (Internet Protocol) – axborot uzatish uchun TCP/ IP – protokoli;

  • IPX (Internet WorkPacket Exchange) – paketlarni uzatish va yo‘naltirish uchun mo‘ljallangan Net Ware firma protokoli;

  • NW Link – IPX/SPX protokollari Microsoft firmasining tadbiqi;

  • Net BEUI – transpotr protokoli – u axborotlarni tegishli vaqtda uzatish va Net BIOS ilovasi.

.

TCP/IP
TCP/IP protokol steklari (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) bugungi kunda eng ko‘p tarqalgan va fundamentaldir.
TCP (Transmission Control Protocol) – transport protokoli, TCP/IP protokollar stekidan foydalanib tarmoqda axborotlarni uzatishni boshqarish uchun xizmat qiladi.
IP (Internet Protocol) tarmoq bosqich protokoli, turli tarmoqdan iborat bo‘lgan tarmoqlarda axborotlarni yetkazish uchun transport protokollarining biridan foydalanadi, masalan, TCP yoki UDP.
IPX/SPS
IPX/SPS (Internetwork Packet Exchange/Seguenced Packet Exchange) protokollar steki Novell kompaniyasining loyihasi va mulkidir. U Novell Net Ware operatsion tizimiuchun mo‘ljallab yaratilgan, u tizim yaqin kungacha server operatsion tizimlari o‘rtasida etakchi o‘rinlardan birida edi.
Net BIOS/SMB
Yetarli darajada taniqli protokol steki bo‘lib, uni IBM va Microsoft kompaniyalari loyihalashtirgan va shu kompaniyalar mahsulotida foydalanish ko‘zda tutilgan. TCP/IP kabi NetBIOS/SMB stek protokollari fizik kanal bosqichida Ethernet, Token-Ring kabi va boshqa standart protokollar ishlaydi. NetBIOS o‘tgan asrning 80-yillarida yaratilgan bo‘lib lekin tez orada ancha yaxshilangan NetBEUI (NetBIOS Extended User Interface) protokol bilan almashtiriladi, u 200 tagacha komp’yuteri bo‘lgan tarmoqlarda juda samarali axborot almashinuvini tashkil qilish imkonini yaratildi.
HTTP
Bu protokol protokollar orasida eng ko‘p ishlatiladigani bo‘lib, u bilan millionlab foydalanuvchilar Internetda dunyo bo‘yicha har kuni ishlaydilar.

Download 371.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling