Protsessi ekan


Eynshteyn formulasi. Yorug’lik kvantlari gipotezasi


Download 68.94 Kb.
bet6/6
Sana19.06.2023
Hajmi68.94 Kb.
#1610882
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
arjumanbonu

1.2.Eynshteyn formulasi. Yorug’lik kvantlari gipotezasi
Yuqorida tilga olingan qonun tajribada sifat jihatidan aniqlangan davrdayoq Eynshteyn 1905-yil yorug’lik ta’sirida ozod bo’lgan elektron oladigan energiya bilan bu yorug’lik chastotasi o’rtasidagi miqdoriy bog’lanishni nazariy tomondan asoslab berdi. Eynshteyn nazaryasiga muofiq fotoeffekt qonuni quyidagi ko’rinishda yozilishi kerak
= m2m+P=eV+P=hv
Bu yerda h=6,610-34Jc-kvantlar nazaryasining Plank taklif qilgan doimiysi
Eynshteynning fikricha elektron olgan butun energiya unga yorug’lik tomonidan ma’lum hv porsiya sifatida keltiriladi va uni elektron butunlay o’zgartiradi; bu porsiyaning kattaligi yorug’lik chastotasiga bog’liq bo’ladi(yorug’lik kvanti).Shunday qilib elektron katod moddasining atomlaridan energiya olmaydi, natijada moddaning tabiatga  enargiyani aniqlashda hech qanday ahamiyatga ega bo’lmaydi.
Kvantning energiyasi elektronlarning issiqlik energiyasi kop marta katta va shu sababli temperaturasini o’zgarishi chiqayotgan elektronlarning tezliklariga juda kam ta’sir ko’rsatishi kerak (haqiqatan ham fotoeffekt bo’yicha oxirgi yo’llarda o’tkazilgan tajribalarda shunday zaif ta’sir bor ekanligi aniqlandi).
16
Eynshteyn nazariyasida foydalanib to’yinish fototoki kuchining yorug’lik oqimiga proporsional bo’lish sababini ham tushintirish qiyin emas. Haqiqatan ham, yorug’lik oqimi vaqt birligida sirtga tushayotgan yorug’lik kvantlarining miqdori bilan aniqlanadi, sirtdan chiqayotgan elektronlarning soni esa tushayotgan kvantlarning kam qismigina o’z energiyasini ayrim elektronlarga beradi, qolgan kvantlar o’z energiyasini butun metallni qizdirishga sarflaydi.
Eynshteynning nazariy formulasi o’n yildan so’ng (1916-yil) Milliken tajribalarida ajoyib ravishda tasdiqlandi. Milliken tomonidan bundan oldingi reajadagi sxemani turli eksperimental ehtiyotkorlik choralarini ko’rish (metall sirtini vakuumda tozalab turish, apparaturaning turli qismlari o’rtasidagi kontakt potensiallar farqini hisobga olish va hokazolar) natijasida murakkablashtirib o’tkazilgan o’lchashlar bir necha metallarda V bilan  o’rtasida qat’iy chiziqli bog’lanish bor ekanligini ko’rsatdi (7-rasm). O’rganilgan bir necha metallar (Na, Mg, Al, Cu) uchun chizilgan to’g’ri chiziqlarning og’ish burchagini hisoblab, h doimiyning qiymati aniqlangan edi. O’lchash natijasida topilgan o’rta qiymat h=6.6710-34 Js bo’lib, boshqa tur tajribalarda aniqlangan qiymatlar bilan bir xil bo’ldi.
Keyinchalik, bu usul yaxshilanib, yanada aniqroq qiymatlar topildi (h=6.6710-34Js, P. I. Lukirskiy, 1928-yil, sferik kondensator usuli)

17
Download 68.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling