Protsessi ekan
Download 68.94 Kb.
|
arjumanbonu
KIRISH Yorug’lik moddaga ta’sir qilganda yorug’lik to’lqinining energiyasi moddaga beriladi, natijada turli effektlar yuz berishi mumkin. Shunday qilib birlamchi protsess yorug’likning yutilish protsessi ekan. Yorug’likning yutilgan energiyasi eng umumiy va eng ko’p bo’ladigan holda issiqlikka aylanib, yorug’likni yutayotgan jismning temperaturasini biroz ko’taradi. Lekin ko’pincha yorug’lik energiyasining bir qismigina issiqlikka aylanib, qolgan qismi esa boshqacha o’zgarib, yorug’likning biror ta’sirlarini vujudg keltiradi. Bu kurs ishi boshida biz yorug’lik ta’sir qilayotgan jismning o’zi yorug’lik manbaiga aylanib, o’zidan xususiy yoki majburiy chastotali nur chiqardigan hollarni o’rganmaymiz. Bunday protsesslarning bir qismi (majburiy chastotali nurlanish) yorug’likning sochilishi mavzusidan ma’lum. Bu mavzu bo’yicha biz bu kurs ishida yorug’lik energiyasining elektronlarning mexanik energiyasiga (fotoeffekt va Kompton effekti) yoki yorug’likni yutayotgan butun sistemaning mexanik energiyasiga (yorug’likning bosimi) aylanish protsesslarini, shuningdek, yorug’likning turli kimyoviy ta’sirlarini (fotokimyo, fotografiya, fiziologik optika) ko’rib chiqamiz. Yorug’likning moddaga ko’rsatadigan ta’siri bilinadigan turli hodisalar orasida fotoelektr effekti, ya’ni yorug’lik ta’sirida moddaning elektronlar chiqarishi muhim o’rin egallaydi. Bu hodisani analiz qilish yorug’lik kvantlari haqidagi tasavvurni yaratdi va hozirgi zamondagi nazariy tasavvurlarning rivojlanishida juda muhim rol o’ynaydi. Bundan tashqari, fotoelektr effekti fotoelementlarda qo’llaniladi, fotoelementlar esa fan va tehnikaning turli sohalarida keng qo’llanilayotir va kelajagi bundan ham porloq. Fotoeffektning kashf etilishi tarixini 1887-yildan boshlagan ma’qul, chunki o’sha yili Gerts kuchlanish berilgan uchqun oralig’ining elektrodalarini ultrabinafsha nur bilan yoritganda uchqun chiqishi osonlashganini kuzatgan. 3
T transformator va C kondensatordan tashkil topgan sxemada uchqun qiyinlik bilan (bir minutda bir yoki ikki uchqun) chiqsin. 1-rasm. Gerts tajribasining sxemasi. Agar toza ruxdan F elektrodlarni Hg simob lampasining nuribilan yoritsak, kondensatorning razryadlanishi yengillashadi: agar transformatorning quvvati C kondensatorni tez zaryadlash uchun yetarli bo’lsa, uchqun tez-tez chiqib turadi. Lampa bilan F elektrodlar orasiga G shisha plastinka qo’yib, ultrabinafsha nurlarning yo’lini to’ssak, hodisa yuz bermay qo’yadi. Galvaks, A. G. Stoletev va boshqa tadqiqotchilarning sistemali tekshirishlari (1888-yil) natijasida shu narsa aniqlanadiki, Gertsning tajribasida elektrodlarga yorug’lik ta’sir etishi natijasida zaryadlar ozod bo’ladi. Elektrodlar o’rtasidagi elektr maydoniga tushganda bu zaryadlar tezlashadi, atrofdagi gazni ionlashtiradi va uchqun chiqishiga sababchi bo’ladi. A. G. Stoletev fotoeffektga oid tajribalar o’tkazganda birinchi bo’lib elektrodlarga kichik potensiallar farqini bergan. “1888-yilning boshida, -deb yozadi Stoletev, - Gerts, Videman va Ebert Galvaksning nurlarning yuqori kuchlanishli elektr razryadlariga ko’rsatadigan ta’siriga bag’ishlangan tajribalarini takrorlayotib, men zaif potensialli elektr maydonida bunday hodisa bo’lish-bo’lmasligini tekshirib ko’rmoqchi bo’ldim… 4 Mening urinishim kutilgandan ham a’lo natija berdi”. Tajribalarning Stoletev ishlatgan sxemasi 2-rasmda ko’rsatilgan. Stoletev tekshirishlarning hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan asosiy natijalari quyidagi xulosalardan iborat: 1) Jism yutayotgan ultrabinafsha nurlar eng kuchli ta’sir ko’rsatadi (“spektrda bunday nurlar qancha ko’p bo’lsa, ta’sir shunchalik katta bo’ladi”). 2) Fototokning kuchi jismning yoritilganligiga proporsionaldir (“boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda nurlarning razryadlovchi ta’siri razryadlanadigan sirtga tushayotgan aktiv nurlarning energiyasiga proporsionaldir”). 3) Yorug’lik ta’sirida manfiy zaryadlar ajralib chiqadi (“nurlarning ta’siri qat’iy unipolyar bo’lib, nurlar musbat zaryadlarni olib ketmaydi; ehtimol, neytral jismlarning nur tushishidan zaryadlangandek bo’lib ko’rinishiga mana shu narsa sababchi bo’lsa kerak”). Download 68.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling