2-rasm. Stoletevning fotoeffektni kuzatish yuzasidan o’tkazgan tajribalarning sxemasi.
Bu yerdagi elektr zanjiri elementlar batareyasi va musbat zaryadlangan plastinkasi simdan to’r shaklida qilib yasalgan C kondensatordan iborat. Yorug’lik nuri sim elektrodning teshiklaridan o’tib, manfiy zaryadlangan zarraga tushadi. Fototok G galvanometrda o’lchanadi.
5
Masalan, elektroskopga ulanib, manfiy zaryadlangan rux plastinka ultrabinafsha nurlar bilan yoritilsa, elektoskop tez zaruadsizlantiriladi: biroq musbat zaryadlangan xuddi o’sha plastinka yoritilganligiga qaramay o’z zaryadini yo’qotmaydi. Diqqat bilan kuzatilganda (juda sezgir elektroskop) zaryadlanmagan plastinka yoritish natijasida musbat zaryadlanishini, ya’ni dastlab o’zining musbat zaryadini neytrallab turgan manfiy zaryadlarining bir qismini yo’qotishini sezish mumkin.
Bir necha yildan keyin (1898-yilda) Lenard va Tomson ajralib chiqayotgan zaryadlarning elektr va magnit maydonlarida burilishiga qarab e/m ni o’lchadilar. Bu o’lchashlaridan ning qiymati 1,76107 SGSM ga teng ekani topildi, shunday qilib, yorug’lik ta’sirida ajralib chiqayotgan manfiy zaryadlar elektronlar ekanligi isbotlandi.
6
1.1.Fotoeffekt tarixi. Fotoeffekt qonunlari
Klassik fizikaning yakunlanishi
XIX asr oxiriga kelib ko’pchilik fizikaning rivojlanishi tugadi deb hisoblay boshladi. Bunga quyidagilar sabab bo’ldi:
1. 200 yildan ortiq mexanika qonunlari, butun olam tortishish qonuni ustuvor bo’lib keldi;
2. Molekular-kinetik nazariya ishlab chiqildi;
3. Termodinamika o’zini tiklab oldi;
4. Maksvellning elektromagnit nazariyasi yakunlandi;
5. Energiyaning saqlanish qonunlari (energiya, impuls, massa, elektr zaryadi) ochildi.
XX asrdagi fizik muammolar.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida:
X-nurlar (V. Reentgenning roentgen nurlari), radioktivlik hodisalari (Bekkerl), elektron (J. Tomson) kashf qilindi.
Klassik fizika bu hodisalarni tushintirib bera olmas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |