Protsessi ekan


Download 68.94 Kb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi68.94 Kb.
#1610882
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
arjumanbonu

11
max=eU (1)
munosabatdan topish mumkin. Elektrodlarni eng qulay joylashtirganda ham fototok qiymati birdan nolga tushmasdan, balki asta-sekin nolgacha pasayishi kuzatilar ekan. Demak, elektronlar energiyasi turlicha ekan, deyish mumkin. Òezligi kichik bo‘lgan elektronlar kichikroq yopuvchi potensialda ushlansa, tezliklari katta bo‘lgan elektronlarni to‘xtatish uchun kattaroq yopuvchi potensial berish lozim. Ushbu xulosalardan (1) formulaningmuhim fizik ahamiyatga ega ekanligi kelib chiqadi. Birinchi navbatda, (1) ifoda orqali aniqlanadigan tezlik yorug‘lik ta’sirida elektronlar oladigan tezlikdir. Ikkinchidan, moddadan uchib chiqayotgan elektronlar energiyasi miqdor jihatdan roppa-rosa yorug‘lik energiyasiga teng deb bo‘lmaydi. Chunki, yorug‘lik, masalan, metal sirtiga tushganda o‘z energiyasini kristalldagi erkin elektronlarga uzatadi, elektronlar o‘z navbatida, sirtdan chiqish uchun ma’lum
energiyani yo‘qotadi. Yo‘qotilgan energiya metalldan elektronlarning chiqish ishi uchun sarf bo‘ladi.
Elektronning moddadan chiqish ishini A desak, moddaga tushayotgan yorug‘lik (kvant) energiyasi E ni energiyaning saqlanish qonuniga binoan quyidagi munosabatdan aniqlash mumkin:
E= max+A (2)
Fotoeffekt hodisasida elektron oladigan eng katta energiyani (2) ifodadan aniqlash mumkin.
Fotoeffekt qonunlari

  1. To’yinish toki. Fototok kuchini o’rganishda Stoletovning sxemasiga o’xshash sxema qo’llaniladi (5-rasm). Bu sxemada P-yoritiladigan metal plastinka, N-G galvanometer orqali B batareyaning mos qutbiga ulangan ikkinchi plastinka.

12

  1. Yorug’lik ta’sirida B plastinkadan chiqayotgan elektronlar B batareyaning ta’sirida N plastinka tomonga harakat qiladi va similar orqali galvanometrga borib, B batareyaning tokini ulaydi,


5-rasm. Fototokning kuchlanish va yorug’lik kuchiga bog’liqligini o’rganish sxemasi.
Ya’ni zaryadlar oqimini tutashtiradi. Birinchi tekshiruvchilar bu hodisaning yoritilayotgan sirtning tozaligiga juda ko’p bog’liq ekanligini aniqladi. Shuning uchun aniq bajariladigan tajribalarda mexanik usulda yahshilab tozalangan sirtlar bilan yoki, yaxshsi, metallni vakuumda bug’lantirib yalatish orqali yasalgan sirtlar bilan ish ko’riladi. O’lchash vaqtida P va N elektronlar o’rtasida yuqori vakuum saqlanib turiladi, chunki elektrodlar o’rtasida gaz bo’lishi sirtni xususiyatlarini ko’p o’zgartiradi hamda zaryadlarni chiqish va ko’chish sharoitlarini qiyinlashtiradi. Yoritilganlikni o’zgartirmay B batareyaning kuchlanishini o’zgartirsak, galvanometer ko’rsatyotgan tok kuchining qiymatini ma’lum chegaralarda o’zgartirishimiz mumkin. Biroq tajribani yuqori vakuumda o’tkazib, elektrodlarning shaklini o’zgartirib yoritilgan sirtdan chiqayotgan barcha zaryadlar tezlashtiruvchi maydon yordamisiz ham ikkinchi elektrodga tushadigan qilsak, u holda fototokning kuchi maydonni kuchaytirganda ortmaydi. Aksincha, elektronlarning yoritilgan sirtdan ikkinchi elekrod tomonga qilayotgan harakatiga xalaqit beradigan qilib yo’naltirilgan sekinlashtiruvchi maydon fototokni kamaytirishi va hatto nolga teng qilib qo’yishi mumkin.
13
Haqiqatan ham, tajriba bu mulohazalarga mos ravishda I fototok kuchining elektrodlarga berilgan V potensiallar farqiga bog’lanishi (ya’ni fototokning xarakteristikasi) 6-rasmdagi ko’rinisshga (tutash egri chiziq) ega ekanligi haqida dalolat beradi. Agar elektrodlarning shakli va o’zaro joylashishi yuqorida aytib o’tilgan talablarga javob bermasa, fototokning xarakteristikasi birmuncha o’zgaradi (6-rasmdagi punktir egri chiziq).


Download 68.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling