Protsessor qisqa vaqt ichida koʻp ishlatiladigan jarayonlarni tezkor xotiraga yuklab oladi va bu kompyuterni ishlashini tezlashtirish uchun xizmat qiladi
Kompyuterdagi operativ xotira (RAM, OZU) haqida
Download 348.69 Kb.
|
Kompyuter arxitekturasi 2 Mustaqil ish.pdf
Kompyuterdagi operativ xotira (RAM, OZU) haqida
Asosiy xotira (RAM) tashqi ko`rinishi Hozirgi kunda asosan katta hajmdagi dasturlar, o‘yinlar bilan kompyuterni band qilganda, kompyuterga tushayotgan yuklama asosan operativ hotira (RAM — Random Access Memory, operativnoye zapominayuщyeye ustroystvo, OZU) deb ataluvchi xotira turiga tushadi. Bu xotiraning o‘lchami dastur va o‘yinlarning ishlash tezligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu xotira turi o‘zi nima? Xo‘sh bo‘lmasa kettik.. Bu xotira turi vaqtinchalik axborotni o‘zida saqlaydi. Dastur yuklanganda dastlab operativ xotiraga yuklanadi va u yerdan ishga tushadi. Bundan kelib chiqadiki operativ xotiraning hajmi qancha katta bo‘lsa, bir paytning o‘zida bir necha dasturlarni yuklab, ish olib borishingiz mumkin bo‘ladi (misol uchun ashula eshitib, o‘yin o‘ynash mumkin). Biror dasturni ishga tushirib (dastlab operativ xotiraga yuklab), so‘ng bu dasturdan chiqib ketib, yana shu dasturni ishga tushirsangiz, dastur yuklanishi biroz tezroq amalga oshiriladi. Chunki kompyuter dastlab operativ xotiraga murojaat qiladi, agar u yerda mavjud bo‘lsa, o‘sha yerdan dasturni yuklaydi, aks holda dasturni izlashni boshlaydi. Hozirgi zamonaviy o‘yinlar operativ xotiraning katta bo‘lishini talab qiladi. Agar operativ xotira talab darajasida bo‘lmasa o‘yin o‘ynash jarayoni sekinlashadi. Shu sababli diskda sotib olingan o‘yin talablarini bir ko‘zdan kechirish lozim. Operativ xotira 2 ta asosiy xarakteristikaga ega va bu xotirani sotib olishda shu xarakteristikalarga qaraladi. Operativ xotira hajmi va shu xotira ishlaydigan chastota miqdori. Operativ xotira hajmi megabaytlarda o‘lchanadi(lekin ko‘pchilik gegobaytlarga ham o‘tib ketishdi) 128, 256, 512, 1024, 2048… Dastlab yuklangan dasturlar shu hajmda saqlanadi. Agar hajm to‘lib qolsa, birinchi yuklangan ma’lumotlar o‘chiriladi. Operativ xotira chastotasi ishlash tezligini aniqlab beradi. Chastota bu vaqt birligidagi jarayondir. Misol uchun, 600 megagers (MGS) chastotali operativ xotira 100MB ma’lumotni 10 sekunda yuklasa, 1000MGS li operativ xotira bu jarayonni 5 sekuntda amalga oshiradi. Operativ xotira ko‘rinishi va plataga(materinskiy plata, motherboard) ulanishi bo‘yicha bir necha turlarga bo‘linadi. Hozirgi zamon operativ xotiralar DDR1, DDR2, DDR3 turlarga bo‘linadi. Soni kattasi yangirog‘i hisoblanadi. DDR1 eskiroq hisoblanadi va bu turi hozirda kamdan kam foydalanuvchilarda mavjud bo‘lib, kam bo‘lgani sababli qimmatroqdir. Maksimal ishlash chastotasi 400 MGS gachadir. DDR2 keng tarqalgan turi hisoblanadi. Maksimal chastotasi 800 MGS gacha. DDR3 zamonaviy, yangi chiqgan operativ xotira turi hisoblanadi. Maksimal ishlash chastotasi 1800 MGS gacha. Har bir operativ xotira turi o‘zining platasiga ega, ya’ni platadagi slot faqat bir turdagi operativ xotirani qabul qiladi. Misol uchun, DDR1 uchun mo‘ljallangan plataga DDR2 ni o‘rnatib bo‘lmaydi. Chunki har bir operativ xotira turi o‘zgacha ulanish tishlariga ega. O‘lchami bir xil bo‘lishi mumkin lekin tishlari o‘rtasida farq bor. Ularni ajrata olmay kuch ishlatib operativ xotirani ham platani ham buzib qo‘ymang. Muhim ma’lumotlardan biri shuki, plata shinasini ham operativ xotirani ulashda e’tiborga olish, uning chastotasini ham bilib qo‘yish zarur. Bu ma’lumotni siz kompyuter platasi xujjatidan topishingiz mumkin. Misol uchun, agar siz 800 MGS da ishlaydigan DDR2 operativ xotirasini 533 MGS shinada ishlaydigan plataga ulasangiz, operativ xotirangiz ham 533 MGS da ishlaydi. Siz 800 MGS da ishlash shunaqa sekin bo‘lar ekan deb yuraverasiz. Yana bir muhim ma’lumot. Agar siz har xil chastotada ishlaydigan 2 ta operativ xotirani bir plataga ulasangiz, umumiy ishlash chastotasi kichik bo‘lgan chastota bilan bog‘liq bo‘ladi. Misol uchun 1000 MGS va 600 MGS chastotada ishlaydigan operativ xotirani bitta plataga uladingiz, shunda operativ xotira 600 MGS chastota bilan ishlaydi. Download 348.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling