Protsessorlar haqida umumiy ma’lumot va ularni tanlash bo’yicha maslahatlar
Download 8.1 Kb.
|
Protsessorlar haqida umumiy ma
Protsessorlar haqida umumiy ma’lumot va ularni tanlash bo’yicha maslahatlar Protsessor kompyuterning “miyasi” hisoblanadi va uning ichidagi chip har xil hisoblash va boshqa vazifalarni amalga oshiradi. Qanday kompyuter sotib olishingizga qarab, protsessor qimmat yoki arzon bo’lishi mumkin. Kompyuteringizning samarali ishlashi protsessorning sifatiga va qanday turkumga kirishiga ham bog’liq. Kompyuter sotib olayotganda to’g’ri protsessorni tanlash chuqur texnik bilimni talab qiladi, shuning uchun men bu maqolamda protsessorning, asosan, qaysi xususiyatlariga e’tibor berish kerakligini aytib o’taman. Bular protsessorning tezligi (частота-frequency), nechta yadrosi borligi, brend (qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgani) va kesh xotirasi kabi xususiyatlaridir. Protsessorning tezligi uning eng asosiy jihatidir. Odatda, bu ma’lumot protsessorning ustida yozilgan bo’ladi (“2,8 GHz” yoli “2,6 GHz” degan yozuvlar). Protsessorning tezligi qancha yuqori bo’lsa, shuncha yaxshi, lekin, zamonaviy protsessorlarda ko’p yadrolilik ( dual core, quad core) degan tushuncha ham bor. Bitta protsessorning o’zida ikkita, to’rtta va eng zamonaviy protsessorlarda 8 ta gacha yadro bor. Protsessorda yadro qanchalik ko’p bo’lsa, u ham shunchalik yaxshi, ammo, ko’p yadroli protsessorlar bir yadroli protsessorlardan ancha qimmat turadi. Hozirda ko’pchilik xaridorlar ikki yadroli protsessorlarni (dual core yoki core2duo) sotib olishmoqda, lekin ikki yadrolik protsessorning ishlash samarasi uning qanday programmalar uchun ishlatilishiga bog’liq. Oddiy ofis kompyuteri uchun ikki yadroli protsessor shart emas, bir yadroli Celeron protsessorlari ham hujjat yozish kabi vazifalarni a’lo darajada bajarishadi, lekin, o’yin o’ynashni yoki videomontaj qilish bilan shug’ullanadigan foydalanuvchi uchun ikki yadroli protsessor qo’l kelishi mumkin. Protsessorning yana bir asosiy xususiyatlaridan biri uning brendi, ya’ni qaysi kompaniya tomonidan ishlab chiqilganidir. Protsessor ishlab chiqaruvchi ikkita gigant mavjud – Intel va AMD. Bu kompaniyalar va ularning qay birining mahsuloti yaxshiroq ekanligi haqida azaliy munozara bor, men bu munozaraga qo’shilmagan holda, Intel kompaniyasi protsessorlari bizga har jihatdan qulay ekanligini aytib o’tmoqchiman, xolos. Protsessorlarning kesh xotirasi ham asosiy xususiyatlardan biridir. Kesh xotira ham qanchalik katta bo’lsa, shuncha yaxshidir. Zamonaviy protsessorlarda 1mb, 2mb va undan ortiq kesh xotira mavjud. Quyidagi misolda bir nechda protsessorlar va ularning xususiyatlari keltirilgan. Ular orasidan qaysi biri siz uchun mos kelishini tanlab olsangiz ham bo’ladi. Bu yerda ularning O’zbekiston bozorlaridagi taxminiy narxlari ham berilgan. Protsessor Intel Celeron 440 Ishlab chiqaruvchi: Intel Turkum: Celeron Protsessor tezligi: 2 GHz Yadrolar soni:1 ta L2 kesh xotirasi: 512kb Narxi: 101, 200 so’m Protsessor Intel Core 2 Quad Q8300 Ishlab chiqaruvchi: Intel Turkum: Core 2 Quad Yorkfield Protsessor tezligi: 2,5 GHz Yadrolar soni: 4 ta L2 kesh xotirasi: 4 mb Narxi: 386, 400 so’m Protsessor Intel Core i7-920 Ishlab chiqaruvchi: Intel Turkum: Core i7 Protsessor tezligi: 2,6 GHz Yadrolar soni: 4 ta L2 kesh xotirasi: 1 mb Narxi: 770, 500 so’m Protsessor AMD Athlon II X2 240 Ishlab chiqaruvchi: AMD Turkum: Athlon II Protsessor tezligi: 2,8 GHz Yadrolar soni: 2 ta L2 kesh xotirasi: 2 mb Narxi: 218,500 so’m Protsessor AMD Phenom II X4 Ishlab chiqaruvchi: AMD Turkum: Phenom II X4 Protsessor tezligi: 3 GHz Yadrolar soni: 4 ta L2 kesh xotirasi: 2 mb Narxi: 644.000 so’m Protsessor AMD Athlon II X4 630 Ishlab chiqaruvchi: AMD Turkum: Athlon II X4 Protsessor tezligi: 2,8 GHz Yadrolar soni: 4 ta L2 kesh xotirasi: 2 mb Narxi: 379, 500 so’m Download 8.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling