Proyeksion chizmachilik (2- vazifa)uchun. Detalning izometrik proyeksiyasini yasash
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Proyeksiyalıq sızılmashılıq (kórinis,qırqım)ushın.
Proyeksion chizmachilik (2- vazifa)uchun. Detalning izometrik proyeksiyasini yasash O‘quv jarayonida, vazifalar bajarilganda, asosan detallarning izometrik proyeksiyalarini yasash talab etiladi. Shuning uchun detalning izometrik proyeksiyasini yasashni ko‘rib chiqamiz. Detalning izometrik proyeksiyasini yasashda ma’lum bir tartibga rioya qilish katta ahamiyatga ega, masalan, chizishni detalning ustki ko‘rinadigan yuzasini yoki chiziqlarini yasashdan boshlanadi, shunda uning ko‘rinmaydigan yuzasi yoki chiziqlari yasalmaydi. 3.42-shaklda stakanning berilgan chizmasi bo‘yicha uning izometriyasini yasash misolida ko‘rib chiqamiz. Aksonometrik o‘qlarini o‘tkazib, shu bilan birga tasvirda ko‘rsatilgan aylanalarni ifoda qiluvchi ellipslarning markazlari belgilab chiqiladi (3.42-shakl, a). Detalni hosil qiluvchi I yuzadagi aylanalarni izometrik proyeksiyalarini yasab olinadi (3.42-shakl, b). 3.42-shakl 3.42-shakl, b So‘ngra O 1 Z 1 o‘qi bo‘yicha h 1 masofani o‘lchab qo‘yib, II yuzadagi aylananing va stakan asosi yuqori yuzasining izometrik proyeksiyasi yasab olinadi. Silindrning O 1 Y 1 o‘qi bo‘ylab c masofada kesilgan yuzani ham yasab olinadi (3.42-shakl, v). Keyin III yuzasidagi ichki silindr aylanasining va asosning izometriyasi yasaladi. Stakanning ichki qismini ko‘rish uchun uni O 1 X 1 va O 1 Z 1 o‘qlari bo‘ylab kesib ko‘rsatish lozim bo‘ladi (3.42-shakl, g). Shundan so‘ng kesim yuzasini shtrixovka qilinib, kesuvchi tekisliklardan oldindagi qirralar o‘chirib tashlanadi va detalning izometriyasi taxt qilinadi, ya’ni kontur chiziqlar qalinlashtirib chiqiladi, (3.42-shakl, d). 3.42-shakl, v 3.42-shakl, g 3.43-shaklda detalning ko‘rinishlari va izometriyani A3 formatga joylashtirish namunasi keltirilgan. Ilovada variantlar keltirilgan. 3.43-shakl, d 3.43-shakl 3.43-shakl Илова Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling