Proyeksiyalar tekisliklarini almashtirish usuli
Download 401.93 Kb. Pdf ko'rish
|
almashtirish usuli
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Proyeksiyalar tekisliklarining bittasini almashtirish.
4.10. PROYEKSIYALAR TEKISLIKLARINI ALMASHTIRISH USULI Reja: 1. Proyeksiyalar tekisliklarini almashtirish usuli. 2. Proyeksiyalar tekisliklarining bittasini almashtirish. 3. Proyeksiyalar tekisliklarining ikkitasini almashtirish. 1. Proyeksiyalar tekisliklarini almashtirish usulida geometric shaklning dastlabki fazoviy vaziyati saqlanib qoladi. Proyeksiyalar tekisliklari geometric shakl talab qilingan (parallel, perpendikulyar va boshqa) vaziyatda proyeksiyalanadigan qilib yangi proyeksiyalar tekisliklari bilan almashtiriladi. Bunda tekisliklarning o'zaro perpendikulyarligi saqlanib qoladi va proyeksiyalash yo'nalishi yangi proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar qilib olinadi. Geometrik masalada qo'yilgan shartga ko'ra, uni proyeksiyalar tekisliklarining bittasini yoki ikkitasini ketma-ket almashtirish yo'li bilan yechish mumkin. Proyeksiyalar tekisliklarining ikkalasi almashtirilganda, ular ketma-ket ravishda, masalan, avval geometric shaklga nisbatan parallel, so'ngra unga perpendikulyar yoki aksincha qilib almashtiriladi. 2. Proyeksiyalar tekisliklarining bittasini almashtirish. Fazodagi A nuqta, H va V proyeksiyalar tekisliklari berilgan bo'lsin (109-a rasm). A nuqtaning H va V tekisliklardagi ortogonal proyeksiyalari A' va A" bo'ladi. Agar V tekislikni V 1 ⊥ Htekislik bilan almashtirsak, H V 1 yangi proyeksiyalar tekisliklari tizimi hosil bo'ladi.A nuqtaning V 1 tekislikdagi proyeksiyasini yasash uchun berilgan nuqtadan mazkur tekislikka perpendikulyar o'tkazib, yangi frontal proyeksiyasi A" 1 topiladi. Shakldan A" dan Ox o'qigacha bo'lgan masofa A " dan O 1 x 1 gacha bo'lgan masofaga teng bo'lishini aniqlash mumkin, ya'ni A " 1 A X1 = A"A x . a b Nuqtaning yangi proyeksiyalar tizimidagi chizmasini yasash uchun yangiproyeksiyalar tekisligi dastlabki proyeksiyalar tekisligiga jipslashtiriladi. Yangi H V 1 proyeksiyalar tekisliklar sistemasidagi A nuqtaning epyurini yasash uchun V 1 tekislikni O 1 x 1 o'qi atrofida aylantirib, H tekislikka jipslashtiramiz. Bunda 1 V tekislikni qaysi tomonga aylantirib uni H tekislik bilan jipslashtirish deyarli axamiyatga ega emas. Faqat geometrik shaklning yangi proyeksiyasi uning dastlabki proyeksiyalariga ustma-ust tushmasligi ma'qul. Chizmada A nuqtaning yangi A " 1 proyeksiyasini yasash uchun (109 b-rasm) A nuqtadan O 1 X 1 ga perpendikulyar tushiriladi. Uning davomiga A"A X masofaniqo'yamiz. Natijada, hosil bo'lgan A' va A " 1 yangi H V 1 tekisliklar tizimidagi Anuqtaning chizmasi bo'ladi. Demak, frontal proyeksiyalar tekisligi almashtirilganda nuqtaning yangi frontal proyeksiyasini yasash uchun uning Ox dan frontal proyeksiyasigacha bo'lgan masofasi (z) o'zgarmaydi. Shuningdek, 110 a-rasmda H va V proyeksiyalar tekisliklari tizimida Вnuqta B ′ va B" proyeksiyalari berilgan. Agar H tekislikni H 1 ⊥ V tekislik bilanalmashtirilsa, 1 H V yangi tekisliklar tizimiga ega bo'linadi. ВnuqtadanH 1 tekislikka perpendikulyar o'tkazamiz va B' 1 proyeksiyasini yasaymiz. Nuqtaning yangi tekisliklar tizimidagi chizmani yasash uchun (110 b-rasm) H 1 tekislikni O 1 X 1 proyeksiyalar o'qi atrofida aylantirib, V tekislikka jipslashtiramiz. Chizmada Вnuqtaning yangi proyeksiyasini yasash uchun uning B" proyeksiyasidan O 1 X 1 ga o'tkazilgan perpendikulyarning davomiga B ′ 1 B x1 -B 1 B x masofa qo'yiladi. Natijada hosil bo'lgan B' 1 va B" yangi 1 H V tekisliklar tizimidagi В nuqtaning chizmasi bo'ladi. Demak, gorizontal proyeksiya tekisligini almashtirganda, nuqtaning yangi gorizontal proyeksiyasini yasash uchun uning Ox dan gorizontal proyeksiyasigacha bo'lgan masofasi o'zgarmaydi. Download 401.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling