Proyeksiyalash usullari Markaziy va parallel proyeksiyalash Dars maqsadi
Download 115 Kb.
|
dars ishlanma
4. Parallel proyeksiyalash. Parallel proyeksiyalash markaziy proyeksiyalashning xususiy holidir. Bunda proyeksiyalash markazi s biron KT togri chiziq yonalishi boyicha harakatlanib, proyeksiyalar tekisligidan cheksiz uzoqlashganda undan otuvchi nurlar ozaro parallel bolib qoladilar. Bu yerda TK chiziq proyeksiyalash yonalishi deyiladi (4-shakl, a). Fazoda olingan A, B, C nuqtalarni tekislikka proyeksiyalash uchun, nuqtalar orqali KT yonalishiga parallel ravishda proyeksiyalovchi nurlar otkaziladi. Bu nurlarning tekislik bilan kesishgan A1, B1, C1 nuqtalari, shu nuqtalarning parallel proyeksiyalari boladi (4-shakl, a). Bunday proyeksiyalash yoli bilan olingan proyeksiyalar parallel proyeksiyalar deyiladi. Parallel proyeksiyalar olchamlarining va korinishlarining ozgarishi proyeksiyalar tekisligining proyeksiyalash yonalishiga nisbatan qanday joylashishiga bogliq. Proyeksiyalovchi nurlarning proyeksiyalar tekisligiga nisbatan qanday yonalishda bolishiga qarab, parallel proyeksiyalash qiyshiq burchakli va togri burchakli boladi. Agar proyeksiyalash yonalishi proyeksiyalar tekisligi bilan otkir burchak tashkil qilsa, bunday parallel proyeksiyalash qiyshiq burchakli deb ataladi (4-shakl, a). Bunday proyeksiyalash kopincha aksonometrik tasvirlarni yasashda ishlatiladi. Bunda proyeksiyalash yonalishi KT deb korsatilishi kerak. Agar proyeksiyalash onalishi proyeksiyalar tekisligi bilan togri burchak tashkil qilsa, bunday parallel proyeksiyalash togri burchakli yoki ortogonal proyeksiyalash deyiladi. Bunday proyeksiyalashda proyeksiyalar yonalishi korsatilmaydi, chunki bir nuqtadan tekislikka bitta perpendikulyar otkazish mumkin (4-shalk, b). Geometrik shaklning bitta tekislikdagi parallel proyeksiyasini shu shaklning tuzilishi va uning fazodagi vaziyatini tola aks ettira olmaydi. Shuning uchun qoshimcha ravishda turli usullardan foydalaniladi. Pararllel proyeksiyalashdagi qoshimcha usullar bilan tanishib chiqishdan avval parallel proyeksiyalashning asosiy xususiyatlari bilan tanishib chiqamiz.
Download 115 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling