Proyeksiyalash usullari Mundarija: Kirish


Ortogonal proyeksiyalar usuli (Monj usuli)


Download 1.33 Mb.
bet7/8
Sana19.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1602540
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Proyeksiyalash usullari

Ortogonal proyeksiyalar usuli (Monj usuli). Narsalarni bir-biriga perpendikulyar ikkita tekislikdagi to’g’ri burchakli proyeksiyalari bilan tasvirlash usuli ortogonal proyeksiyalar usuli deyiladi. Ortogonal so’zi to’g’ri burchakli degan so’z bo’lib, ortogonal proyeksiyalar termini bir-biriga perpendikulyar ikkita tekislikdagi to’g’ri burchakli proyeksiyalarni ko’rsatish uchun ishlatiladi.
To'g'ri burchakli proyeksiyalashni ortogonal proyeksiyalash deb ham yuritiladi. Ortogonal proyeksiyalashda proyeksiyalovchi nur yo'nalishi ko'rsatilmaydi. Masalan, A nuqtani P tekislikka ortogonal proyeksiyalash uchun A nuqtadan (8-rasm) perpendikulyar tushiriladi. Bu perpendikulyarning R tekislikdagi asosi Ap nuqta fazodagi A nuqtaning ortogonal proyeksiyasi bo'ladi.
Geometrik shakllar proyeksiyalar tekisligiga qisqarib proyeksiyalanadi. Masalan, ortogonal proyeksiyalashda to'g'ri chiziq kesmasining proyeksiyasi o'zidan kichik yoki teng bo'ladi:

  1. Agar to'g'ri chiziq kesmasi proyeksiyalar tekisligiga parallel bo'lsa, uning proyeksiyasining uzunligi kesmaning fazodagi uzunligiga teng bo'ladi (9-rasm).

  2. A gar to'g'ri chiziq kesmasi proyeksiyalar tekisligiga parallel bo'lmasa, uning proyeksiyasining uzunligi o'zidan kichik bo'ladi, ya'ni APBP(10-rasm).


8-rasm 9-rasm 10-rasm
Yuqorida keltirilgan parallel proyeksiyalarning barcha xossalari ortogonal proyeksiyalar uchun ham o'rinlidir.
Ortogonal proyeksiyalashda biror shaklni barcha nuqtalaridan o'tuvchi nurlar o'zaro parallel bo'lib, ular berilgan geometrik shaklni proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalaydi. Buyumning bitta ortogonal proyeksiyasi bilan uning fazodagi vaziyatini aniqlab bo'lmaydi. Buning uchun biror qo'shimcha shart kiritish zarur. Bunday qo'shimcha shart sifatida birinchi proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo'lgan ikkinchi tekislikka buyumning tasvirini olish mumkin. Bu ikki proyeksiyalar tekisligidagi tasvirlar buyumning fazodagi vaziyatini aniqlaydi.
Ortogonal proyeksiyalash usuli texnik chizmalarni chizishda, inshootlarni loyihalashda eng ko'p qo'llaniladi.



Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling