A1, B1, C1proyeksiyalar A, B, C nuqtalarning fazodagi vaziyatini to‘liq aniqlay olmaydi. Parallel proyeksiyalarda ham nuqtaning fazodagi vaziyatini uning ikki yoki undan ortiq proyeksiyalari yordamida aniqlanadi.
Masalan, 3-rasmda fazodagi A, B nuqtalarning fazodagi vaziyati ularning A1, A2, B1, B2 proyeksiyalari orqali berilgan.
Parallel proyeksiyalarda proyeksiyalash yo‘nalishining proyeksiyalar tekisligi bilan hosil qilgan burchagiga qarab to‘g‘ri va qiyshiq burchakli proyeksiyalar farqlanadi.
Agar proyeksiyalash yo‘nalishi proyeksiyalar tekisligi bilan o‘tkir burchakni tashkil etsa, qiyshiq burchakli proyeksiyalar, to‘g‘ri burchakni tashkil etsa, to‘g‘ri burchakli yoki ortogonal proyeksiyalar hosil bo‘ladi. Ortogonal proyeksiyalar parallel proyeksiyalarning xususiy xoli hisoblanadi.
2-rasm 3-rasm
Qiyshiq burchakli proyeksiyalar asosida aksonometrik proyeksiyalar quriladi, to‘g‘ri burchakli proyeksiyalar asosida esa texnik chizmalar tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |