Reja:
1. Markaziy proeksiyalash usuli
2. Markaziy proyeksiyalashning xossalari
3. Parallel proyeksiyalash usuli
4. Parallel proyeksiyalashning xossalari
5. To'g'ri burchakli proyeksiyalash
Fazo elementlarini tekislikka tasvirlashda markaziy va parallel proeksiyalash usulidan foydalaniladi. Shu sababdan bu proeksiyalash usullarning har qaysisiga alohida to‘xtalib o‘tamiz.
1 Markaziy proeksiyalash usuli
Faraz qilaylik, fazoda S, A, B, C nuqtalar va П1 tekislik berilgan bo‘lsin (1-rasm). S nuqtani A, B va C nuqtalar bilan tutashtiramiz. SA, SB va SC proeksiyalovchi nurlar П1 tekislikni mos ravishda A1, B1, C1 nuqtalarda kesib o‘tadi. Bu nuqtalar A, B, S nuqtalarning markaziy proeksiyalari hisoblanadi.
1-rasm
Demak, S - nuqta proeksiyalash markazi, П1 - proeksiyalar tekisligi va SA, SB, SC - proeksiyalovchi nurlar deyiladi.
Shakldan ko‘rinib turibdiki, markaziy proeksiyalashda shaklning geometrik xossalari saqlanib, uning o‘lchamlarigina o‘zgaradi xolos. Ya’ni fazodagi ABC uchburchakning П1 tekislikdagi markaziy proeksiyasi A1B1C1 uchburchak-dan iborat, lekin o‘lchamlari o‘ziga teng bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |