Przidentatsiyasi


Download 7.18 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi7.18 Kb.
#1650245
Bog'liq
Inomjonov Javohir audit

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

’’BUXGALTERIYA XISOBI VA AUDIT’’ta’lim yo’nalishi 4-bosqich SBXA55-guruh talabasi Inomjonov Javohirning Audit fanidan tayyorlangan

PRZIDENTATSIYASI

Mavzu:Auditning axloq kodksi

REJA: 1Auditning axloq kodeksi va uning maqsadi 2Axloq kodeksining asosiy talablari 3Auditning axloq kodeksi tamoyillari Xulosa Foydanilgan adabiyotlar

1.Auditning axloq kodeksi va uning maqsadi

Kasbiy etika kontseptsiyasi auditorda mujassamlashuvi lo-zim bo’lgan bir necha xususiyatlar (sifatlar), ya’ni etik tamo-yillar tahlilidan iborat. Ular quyidagilardir:

1.Mustaqillik, halollik va ob’ektivlik. Mustaqillik tamoyiliga ko’ra, auditor o’z faoliyatida mijoz, u yoki bu bank egasi, yoki boshqa shaxs manfaatlariga qarab ish tutmasligi lozim.

2.Audit sohasida chuqur huquqiy va iqtisodiy bilim, malaka-ga va yuqori texnik mahoratga ega bo’lish.

3.Mijozlar oldidagi majburiyat. Auditor o’zining mijozlari bi- lan sofdil va ochiq bo’lishi hamda ularga mumkin qadar yaxshiroq xizmat ko’rsatishi zarur;

4.Kasbdoshlari oldidagi majburiyat. Auditor uyushma kasb vakillari bilan xushmuomala, mehribon bo’lishi, hamkorlik uchun sharoit yaratishi zarur;

5.Boshqa majburiyatlar. Auditor o’z kasbi ustuvorligini yuqo-ri ko’tarishi va bu kasb egalari qobiliyatlarini jamiyat man- faatlari uchun xizmat qilishga imkon beradigan darajada tu- tishi zarur.

Axloq kodeksining talablari

Umumiy ma’naviy me’yor va tamoyillarga amal qilish

Jamiyat qiziqishlarini inobatga olish

Auditorningob’ektivligi

Auditorning e’tiborliligi (ziyrakligi)

Mijoz axborotining maxfiyligi

Auditorlar o’rtasidagi munosabatlar

Professional xizmatga aloqador bo’lmagan sohada auditorning harakati

Auditorning mustaqilligi

Auditorning kasbiy mahorati

Soliq munosabatlari

Professional xizmat uchun haq to’lash

Xodimlarning auditorlik tashkilotlari bilan munosabati

Nashr qilinadigan axborot va reklama

Xalqaro faoliyat.

2.Axloq kodeksining asosiy talablari

Auditorlar axloq kodeksida har bir auditor rioya qilishi zarur bo’lgan ta-moyillar keltirilgan, ya’ni:

- halollik,

- mustaqillik,

- ob’ektivlik (xolislik),

- malakaviy kompetentlik,

- maxfiylik va boshqalar.

3. Auditning axloq kodeksi tamoyillari


Halollik deganda nafaqat haqiqatgo’ylik, shuningdek, beg’arazlik va ishonchlilik ham tushuniladi. Xolislik tamoyiliga mos holda hamma auditorlar adolatli, halol harakat qilishi va nizoga yo’l qo’ymasliklari lozim.
O’z funktsiyalarini bajarishda auditorlar hamisha xolis bo’lishlari lozim. Xolislik oldindan xulosa chiqarmaslikni, tarafkashlik va professional masalalarni ko’rib chiqishda, xulosa chiqarishda qandaydir ta’sir doirasiga tushib qolmaslikni bildiradi. Xolislikning etika talablariga amal qilishda:
Oldindan xulosa chiqarishga g’arazgo’ylik yoki boshqa shaxslarning xolislikka zarar keltiruvchi ta’siridan, munosabatlardan qochish;
Agar ular auditorning kasbiy muhokamasiga jiddiy va yo’l qo’yib bo’lmaydigan ta’sir o’tkazish mumkinligi haqida ongli ravishda faraz qilinsa, sovg’alar va boshqa mehmondo’stlik belgilarini qabul qilmasligi va o’zi ham taklif etmasligi zarur.


Professional kompetentlik – auditorga professional xizmatlarni malakali va sifatli bajarish imkonini beruvchi bilimlar va ko’nikmalarning zarur hajmiga ega bo’lishdir. Auditorlar o’z bilim va tajribalarini bo’rttirib ko’rsatmasliklari kerak.
Maxfiylik - audit tamoyillaridan biri bo’lib, auditorlar (auditorlik tashkilotlari) auditorlik faoliyati davomida olgan yoki tuzgan hujjatlarining bus-butun (yaxshi) holda saqlashni ta’minlashga majburligi, kim bo’lishidan qat’iy nazar, bu hujjatlarning yoki ularning nusxalarini uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emasligi (to’liq holda ham, qisman ham) yoki mulk egasi (rahbar)ning roziligisiz ulardagi ma’lumotlar mazmunini og’zaki ravishda ham boshqalarga oshkor qilmaslikni o’z ichiga oladi.
Maxfiylik tamoyiliga hatto tekshirilgan iqtisodiy sub’ekt haqidagi ma’lumotlar oshkor yoki e’lon qilinishidan unga moddiy yoki boshqa zarar etmasa ham, majburiy tarzda amal qilinadi.
Maxfiylik axborotlarni sir saqlash majburiyatini yuklaydi va kasbiy xizmat ko’rsatish davomida axborotlarni olgan auditordan bu axborotlardan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi tomon manfaatlari uchun foydalanmaslik talablarini qo’yadi.

xulosa


Auditning asosiy axloqiy tamoyillari jamiyat ustavida, shuningdek, uyushmalar va o'zini o'zi tartibga soluvchi tashkilotlarning hujjatlarida belgilangan. Bugungi ishbilarmonlik muhitida mijozlar haqiqiy faktlarga asoslangan to'liq natija olishlarini ta'minlaydigan yuqori shaxsiy fazilatlarni saqlab qolish juda muhimdir.
Ko'pincha, auditorlik xatti-harakatlarining axloqiy me'yorlari me'yoriy hujjatlar bilan emas, balki kompaniyaning tuzilishi, olijanoblik va professionallik haqidagi shaxsiy g'oyalari bilan belgilanadi.

Foydanilgan adabiyotlar

  • O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – Toshkent, O’zbekiston 2019-yil
  • O’zbekiston Respublikasi “Soliq kodeksi”.2019-yil 30-dekabr
  • Аuditоrlik fаоliyatining milliy stаndаrtlаri. OBАMА T.: 2016 y.
  • Dosmurаtоv R. Аudit аsоslаri. Dаrslik. T.: 2019y.
  • Musаеv H. Аudit. Dаrslik. T.: 2018y.
  • Tulахоdjаеvа M.M., Ilхоmоv SH.I. Аudit. Oquv qollаnmа. T.: 2015y

Download 7.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling