Psixadiagnostika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Fan o’qituvchi
Download 131.26 Kb.
|
1 Steroidlar, ularni o‘simlik va hayvon organizmida tarqalishi[1]
3.Steroid gormonlar
Steroid gormonlar. Bularga buyrak usti bezi pust qismi-ning gormonlari, hasharotlarning va jinsiy bez gormonlari kiradi. Buyrak usti bezining pust qismi gormonlari. Steroid gormonlar molekulasi asosini siklopentanpergidro-fenantren halqasi tashkil etuvchi sterollarning hosilalaridir. Ular asosan buyrak usti bezlarining pust qavatida va jinsiy bezlarda ishlab chiqariladi. Ularning miqdori juda ko‘p bo‘lib, faqat ayrimlari yuqori gormonal aktivlikka ega. Buyrak usti bezlarining pust qavatidan 46 dan ortiq steroid moddalar aj-ratib olingan, ularni umumlashtirib kortikosteroidlar deb nom berilgan. Lekin undan sakkiztasi gormonal aktivlikka ega bo‘lib, eng ahamiyatlisi kortikosteron, dezoksikortikosteron, 17-ok-sikortikosteron (gidrokortizon), kortizon va aldosterondir. Ular pregnanning hosilalari bo‘lib, strukturasi quyidagicha: Ular umumiy kortikosteroidlarning 80% «i tashkil etadi. Shuningdek, buyrak usti bezlarining pust qavatida jinsiy gormon xarakteridagi steroidlar ham ishlanib chiqadi, lekin ular organizmning normal holatida yuqoridagi gormonlarga aylanadi. Kortikosteron sof holda 18℃da suyuqlanadigan kristall modda, eritmasi optik aktivlikka ega. Normal holatda odam buyrak usti bezlarida bir sutkada 0,84—4,0 mg hosil bo‘ladi. Uning asosiy metabolitik funksiyasi uglevod, oqsil va lipidlar almashinuvida ishtirok etishdir. Uning miqdori normadan kam bo‘lganda qonda glyukoza, jigar va muskullarda glikogen miqdori kamayib, oqsillarniig aminokislotalarga parchalanishi va lipolitik protsesslar kuchayadi. Shuningdek, buyrakda ioyalarning qayta so‘rilishi buziladi. Bularning hammasi tanada shish paydo bo‘lishiga, muskullarning zaiflanishiga, qon bosimining pasa-yishiga va teridagi pigmentlar buzilishiga va boshqalarga sabab bo‘ladi. Kortikosteron normadan ortiq ishlab chiqarilsa, ana-bolitik protsesslarni kuchaytirib, o‘z navbatida boshqa kasalliklarga sabab bo‘ladi. Gidrokortizon yoki kortizol 220℃ da suyuqlanadigan kristall modda, eritmasi optik aktivlikka ega. Uning buyrak usti bezidan sutkalik ajralishi boshqa kortikosteroidlardan ancha ko‘p, ya’ni 4,9—27,9 mg dan iborat. Agar uning miqdori normadan kam bo‘lsa, moddalar almashinuvida (mineral moddalardan tashqari) xuddi yuqoridagidek o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Lekin bunda, ayniqsa gormonning miqdori meyoridan ko‘p bo‘lsa, ugle-vodlar almashinuvi kuchli darajada buziladi: aminokislota-larning uglevodlarga aylanishi kuchayib, qonda glyukoza miqdori ortadi. («Steroid diabeta».) Shuning uchun ham bu gormon tipik diabetogen gormon deb ataladi. U qonda glyukoza miqdori ortib, glikogen va yog‘lar sintezi kuchayishiga va muskullar atrofiyala-nishiga sabab bo‘ladi. Uning rivojlanishi natijasida, gavda qo‘-pollashib, beso‘naqay bo‘lib ketadi. Odamning yuzi yumaloq qip-qizil bo‘lib qoladi. Aldosteron ham kristall modda bo‘lib, 219℃da suyuqlanadi. Eritmasi optik aktivlikka ega. Uning qonga sutkalik ajralishi juda kam bo‘lib, 0,15—0,4 mg ni tashkil etadi. U asosan mineral moddalar — K+, Na+ almashinuvida muhim ahamiyatga ega. Shu-ning uchun ham u mineralokortikosteroid gormon deb ataladi. Uning miqdori meyoridan kam bo‘lganda organizmda K+ to‘pla-nishi, Na+ ko‘p miqdorda chiqarilishi kuchayadi. Aldosteron ug-levodlar almashinuviga ta’sir etmaydi. Bu gormon ko‘p ishlanib chiqsa, qon plazmasida kaliyning miqdori kamayib, natriining konsentratsiyasi ortib ketadi, buning natijasida qon bosimi ko‘tariladi, muskullarning bo‘shashishi va holsizlanishi kuza-tiladi. Dezoksikortikosteron ham xuddi aldosteron singari mineral tuzlar (asosan natriy, kaliy, xlor ionlari) va suv alma-shinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Jinsiy garmonlar. Erkaklar va ayollar jinsiy bezlaridan steroid tabiatli 10 dan ortiq gormonlar ishlanib chiqadi, ular jinsiy gormonlar deb yuritiladi. Ularning ba’zilari buyrak usti bezi ekstraktidan ham topilgan. Bu gormonlar erkaklik jinsiy gor-monlari — androgenlar (androsteron, degidroandrosteron, testesteron) ayollik jinsiy gormonlari — estrogenlar (estradiol, follikulin, estriol) va sariq tana gormonlari (pregnandiol, progesteron) gruppalariga bo‘linadi. Bu jinsiy gormonlarning eng ahamiyatlisi erkaklik jinsiy gormonlaridan testesteron va ayollik jinsiy gormonlaridan estradiol, sariq tana gormoni — progesteron (proteosteron)dir: Testesteron—150℃da suyuqlanadigan kristall modda. Eritmasi optik aktivlikka ega. Uning odam tanasidagi o‘rtacha miqdori 21,6 mg% ni tashkil qiladi. U umumiy metabolitik pro-sessga, ayniqsa nuklein kislota va oqsillar biosinteziga kuchli ta’sir etadi. Organizmda uning miqdori kamaysa, oqsil miqdori ham kamayib, tanani yog‘ bosishi va boshqa o‘zgarishlar kuzatiladi. Shuningdek, u yosh bo‘g‘inlarda jinsiy belgilar shakllanishini ta’minlaydi. Estradiol ikki xil modifikatsiyada kristallanadigan modda. Tuxumdonlardan 1 sutkada 1 mg ajraladi. Bu organizmning umumiy rivojlanishiga xuddi testesteron kabi ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni ayollik jinsiy organlari rivojlanishini, ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo‘lishini ta’minlaydi. Uning miqdori kam bo‘lganda, menstruatsiya sikli buziladi, homila tushib ketishi, semirib ketish kuzatiladi. Estradiol uglevodlar, oqsillar va nuklein kislotalar almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi, trikar-bon kislotalar sikli fermentlarining aktivligini oshiradi. Progesteron (lyuteosteron) menstruatsiya siklining ikkinchi yarmida, ko‘p miqdorda homiladorlik davrida hosil bo‘ladi. Bu gormon bachadon shilliq pardasining rivojlanishiga, urug‘langan tuxumning bachadon devoriga joylashib, homiladorlikning bi-rinchi yarmida embrion normal rivojlanishiga ta’sir etadi. Progesteron, shuningdek, sut bezlari rivojlanishini ta’minlaydi, navbatdagi jinsiy sikl boshlanishini tormozlaydi. Download 131.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling