Psixalogiya fannidan javoblar


Download 1.35 Mb.
bet14/70
Sana08.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#242254
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70
Bog'liq
PSIXOLOGIYA YAKUNIY JAVOBLAR

hurmatsizlik

ahloqsizlik

o’zgaruvchanlik

ikkilanish

Bundan tashqari Farobiy tarbiyaning qattiq va yumshoqligi haqida ham o’z fikrlarini bayon qiladi. Bu o’z navbatida tarbiya psixologiyasining asosiy g’oyasi va metodlaridan biri hisoblanadi. Uning fikricha shogirdga ta’lim-tarbiya berishda haddan tashqari qattiqqo’llik ustozga nafrat hissini uyg’otadi. Uning ruhida o’z ustoziga nisbatan qarama-qarshilikni yuzaga keltiradi. Tarbiyadagi haddan tashqari yumshoqlik esa, shogirdga ustozga nisbatan mensimaslik hissini yuzaga ketiradi. U o’z ustozini aldashga va ustidan kulishga harakat qiladi, deb tushunadi. Farobiy psixologiya sohasida aniq bir asarlar yozmagan bo’lsa ham u Aflotun (Aristotel’) psixologiyasining asoslarini mahalliy sharoitda moslashgan holda talqin qiladi va buning oqibatida O’rta Osiyo falsafiy qarashlariga xos bo’lgan psixologik dunyoqarashlar shakllandi.

Farobiyning ilm-fan sohasidagi qarashlari o’zidan keyin yashab o’tgan mutafakkirlar-Beruniy, Ibn Sino o’z ta’sirini o’tkazdi va o’z navbatida bu mutafakkirar Farobiyni o’zlarining ustozlari deb hisoblaydi.

Abu Rayhon Beruniy-953-1050 yilda o’zining qator falsafiy asarlarida psixologik va pedagogik qarashlarini bayon qiladi. Bular inson shaxsining shakllanishi, ahloqiy kamoloti, aql-idroki, tafakkuri haqida fikrlaridir. Beruniyning «qadimgi avlodlar obidalari» asarida ba’zi odamlar shaxsining shakllanishida ularning xulq - atvorida mavjud bo’lgan ziqnalik, yolg’onchilik, munofiqlik, xushomadgo’ylik, ikkiyuzlamachilik kabi illatlarning shaxs taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida to’xtalib o’tadi. Bu illatlarga qarama-qarshi oqil odamlar haqida o’z fikrini bayon qiladi. Beruniyning fikricha oqil odamlarning taraqqiyoti va uning ruhiyatining rivojlanishi hech bir to’siqlarsiz ijobiy rivojlanishga ega bo’ladi deb tushuniladi. Beruniy psixologiya sohasida aniq bir asar yozmagan bo’lsa ham, Farobiy ta’limoti ta’sirida inson shaxsining kamoloti, uning aql-idroki, ruhiy taraqqiyoti haqidagi o’zining psixologik va pedagogik qarashlarini hamma asarlarda to’liq bayon qiladi.

: «Mineralogiya», «Hindiston», hislar bilan seziladigan va aql bilan bilinadigan bir qator kitobning tarjimasi-degan kitob va risolalarida o’zining ruh haqidagi qarashlari, ruhiyatning ba’zi muhim masalalarini bilish va tafakkur jarayonlari haqida juda ko’p, g’oyat qimmatli fikr-mulohazalar mavjud.

Beruniy olamni ob’ektiv reallik, inson irodasidan tashqarida mustaqil ravishda mavjud bo’lgan borliq sifatida qaraydi. Beruniy kishi ongi. Tafakkuri va ruhiyatini moddiy jismdan keltirib chiqargan holda tasavvur etadi.

Beruniy Abu Ali ibn Sino bilan bo’lgan munozaralarida barcha narsalarning asosida 5 ta element, ya’ni suv, olov, havo er, bo’shliq yotishini hamda dunyoni bilish jarayonida bilimlarimiznig manbaini sezgi a’zolarimiz va ular orqali qabul qilgan hissiy bilmimiz tashkil etadi deb ta’kidlangan. U «agar sezgi a’zolarimiz bo’lmaganda olam tasavvurga ega bo’lmasdik. Umuman inson narsa va jismlarning rangini bilmagan bo’lardik» deydi. Bunda Beruniy sezgi organlar fasliyatiga baho berib materialistik pozitsiyada turganligini ko’ramiz.

Abu Ali ibn Sino - 980 yili Arshona qishlog’ida (Buxoro yaqinida) tug’ilgan. Ibn Sino o’zining ilmiy dunyoqrashi bilan butun jahonda fan taraqqiyotiga va uning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan olim hisoblanadi. CHunki uning asarlari jahonning hamma tillariga tarjima qilingan va o’zining hayotligi paytida Evropada Avitsina nomi bilan, uning asarlari ta’lim maskanlarida o’quv quroli sifatida foydalangan. Uning «Tabobat qonuni» asari o’sha davrdagi , keyingi davrdagi va hozirgi davrida ham tibbiyot sohasidagi olimlarning qo’llanmasi hisoblanadi. Ibn Sino «juda og’ir va mashaqqatli hayot kechirgan» shunga qaramasdan ilm-fanning hamma sohalarida o’zining o’chmas izini qoldirgan.

Ibn Sino jahonda birinchi bor psixologiya fanida tajriba amalga oshirgan alloma hisoblanadi. U emotsional holatlar bo’yicha dastlabki tajribalarni amalga oshirgan. Uning «Tadbiri manozil» asarida ta’lim-tarbiyada uning psixologik asoslariga alohida e’tibor bergan. Bu asarda alohida bob bo’lib, bu bob boalarni tarbiyalash, maktabda o’qitish deb nomlanadi.

Ibn Sino birinchi bor tarbiyada suhbat metodini qo’llashni taklif etadi. Bolalarni o’qitishda va tarbiyalashda bir guruhda yoki jamoada tarbiyalansa, ular faoliyat turlarini amalga oshirishda bir-biriga moslashadi, bir-biriga hurmat-e’tibori kuchayadi va jamoaning ta’sirida eraksiz odatlarni yo’qotadi deb ta’kidlaydi. Bu bilan u birinchi bor ijtimoiy psixologiya asoslariga ham asos soldi. Bundan tashqari Ibn Sino tarbiya metodlari haqida ham to’xtalib o’tadi. Tarbiya metodlaridan oila tarbiyasi, oilda bola tarbiyasini amalga oshirishda regional xususiyatlarni qo’llash zarurligini ta’kidlaydi. Ibn Sino shaxs taraqqiyotida musiqaning o’rni haqida ham to’xtalib o’tadi. U allaning ahamiyati haqida shunday deydi: «Aytilgan qo’shiqning so’zlari tanaga qaratilgan bo’lsa, uning ohangi bolaga qaratilgan »,-deydi. Ibn Sino Aristotel’ va Farobiy ta’limotiga asoslanib ruh va tana haqidagi ta’limot doirasida fikr yuritgan. CHunki u ham o’zidan oldingi allomalar kabi tana va ruh haqidagi ta’limotni, jon ta’limoti doirasida ta’kidlaydi.Mahmud Qoshg’ariy. X1 asrda yashab o’tgan alloma, Turkmaniston erlarida yashab o’tgan.


  1. Download 1.35 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling