Psixalogiya fannidan javoblar
Download 1.35 Mb.
|
PSIXOLOGIYA YAKUNIY JAVOBLAR
Билет №16
1.Kuzatish metodi haqida Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o’zini o’zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshirilardi: Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; Kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi; Sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi; Tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi; Kuzatishqancha davom etishi qat’iylashtiriladi; Kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; Kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazishi) tayinlanadi; Kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafaon, fideoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi. Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va xokazolari o’rganiladi. Ammo o’ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni etishmaydi. Masalan, go’dag bolani kuzatishda uning harakatlari, o’yinchoqlarga munosabati, his-tuyg’usi, talpinishi, maylli, hoxishi aniqlanadi. Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo’yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan ob’ektga yo’naltirilganligini, tashqi o’zg’atuvchilar ta’siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, ko’zdagi g’ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib, tafakkurning kechishidagi o’zgarishlarni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, qo’lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha ma’lumot beradi. Psixologiya fanida o’zini o’zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Ko’pincha tajribali psixolog yoki malakali mohir o’qituvchi, salohiyatli rahbar o’zini o’zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o’z tafakkurini kuzatib o’zidagi emotsional o’zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi va ketishi to’g’risida ma’lumot oladi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati qay tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda ro’y berishini kuzatadi. Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi. 2. Rahbarlikning ishini tashkil etish mahorati,muomila madaniyati Rahbarga qo’yiladigan talablar Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. “Rahbarlik qilish” degan so’zga izohli lug’atlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yo’naltirish, ko’rsatma berish degan turli ma’lumotlar berilgan. Rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlarni bartaraf etish degani- bu boshqarishning barcha unsurlariga e’tiborni kuchaytirish demakdir. Eng avvalo rahbar yuqoridagi nuqsonlardan xoli bo’lishi va ish uslubini quyidagi ijobiy fazilatlar zamirida tashkil qilishi lozim: Rahbar o’z huquq va vakolatidan umumdavlat manfaatlarini jamoa va xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan uyg’un olib borishda mohirona foydalanish zarur. Ammo davlat manfaatlariga putur etkazmasdan, shaxsiy manfaatlar umum manfaatlarga bo’ysinishi lozim. Ishlab chiqarishni faqat jamoada obro’-e’tiborga ega bo’lgan rahbargina yaxshi boshqaraoladi. Ayni paytda shuni unutmaslik kerakki, obro’ faqat xizmat mavqei bilan emas, balki, avvalo, bilim, tajriba, ishga va xodimlarga munosabat bilan orttiriladi. Rahbar vazmin, har qanday vaziyatda hamo’zini tutabiladigan, odobli va xushmuomala bo’lishi zurur. O’z xatti- harakatini nazorat qila oladigan, kayfiyati va sezgilarini tiya biladigan, yurish turishida bo’ysinuvchilarga o’rnak ko’rsatadigan bo’lishga majburdir. Buyruq hammaga ham yoqavermaydi. Shu sababli bo’yinuvchi xodimlarga beriladigan farmoyish faqat bevosita buyruq shaklida bo’lmasdan, balki topshiriq va vazifa, maslahat tarzida ham bo’lishi kerak. Bu o’rinda quyidagi ibratli ish uslubini bilish foydadan xoli emas. 3.Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh g'oyalari O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda. Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining g'oyalari- ijtimoiy tarbiyani asosiy maqsad qilishdir.
Tarbiya jarayonida о‘quvchining ongigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham о‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qо‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun о‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga о‘qituvchi rahbarlik qiladi. U о‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali о‘quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat о‘quvchilar jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va о‘zini о‘zi anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola о‘z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bо‘lib qoladi.Tarbiyani samarali yо‘lga qо‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat.Tarbiyada о‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bо‘ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi.Faoliyat jarayonida hosil bо‘lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya qilishni yengillashtiradi.Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – о‘quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (о‘qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, о‘yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bо‘lib qolishi mumkin.Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bо‘ladi.Umumiy pedagogika jarayonida tarbiya muhim о‘rin tutadi. Shaxsni shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bо‘lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldinda belgilangan va puxta о‘ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning о‘zini-о‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim о‘rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi. Ushbu g‘oyalar yaxlit tarzda quyidagicha aks etadi: Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yо‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda О‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi kimil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. 1. Tarbiya maqsadining aniqligi. О‘zbekiston Respublikasi ijtimoiysiyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada, amalga oshirilishi kо‘zda tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘qrisida»gi Qonuni hamda«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalariga kо‘ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bо‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yо‘lidagi asosiy vazifa - bu shaxsda umumiy madaniyat Тарбия Ўз-ўзини тарбиялаш Ўз-ўзини қайта unsurlari, ya’ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy,ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan 2. Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. О‘qituvchilarning bolalar bilan ma’naviy madaniyatini shakllantirishning eng yaxshi namunasini izlash, shu asosida tarbiyachi ishining hayotiy me’yor va qadriyatlarini aniqlash о‘quvchining tarbiya jarayonidagi faolligini ta’minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali tо‘la-tо‘kis shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari, ularning shaxsiy namunalari tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega. 3. О‘z-о‘zini anglash. Tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim unsurlaridan biri – bu insonning hayotiy о‘z-о‘zini anglashi, uning о‘z shaxsiy hayoti va faoliyatining subyekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy о‘z-о‘zini anglash jihatlari muhim ahamiyatga egadir. 4. Tarbiyaning shaxsga yо‘naltirilganligi. Mazkur g‘oya ta’lim muassasasi amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlar, ularning shakl, metod va vositalari emas. Balki о‘quvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, о‘ziga xos xarakteri, о‘z qadr-qimmatini anglash tuyg‘ulari rivojlantirilib borilishi zarur. 5. Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning о‘zida ham о‘quvchi, ham о‘qituvchi ma’naviyatining boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi о‘quvchining qiziqishi, faoliyati, о‘rtoqlik va fuqarolik burchini anglash, mustaqillikka intilish tuyg‘ularini kо‘ra va anglay olsagina uning irodali ekanligi ayon bо‘ladi. Tarbiyalanuvchining irodali bо‘lishi ta’minlangan sharoitda uning shaxsiga ta’sir kо‘rsatishga yо‘naltirilgan faoliyat jarayonida samaraga erishiladi. 6. Jamoa yо‘nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsni har tomonlama kamoloti, uning dunyoni anglash, uni tо‘laqonli talqin etish, insonparvarlik va о‘zaro hamkorlik tuyg‘ularini yuzaga kelishi va rivojlanib borishi kabi holat amalga oshiriladi. 4.Tarbiya qonuniyatlari. Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining о‘ziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega.Tarbiya jarayoni о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati aniq maqsadga yо‘naltirilganligidir.Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni о‘qituvchi va о‘quvchilar о‘rtasidagi muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero,tarbiya jarayonida о‘qituvchi va о‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsadga erishish yо‘li zamonaviy tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi. Zamonaviy tarbiya mazmuni va ularda ilgari surilgan g‘oyalar yaxlit tarzda.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling