Psixik jarayonlar


Download 84 Kb.
bet8/9
Sana06.02.2023
Hajmi84 Kb.
#1171127
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
harakatchan va qisqaruvchi jarayonlar

ADAPTASIYA
Analizatorlarning sezgirligi bir qator fiziologik, psixologik va muhitning ta`siri ostida o`zgaradi. Bu o`zgarishlar orasida adaptasiya hodisasi alohida o`ringa ega. Adaptasiya yoki moslashuv deganda qo`zg`atuvchining ta`siri ostida sezgi organlari sezgirligining o`zgarishi tushuniladi. Adaptasiyaning uch xil turi farqlanadi.
1. Qo`zg`atuvchining davomli ta`siri natijasida sezgilarning to`la yuqolishi. Agar sezgi organiga biror qo`zg`atuvchi doimo ta`sir qilib tursa sezgi batamom yo`qolib ketish tendentsiyasiga ega. Masalan, teriga tegib turgan engil yuk tez orada sezilmay qoladi (qo`l soati borligini biz sezmaymiz). Bir hid bor joyda uzoq vaqt bo`lsak bu hid sezilmay qoladi.
2. Kuchli qo`zg`atuvchi ta`siri ostida sezgi organlarining sezgirligining zaiflashishi, kamayishi (negativ adaptasiya). Agar qo`limizni muzday suvda tutib tursak teridagi sovuqni sezish reseptorlarining sezgirligi kamayadi. Ko`zga kuchli yorug`lik ta`sir qilib tursa ko`zning sezgirligi kamayib, ko`z shu yorug`likka moslashadi. Bu hodisa yorug`lik adaptasiyasi deyiladi.
3. Kuchsiz qo`zg`atuvchi ta`siri ostida sezgi organlarining sezgirligining oshishi. Bu pozitiv adaptasiya deb ataladi. Masalan, kinozalga kechikib kirgach bir qancha vaqt hech narsani ko`ra olmaymiz. Birozdan keyin biz atrofni ko`ra boshlaymiz. Ko`zning sezgirligi oshadi. Buni qorong`ilik adaptasiyasi deyiladi.
Odatda negativ va pozitiv adaptasiya bir sezgi organida bir vaqtda ro`y beradi. Undagi bir guruh reseptorlarning sezgirligi oshadi, ikkinchi (qarama-qarshi) guruh reseptorlarning sezgirligi kamayadi. Kinozalga kirganda qorong`ilikni ko`rishga moslashgan ko`rish hujayralarining sezgirligi oshib, yorug`likni ko`rishga moslashgan hujayralarning (reseptor) sezgirligi kamayadi. YUqorida ko`rsatib o`tilgan pozitiv va negativ adaptasiya mavjudligi sababli uy haroratida bo`lgan suv qishda "issiq", yozda esa "sovuq"dek tuyuladi. Ba`zi reseptorlarning adaptasiyasi etarlicha o`rganilmagan. Masalan, og`riq reseptorlarining adaptasiyasi bor yoki yo`qligi to`liq o`rganilmagan. Har holda og`riq sezgilari butunlay yo`qolmaydi.
Adaptasiyaning biologik ahamiyati shundaki, u kuchsiz qo`zg`atuvchilar ta`sirini payqab olishga va kuchli qo`zg`atuvchilarning salbiy ta`siridan sezgi organlarini himoya qiladi.
Sezgi organlarining sezgirligi faqat qo`zg`atuvchilarning ta`siri ostida o`zgarmaydi. Sezgi organlarining o`zaro ta`siri natijasida ham ularning sezgirligi oshadi. Masalan, kuchsiz tovush ta`siri ostida turish analizatorining sezgirligi oshadi, kuchli tovush ta`siri ostida esa uning sezgirligi zaiflashadi.

Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling