Psixik jarayonlar va miyaning ozaro aloqadorligi. Mundarija: kirish. I bob. Psixik jarayonlar va miya faolligini o'zaro munosabatlari … 2
Psixik jarayonlar va miya faolligini o'zaro munosabatlari
Download 193.5 Kb.
|
PSIXIK I
1.2.Psixik jarayonlar va miya faolligini o'zaro munosabatlari
Bosh miya xaritasini tuzib, nervlar vazifalarini aniqlashga ilk marotaba Tomas Uillis (1621-1675) qo'l urgan edi. Nemis vrachi Frans Gall (1758-1828) miyaning frenologiya xaritasini yaratib, unda "ruh layoqatlari" deb nomlagan psixikaning xossalarini joylashtirdi . Barcha sezgi organlari katta yarim sharlar po'stlog'ida o'zlarining ta'sir doiralariga egadirlar. Masalan, inson miyasining ensa bo'limida ko'rish doirasi, chakka bo'limida eshitish, hid bilish doirasi esa miyaning bir necha bo'limlari bo'ylab tarqalgan. Miya po'stlog'ida, shuningdek, assosiasiya bilan bog'liq maydonlar ham mavjud, ularda his-tuyg'u organlarining birlamchi maydonlaridan keluvchi axborot analizi va sintezi amalga oshiriladi. Oddiy harakat reaktsiyalari orqa miya tomonidan boshqariladi, murakkabroq harakatlar (yurish, yugurish) esa miya va miyacha tomonidan muvofiqlashtiriladi2. XIX asrning o'rtalaridayoq frantsiyalik olim Pol Broka va nemis psixiatri Karl Vernike inson miyasining chap yarim sharida nutqqa tegishli bo'lgan ikki sohani aniqladilar. Broka doirasining zararlanishida (pastki peshona burmasi orqa tomonining uchdan bir qismida) bemorning nutqi izdan chiqadi (talaffuzi), esli je zatronuta zona Vernike doirasi zarar ko'rganida esa (tepa chakka burmasi orqa tomonining uchdan bir qismida), bemor gapira oladi, lekin nutqi mazmunsiz, ma'nosiz bo'lib qoladi. Neyropsixologiyaning hozirgi zamon qarashlari (A.R. Luriya)ga binoan inson miyasining tuzilishi uchta asosiy bo'limdan iborat: I bosh miya po'stlog'i yuqori qavatlarining faoliyatini saqlab turuvchi quvvat bo'limi (miyaning yuqori bo'limlarida joylashgan); 2 axborotni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bo'limi (ikkala yarim sharlarning tepa, ensa va chakka bo'limlarini o'z ichiga oladi); 3 faoliyatni oldindan belgilash, boshqarish va nazorat qilishni ta'minlovchi bo'lim (po'stloqning peshona bo'limlari). Birinchi bo'lim vazifalarining zararlanishida diqqat barqarorligi yo'qolib, loqaydlik, uyquchilik paydo bo'ladi. Ikkinchi bo'lim faoliyatining buzilishi sezgirlik (teri va proprioseptiv)ning yo'qolishiga sabab bo'ladi, harakatlarning aniqligi buziladi va h.k. Uchinchi bo'limning zararlanishi xulq-atvor nuqsonlariga, harakatlar sohasidagi o'zgarishlarga olib keladi. Miya 15 yoshgacha o'sadi va 15 yoshdan 25 yoshgacha esa jadal faoliyat yuritadi. 45 yoshdan keyin uning ish qobiliyati neyronlarning nobud bo'lishi hisobiga pasayadi. Agar 20 yoshda neyronlarning nobud bo'lish tezligi sutkasiga 10000 hujayrani tashkil esa, 40 yoshda bu ko'rsatkich 50000 hujayraga, 90 yoshda esa 100 ming hujayraga etadi. Shunga ko'ra, qarishda bosh miya og'irligi kamayadi (90 yoshlarda 1,1 kggacha). Bosh miya po'stlog'i hududining yirik bo'linmalari qadimgi (paleokorteks), eski (arxikorteks), yangi (neokorteks) va oraliq po'stloqdan iborat. Inson miyasidagi yangi po'stloqning yuzasi 95,6% ni, eski 2,2% ni, qadimgi 0,6% ni va oraliq 1,6% ni tashkil etadi. Miya po'stlog'i davomli evolyusion rivojlanishning mahsuli bo'lib, bu jarayonda baliqlarda hid bilish analizatorining rivojlanishi munosabati bilan birlamchi qadimgi po'stloq yuzaga keladi. Hayvonlarning quruqlikka chiqishi bilan eski va yangi po'stloq qismlari jadal rivojlana boshlaydi. Evolyusiya jarayonida yangi po'stloqning assosiativ doiralari boshqalarga nisbatan ko'proq o'zgarishlarga uchrab, kattalashadi, birlamchi, sensor maydonlar esa nisbiy kattaligi bo'yicha kichrayadi. Berklidagi Kaliforniya universiteti gistologi Merian Daymondning tadqiqotlariga ko'ra, mashhur fizik olim Albert Eynshteynning miyasi asab hujayralarining soni va o'lchamlari bo'yicha oddiy odamning miyasidan farq qilmaydi. Lekin ong faoliyatining yuqori shakllarini boshqaruvchi po'stloqning assosiativ sohasida nerv to'qimasining yordamchi elementlari neyrogliya hujayralarining juda ko'p miqdori aniqlandi. Yangi po'stloqning o'sishi eski va qadimgi qismlarining miyaning pastki va o'rta yuzalariga surilib borishiga sabab bo'ladi. Odam bosh miyasi yarim sharlarining po'stlog'i doiralarga bo'linadi. Hissiy va harakatlantiruvchi doiralar mavjud. Hissiy doira ko'rish, eshitish, ta'm va hid bilish, shuningdek, teri-mushak doiralariga bo'linadi. His-tuyg'u organlari, teri, ichki organlardan chiqqan impulslar hissiy doiralarga o'tkaziladi. Hissiy doiralar neyronlarining ta'sirlanishidan sezgilar paydo bo'ladi. Rochester universiteti tibbiy maktabining vrachlari bosh miyaning hazil-mutoyiba hissiyotini, bundan tashqari, ijtimoiy va hissiy baholash, rejalashtirish vazifasini boshqaruvchi qismini aniqlashga muvaffaq bo'ldilar. U peshona qismining pastki bo'limlarida joylashgan. Yaqinda amerikalik tadqiqotchilar miyada kechadigan jarayonlarning inson idroki darajasiga ta'sirini ochib berishga erishdilar. Olimlarda oddiy bolalar va IQ darajasi o'rtachadan yuqori bo'lgan bolalarning miya tuzilishidagi tafovut qiziqish uyg'otdi. Miya salomatligi Milliy instituti (Merilend) ilmiy xodimi Filipp Shau va hamkasblari 307 ta bolaning miya rivojlanishini kuzatdilar. Maxsus testlar yordamida ularning idrok koeffisientini aniqladilar va natijalar bo'yicha uch guruhga ajratdilar. Bir necha yillar mobaynida, 6 yoshdan 19 yoshgacha muntazam ravishda bosh miyaning yadroviy-magnit-rezonans tomografiyasini o'tkazib bordilar. YAMR-tomografiyasi bu ichki organlarni tekshirishning maxsus metodi bo'lib, har xil turdagi hujayra va to'qimalardagi molekulalar magnit xossalari tafovutlarining kompyuter tahliliga asoslangan, buning uchun hujayra va to'qimalar kuchli magnit maydoniga joylashtiriladi. Natijalarni ishlab chiqib, tadqiqotchilar, turli guruhlardagi bolalar miyalarining xususiyatlari bir-biridan farq qilishini aniqladilar. Xotira kabi yuqori darajadagi vazifalarni nazorat qiluvchi miya ustki qavatining qalinligi "aqlli" bolalarda qolganlariga qaraganda ancha kechroq kamaya boshlar ekan. Miya po'stlog'i o'rtacha 9 yoshdan boshlab, idrok darajasi yuqori bo'lgan bolalarda esa 11 yoshda "sayozlasha" boshlaydi. Eng katta tafovut miya po'stlog'ining rejalar tuzish va mulohaza yuritishga mas'ul peshona oldi qismlarida kuzatiladi. Lekin vaqt o'tishi bilan bu tafovut yo'qolib, 19 yoshlarga etganda barcha odamlarning miya po'stlog'i bir xil qalinlikda bo'ladi. Miya faoliyatini tushunib etishning mohiyati neyronlar o'rtasidagi ko'p sonli aloqaning mavjudligidir. Miya, yangi sifat odam psixikasining paydo bo'lishiga xizmat qiluvchi neyronlar o'rtasidagi juda ko'p miqdordagi bir soniyali o'zaro ta'sirlar mavjud bo'lgan tizimdir. Miyaga qon juda ko'p miqdorda etkazib beriladi. Miyadagi qon aylanishining buzilishi natijasida keksa odamlarda aqliy zaiflik rivojlanib, asab tizimining faoliyati sustlashadi. . Faoliyat haqida 2. Harakat tushunchasi 3. Xarakat inson faoliyatining o'ziga xosligi sifatida inson faoliyatining o'ziga xosligi sifatida Faoliyat bu sub'ektning olam bilan o'zaro ta'sirlashuvining rivojlanuvchi tizimi. Bunday o'zaro ta'sir jarayonida psixik tasvirning yuzaga kelishi va uning ob'ektda ifodalanishi, shuningdek, sub'ektning voqelik bilan o'z munosabatlarini ro'yobga chiqarishi sodir bo'ladi. Faoliyatning istalgan oddiy akti sub'ekt faolligining ifodalanish shakli bo'lib hisoblanadi, bu esa, har bir faoliyatning undovchi sabablarga ega bo'lishi va ma'lum natijalarga erishishga yo'naltirilishini bildiradi. Shunday qilib, faoliyatni odamga xos bo'lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o'zgartirishga qaratilgan faollik sifatida ta'riflash mumkin. Faoliyat predmetlilik va sub'ektlilik xususiyatlariga ega. Faoliyat predmeti deb, u bevosita shug'ullanadigan hodisalarga aytiladi. Masalan, bilish faoliyatining predmeti bo'lib, har xil turdagi axborotlar xizmat qiladi, o'quv faoliyatining pred-meti bilim, malaka va ko'nikmalar, mehnat faoliyatining predmeti yaratilgan muayyan moddiy mahsulot hisoblanadi. Faoliyat sub'ekti bo'lib odam, individ hisoblanadi. Faoliyatning predmeti va sub'ektidan tashqari, ushbu tushuncha bilan faoliyat vositalari va natijalari ham bog'liq. Faoliyatni amalga oshirishda odam uchun mehnat vositalari sifatida u yoki bu harakat va muolajalarni bajarishda foydalanadigan asboblar tushuniladi. Faoliyat natijalari bo'lib, moddiy yoki ma'naviy xususiyatga ega bo'lgan yaratilgan mahsulotlar hisoblanadi. Shunday qilib, faoliyat quyidagi belgilari bilan farqlanadi: faollikning ichki motivga ega shaklidir; inson faoliyatining mahsuldorligi. Moddiy yoki har tomonlama etuk mahsulotning yaratilishi; insonning xususiy, oliy, ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi; insonning faoliyati o'zi ishlab chiqargan mahsulotda namoyon bo'ladi, faoliyatning bunday ifodalanishi yoki aks etishi o'zida insoniy bilimlar va malakalarni mujassamlashtiradi. Faoliyat nazariyasi to'laligicha A.N. Leontevning ilmiy ishlarida, xususan, "faoliyat. Ong. Shaxs" asarida (M., 1982) bayon etilgan. Faoliyatning tuzilishi haqidagi tasavvurlar faoliyat nazariyasini to'liq tushuntirib bermasada, uning asosini tashkil etadi. Inson faoliyati murakkab tartibli zinapoyali ketmaketlik tuzilishiga ega. U bir necha qatlam yoki darajalardan iborat. Yuqoridan quyiga harakatlanib, ularni nomlab chiqamiz: alohida faoliyatlar darajasi (yoki faoliyatning alohida turlari); harakatlar darajasi; muolajalar darajasi; psixofiziologik vazifalar darajasi. Shunday qilib, faoliyat tuzilishining tarkibiy qismlariga motiv, maqsad, harakat (tashqi, predmetli va ichki, aqliy; interiorizasiya va eksteriorizasiya jarayonlari), muolajalar, psixofiziologik vazifalar kiradi. Motiv bu faoliyatga undovchi sabab. Maqsad bu istalgan, ya'ni, faoliyatni bajarish bilan erishiladigan natijaning tasviri. Harakat bu faoliyat tahlilining asosiy birligi. Ta'rifga ko'ra harakat bu maqsadni amalga oshirishga yo'naltirilgan jarayon. "Harakat" tushunchasiga oid quyidagi xususiyatlarni keltirish mumkin. Birinchi xususiyat: harakat zarur tarkibiy qism sifatida maqsad qo'yish va uni ushlab qolish ko'rinishidagi ong aktini o'z ichiga oladi. Ikkinchi xususiyat: harakat bu bir vaqtning o'zida hulqatvor akti ham bo'lib hisoblanadi . Shunday qilib, faoliyat nazariyasi avvalgi kontsepsiyalardan (bixeviorizm) tafovutlari ko'rsatilgan birlamchi ikki xususiyatlarining ong va hulqatvorning uzluksiz birligini tan olishidan iborat. Uchinchi, juda muhim xususiyat: faoliyat nazariyasi faollik tamoyilini "harakat"tushunchasi orqali ta'sirchanlik tamoyiliga qaramaqarshi qo'ygan holda tasdiqlaydi. Faollik va ta'sirchanlik tamoyillarining alohida har biridan kelib chiqqan holda faoliyat tahlilining boshlang'ich nuqtasi tashqi muhitga yoki sub'ekt organizmiga joylashtirilishi lozim. To'rtinchi xususiyat: harakat tushunchasi odam faoliyatini ijtimoiy va jismli dunyoga "olib chiqadi". Harakat doimo maqsad bilan bog'liq bo'ladi. Maqsad harakatni belgilaydi, harakat esa maqsadning amalga oshishini ta'minlaydi. Maqsadning xususiyati orqali harakat xususiyatini aniqlash mumkin. Inson maqsadlarini tahlil qilib, nimalarni aytish mumkin? Avvalambor, ularning juda xilma-xilligini, muhimi esa keng hajmliligini keltirish mumkin. Yirik maqsadlar maydaroq, xususiy maqsadlarga bo'linadi, ular ham o'z o'rnida bulardan ham xususiyroq maqsadlarga bo'linishi mumkin va h.k. Shunga mos ravishda har bir etarli darajadagi yirik harakat quyi tartibli ketma-ketlikning harakatlar tizimida turli darajalarga o'tib turishidan iborat. Masalan, boshqa shahar bilan telefon orqali bog'lanmoqchisiz. Bu harakatni amalga oshirish uchun (I tartib) siz bir qator xususiy harakatlarni bajarishingiz kerak (II tartib): shaharlararo so'zlashuv telefon tarmog'iga borib, zarur avtomatni topib, navbatga turishingiz lozim va h.k. Kabinaga kirgandan so'ng, abonent bilan bog'lanishingiz kerak. Lekin buning uchun qator mayda ishlarni bajarishingizga to'g'ri keladi (III tartib): tanga tashlab, tugmachani bosib turib, ma'lum sonlarni terish kerak bo'ladi va h.k. Muolaja bu faoliyat bajarilishining navbatdagi quyiroq darajasi. Muolaja deb, harakat bajarilishining usuliga aytiladi. Masalan, ikkita ikki xonali sonlarni ko'paytirish amalini xotirada va misolni ustuncha shaklida yozgan holda echish mumkin. Bu bir xildagi matematik misolning ikki turlicha usuli yoki ikki xil amal bo'ladi. Qo'llaniladigan muolajalarning xususiyati nimaga bog'liq bo'ladi? Avvalambor, ular harakat amalga oshiriladigan sharoitlarga bog'liq. Agar harakat maqsadning o'ziga javob bersa, muolaja maqsad qo'yilgan sharoitlarga javob beradi. Bunday sharoitlarga tashqi vaziyatlardan tashqari, shuningdek, faoliyat ko'rsatayotgan sub'ektning imkoniyatlari yoki ichki vositalari ham kiradi. Faoliyat nazariyasida ma'lum sharoitlardan ko'zlangan maqsad masala deb ataladi. Masala echish jarayonini tasvirlashda ularni amalga oshiruvchi harakatlarni ham, muolajalarni ham ko'rsatish lozim. Muolajalarning asosiy xossasi ularning kamroq anglanganligi yoki umuman anglanmaganligidan iborat. Bu xossalari bilan muolajalar ongli maqsadni ham, harakatning bajarilishini nazorat qilishni ham belgilab beradigan harakatlardan tamomila farq qiladi. Muolajalar ikki turga bo'linadi: ba'zilari adaptasiya, moslashish, bevosita taqlid qilish yordamida yuzaga keladi; boshqalari harakatlarni avtomatlashtirish vositasida paydo bo'ladi. Birinchi turdagi muolajalar anglanmaydi, ularni ongimizda, hatto, maxsus vositalar yordamida ham hosil qilish mumkin emas. Ikkinchi tur muolajalar ong chegarasida joylashadi. Ular osongina dolzarb anglanuvchilarga aylanishi mumkin. Har bir murakkab harakat harakatlar ketma-ketligi va "to'shaluvchi" muolajalar qatlamidan iborat. Har bir murakkab harakatda dolzarb bo'lgan ongli va anglanmagan faoliyatlar o'rtasidagi chegaraning belgilanmaganligi harakatlar ketma-ketligini muolajalar ketma-ketligidan ajratib turuvchi chegaraning harakatchanligini bildiradi. Bu chegaraning yuqoriga yo'nalgan harakati muolajadagi ba'zi harakatlarning (asosan, eng soddalarining) o'zgarishini anglata-Di. Chegaralarning pastga harakatlanishi esa, aksincha, muolajalarning harakatga aylanishini, ya'ni, faoliyatning maydaroq birliklarga bo'linishini bildiradi. Quyida shunga mos misol keltiramiz. Munozara vaqtida sizda yangi g'oya tug'ildi, va siz ifodalanish usulini hisobga olmagan holda, asosan, mazmunidan kelib chiqib, uni bayon qildingiz, deb tasavvur qilamiz. Siz ko'plab, ya'ni, aqliy, nutqli va h.k. muolajalar bilan ta'minlangan harakatni amalga oshirgan bo'lasiz. Ularning barchasi birgalikda g'oyani bayon qilish faoliyatini amalga oshirgan bo'ladilar. Faoliyat tuzilishidagi eng quyi daraja psixofiziologik vazifalarni ko'rib chiqamiz. Faoliyat nazariyasida bu vazifalarga psixik jarayonlarning fiziologik ta'minoti kiradi. Ularga odam organizmiga xos bo'lgan his etish, o'tmish taassurotlarining qoldiqlarini hosil qilish va qayd etish layoqatlari, motor layoqati va boshqalar kiradi. Mos ravishda sensor, mnemik, motor vazifalar haqida so'z yuritish mumkin. Bu darajaga shuningdek, asab tizimi morfologiyasida mustahkam o'rin tutgan tug'ma va hayotning birinchi oylarida yuzaga keladigan mexanizlar kiradi. Barcha layoqat va mexanizmlar insonga tug'ilishi bilanoq beriladi, ya'ni ular irsiyat tomonidan belgilangan bo'ladi. I BOB YUZASIDAN XULOSA Natijalarni ishlab chiqib, tadqiqotchilar, turli guruhlardagi bolalar miyalarining xususiyatlari bir-biridan farq qilishini aniqladilar. Xotira kabi yuqori darajadagi vazifalarni nazorat qiluvchi miya ustki qavatining qalinligi "aqlli" bolalarda qolganlariga qaraganda ancha kechroq kamaya boshlar ekan. Miya po'stlog'i o'rtacha 9 yoshdan boshlab, idrok darajasi yuqori bo'lgan bolalarda esa 11 yoshda "sayozlasha" boshlaydi. Eng katta tafovut miya po'stlog'ining rejalar tuzish va mulohaza yuritishga mas'ul peshona oldi qismlarida kuzatiladi. Lekin vaqt o'tishi bilan bu tafovut yo'qolib, 19 yoshlarga etganda barcha odamlarning miya po'stlog'i bir xil qalinlikda bo'ladi. Download 193.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling