Psixika taraqqiyoti


Download 1.47 Mb.
bet5/10
Sana26.01.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1128844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu

Talim va tarbiya Tevarak-atrofdagi ijtimoiy muhit odamning o’sayotgan ongiga, asosan, uyushgan tartibda ta'sir etadi. Ijtimoiy formatsiya qancha yuqori bo’lsa, ijtimoiy muhitning o’smir avlod ongiga uyushgan tartibdagi ta'siri shuncha katta bo’ladi. Inson jamiyati bolalar ongiga asosan tarbiya va ta'lim yo’li bilan uyushgan ta'sir ko’rsatadi. Bola tevarak-atrofdagi kishilar bilan xilma-xil o’zaro munosabatlarga kirishar ekan, go’dakligidanoq bilim, mahorat va malaka orttira boshlaydi. U avval oila sharoitida yoki maktabgacha tarbiya muassasasida, so’ngra maktabda o’qiydi, ta'lim oladi. Tevarak-atrofdagi muhit (tabiat va jamiyat), mehnat va til odam shaxsini kamolga yetkazadigan sharoit bo’lish bilan birga, bola o’sgan sayin maktabda o’rganadi, shuningdek, tarbiya vositasi sifatida foydalaniladi. Ta'lim va tarbiya odamni kamolga yetkazadigan asosiy yetakchi faktordir.

  • Organizm o’sishining o’zi va muhitning stixiyali ta’siri berolmaydigan narsani odam ta’lim va tarbiya jarayonida oladi. Masalan, bola ona tilini tevarak-atrofdagi muhitning «stixiyali» ta'sirida ham bilib olishi mumkin.
  • Ammo, o’qish-yozishni faqat maxsus ta'lim olish yo’li bilan o’rganishi mumkin. Odam qo’l-oyog’ining xilma-xil harakatlari organizmning o’sishi bilan birga va shu organizm yashaydigan sharoitga qarab takomil etadi. Ammo, maxsus mehnat va texnik ko’nikma hamda malakalarini odam faqat o’rganish yo’li bilan egallab oladi.

Odamning noqulay organik takomil natijasi bo’lgan nuqson ham ta'lim va tarbiya yo’li bilan zarur tomonga qarab o’zgartiriladi. Masalan, ba'zi bolalarning ayrim nuqsonlar bilan — ko’r, kar (kar-soqov, kar-karsoqov) bo’lib tug’ilishi ma'lum. Ammo, maxsus tashkil etilgan ta'lim va tarbiya yordami bilan bunday bolalar aqli to’la-to’kis o’sadi. Bunga ko’rkar-soqov Olga Skoroxodova yorqin misol bo’la oladi. Olga o’qib, oliy ma'lumot oldi, bir qancha ilmiy asarlar va she'r to’plamlari yozdi. Muhitning stixiyali salbiy ta'sir etish natijasi bo’lgan kamchiliklar ham ta'lim va tarbiya yo’li bilan o’zgarib tomonga o’zgartiriladi. Masalan, 9- 3 10 yashar bolalarda ba'zan muhit ta'siri bilan ba'zi yomon odat va mayllar — tamaki chekish, karta o’ynash, so’kinish va shunga o’xshash yaramas odatlar paydo bo’lishi mumkin. Maxsus pedagogik usullar bilan ta'sir etib, bu yaramas odat va mayllarni bartaraf qilish va o’rniga boshqa yaxshi odatlarni singdirish mumkin.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling