Faoliyat hamisha kishining boshqa odamlar bilan munosabatida yuz beradi. U boshqa odamlarning yordami va ishtirokini taqozo etadi, ya’ni birgalikdagi faoliyat xususiyatiga ega bo‘ladi. Faoliyat hamisha kishining boshqa odamlar bilan munosabatida yuz beradi. U boshqa odamlarning yordami va ishtirokini taqozo etadi, ya’ni birgalikdagi faoliyat xususiyatiga ega bo‘ladi. Faoliyatning quyidagi turlari mavjud:
O‘yin.
Mehnat.
Ta’lim.
Bola faoliyatining oddiy shakllarini o‘zlashtirish uchun dastlabki shart-sharoitlar tarkib topa boshlaydi. Ulardan birinchisi — o‘yin faoliyati hisoblanadi. O‘yin faoliyati bilan organizmda kuchquvvat almashinuvi o‘rtasidagi bog‘lanish o‘yinga nisbatan mayl tug‘ilishiga olib keladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘yin bolalarda ham o‘z faoliyatini ro‘yobga chiqarish, hayot kechirish va faoliyat ko‘rsatish shakli bo‘lib xizmat qiladi. Mehnat faoliyati. Insoniyat o‘zining mehnati tufayli ongli mavjudotga aylangan. Mehnat faoliyatining tarkibida mehnat va ish-harakat yotadi. Ularning har qaysisining muayyan ulushi natijasi o‘laroq, faoliyat mahsuli vujudga keladi, u moddiy yoki ma’naviy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Mehnat bu ma’lum bir ijtimoiy, foydali, moddiy va ma’naviy mahsulotni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan faoliyat demakdir. Mehnat faoliyati kishining eng yetakchi, asosiy faoliyatidir. Kishilarning mehnat faoliyati o‘z mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy hisoblanadi. U jamiyat ehtiyojlari bilan shakllanadi, belgilanadi, yo‘naltiriladi va boshqariladi. Mehnat faoliyati. Insoniyat o‘zining mehnati tufayli ongli mavjudotga aylangan. Mehnat faoliyatining tarkibida mehnat va ish-harakat yotadi. Ularning har qaysisining muayyan ulushi natijasi o‘laroq, faoliyat mahsuli vujudga keladi, u moddiy yoki ma’naviy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Mehnat bu ma’lum bir ijtimoiy, foydali, moddiy va ma’naviy mahsulotni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan faoliyat demakdir. Mehnat faoliyati kishining eng yetakchi, asosiy faoliyatidir. Kishilarning mehnat faoliyati o‘z mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy hisoblanadi. U jamiyat ehtiyojlari bilan shakllanadi, belgilanadi, yo‘naltiriladi va boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |