Psixika va ongning rivojlanishi 4-amaliy mashg’ulot


Ongning rivojlanishida faoliyatning roli


Download 12.72 Kb.
bet4/6
Sana21.04.2023
Hajmi12.72 Kb.
#1376298
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Psixika va ongning rivojlanishi 4-amaliy mashg’ulot-fayllar.org

Ongning rivojlanishida faoliyatning roli

Umumiy psixologiyaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:


  • Determinizm.

  • Ong va faoliyat birligi.

  • Psixikaning faoliyatda rivojlanish prinsipi.

      Determinizm (lotincha — determinata — belgilayman) prinsipi tabiat va jamiyat hodisalari, shu jumladan, psixik hodisalarning obyektiv sabablar bilan belgilanishi haqidagi ta’limotdir. Shu boisdan psixika, ongning obyektiv borliq va nerv sistemasi bilan belgilanishi ilmiy psixologiyaning buyuk yutug‘i hisoblanadi. Shuning uchun determinizm psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi mutanosib ravishda o‘zgarishini anglatadi.

      Ong va faoliyat prinsipining psixologiya fanida qabul qilinishi quyidagi ma’noni anglatadi:


  • ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi voqelik emas;

  • ong bilan faoliyat aynan bir-biriga o‘xshash ham emas;

  • ong bilan faoliyatning birligi ularning hukm surishi mexanizmidir.

Faoliyat o‘zining tuzilishi bo‘yicha ichki va tashqi tarkiblarga bo‘linsa-da, voqelik tashqi ifodasi bilan ajralib turadi. Ong esa faoliyatning ichki rejasini, uning dasturiy jabhasini aks ettiradi.

Faoliyat o‘zining tuzilishi bo‘yicha ichki va tashqi tarkiblarga bo‘linsa-da, voqelik tashqi ifodasi bilan ajralib turadi. Ong esa faoliyatning ichki rejasini, uning dasturiy jabhasini aks ettiradi.

Faoliyat ong yordamida amalga oshadi va, o‘z navbatida, ong mazkur jarayonda takomillashadi (muammo va yechimi unga turtki vazifasini o‘ynaydi). Insonning bilish faoliyati rivojlanishi unga o‘zini qurshab turgan borliqni yanada chuqqurroq, to ‘laroq, aniqroq aks ettirish imkoniyatini beradi hamda u borliqning asl mohiyatini, turli yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlari, murakkab munosabatlari va aloqalarini tobora aniqroq yaratadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o‘ziga munosabati vujudga keladi.


Download 12.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling